10BASE - 5 STANDARTI
Bu standart Xerox firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tarmoq bo’lib uni klassik Ethernet, asosiy Ethernet tarmog’i deb ataladi. l0Base-5 standartida ma’lumotlarni uzatish muhiti sifatida 50 Om to’lqin qarshiligiga ega bo’lgan koaksial kabel ishlatilgan. Kabelning markazidan o’tgan mis sismning diametri 2,17 mm. RG-8 va RG-11 kabellari anna shunday o’rsatgichlarga egadirlar. Bu standartni «yo’g’on Ethernet» ham deb ataladi. Kabelning tashqi diametri 10 mm ga yetadi.
4.1.-rasm. Uchta segmentdan iborat bo’lgan 10Base-5 standartining fizik sathi tarkibiga kiruvchi qurilmalar.
Bu kabel barcha stansiyalar, ya’ni kompyuterlar uchun monokanal sifatida ishlatiladi. Kabel segmentining uzunligi ko’pi bilan 500 m gacha bo’lishi mumkin. Ularning oxirlarida 50 Om qarshilikka ega bo’lgan terminatorlar ulangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |