Mavzu: Jo’grofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, o’quv-tajriba uchastkasida darslarni o’tkazish metodikasi. Kuzatish va tajribalarni tashkil etish usullarini o’rganish Reja: Kirish



Download 29,89 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi29,89 Kb.
#467699
1   2   3
Bog'liq
DavletboyevaK

O’lkashunoslik burchagi. 1- sinfdan boshlab o’quvchilar o’z o’lkalari, o’z 
joylarini o’rganadilar, tabiatda kuzatishlar olib boradilar, ekskursiyalarga 
chiqadilar. Boshlang’ich sinfda o’qish vaqtida ular boy faktik material to’playdilar bu material o’lkashunoslik burchagiga joylashtiriladi. Vaqt o’tishi bilan o’lkashunoslik burchagida boshlang’ich sinfning avvalgi bitiruvchilari yiqqan qimmatli materiallar to’planib boradi, undan tabiatshunosliknio’qitishda muntazam ravishda foydalaniladi. O’lkashunoslik burchagi tabiatshunoslik xonasida yoki alohida sinfda barpo etiladi. Material uch bo’limga ajratiladi: “Bizning o’lka”, “Ob-havo kalendari (taqvimi)” va “Tabiat belgilari”. 
O’lkashunoslik burchagiga o’quvchilar tayyorlagan, shahar, viloyat, tuman 
tarixi aks ettirilgan albomlar qo’yish lozim, mahalliy sanoat mahsulotlarini 
ko’rsatish ham mumkin. Bu bo’limda tabiat muhofazasi masalalari (davlat 
muhofazasiga olingan o’simlik va hayvonlarning fotosuratlari yoki rasmlari va shu kabilar) aks ettirilishi, viloyat yoki o’lkada joylashgan qo’riqxona va 
zakazniklarning nomlari ko’rsatilishi kerak. Ob havo taqvimi stenddan iborat bo’lib, uning markaziga chislo va oy yozilib, unga shu kungi ob-havo ma'lumotlari 
joylashtiriladi. Pastrog’ida termometr, mehnat darslarida o’quvchilar tayyorlagan 
fluger joylashadi. Ob-havoni ta'riflashda kartondan qirqilgan shartli belgilardan 
foydalaniladi. Termometr modelida ko’chadagi termometr bo’yicha havo harorati 
ko’rsatiladi. Shu yerga keyingi bir necha yillarning ob-havo taqvimi va harorat 
o’zgarishlari grafigi ham joylashtiriladi. Stendning uchinchi bo’limiga joyning ob-
havosi va uning belgilari haqidagi materiallar qo’yiladi. Bo’lim yorqin rasmlar bilan bezatiladi. O’lkashunoslik burchagiga “Yashil nazoratchilar”ning ish rejasi ham 
qo’yiladi. O’lkashunoslik burchagining materiallari tabiatshunoslik darslarida keng qo’llanilishi kerak, chunki ular faqat o’lka tabiati va xo’jaligi to’g’risidagi bilimlarni chuqurlashtiribgina qol-masdan, balki ilgari o’rganilganlarni mustahkamlashga ham yordam beradi. O’lkashunoslik materiallarini yig’ish maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlaydi, o’quvchilarning tabiat muhofazasi bo’yicha ishlarda baholi qudrat qatnashishlariga imkon beradi. 

XULOSA
Zamonaviy geografiya maydonchalarida tajriba darslarini o’qitish hozirgi kunda dolzarbligi va samaradorligi bilan geografiya fanida katta ahamiyat kasb etadi. Ze’ro, inson o’zining yashab turgan joyi, uning tabiati, undagi o'zgarishlarning mohiyatini vujudga kelishi va qonuniyatlarini bilmayturib boshqa bilimlarni egallay olmaydi. Geografiya fanlarini o’rganishda zamonaviy geografiya maydonchasi o’tkazilgan amaliy mashg’ulotlar va kuzatuv darslari o’quvchilarda tabiatdagi hodisalar to’g’risida dastlabki tasavvurlarni hosil qilishga imkon beradi. Geografiya maydonchasidagi kuzatishlar kuzatuvchilardan ancha uzoq masofada bo’lgan tabiat obyektlari haqida tushunchalar to’g’risida puxta bilim egallashga ko’mak beradi. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, zamonaviy geografiya maydonchasi o’quvchilarni mukammal bilim olishga, ularda fanga bo’lgan qiziqishni orttirishga xizmat qiladi. O’quvchi faqat darsxonalardagina bilim olib qolmasdan balki, mustaqil ravishda bilim to’plash, izlanish va taqqoslabtahlil qilish ko’nikmalariga ega bo'ladi.
Geografiya maydonchasi - zarur asboblar bilan jihozlangan o`quvchilarning tabiatshunoslik va geografiyaga doir kuzatish ishlari olib borishi va mashg`ulotlar o`tkazishi uchun maxsus asbob- uskunslar bilan jihozlangan joy. Geografiya ta’limida talaba-yoshlarning egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo„llay olish ko„nikma va malakalarini hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda “Zamonaviy geografiya maydoncha”sining ahamiyati beqiyos. “Zamonaviy geografik maydoncha” innovatsion xarkterga ega bo„lib, u tog„ landshaftlari, daryo tizimi, vulqon, geyzerlar maketi, amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish uchun “ochiq o’quv auditoriya”ning mavjudligi va eng so„nggi geografik o„lchov asboblari bilan jihozlanganligi tufayli an’anaviy geografik maydonchalardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, unda yerda gidorometeorologik stansiya, vaqtni aniqlash maydoni, turli tog„ jinslari va tuproq namunalari uchun alohida burchak tashkil etiladi. “Zamonaviy geografiya maydoncha”da tabiat xodisalarini kuzatishdan olingan yangi ma’lumotlardan o„quv va ilmiy faoliyatda foydalaniladi. 1-rasm. Zamonaviy geografik maydoncha Zamonaviy geografiya maydonchasidagi amaliy ishlar geografiya darslarida va sinfdan tashqari vatqtlarda muntazam o`tkazib turiladi. Astronomik va meteorologik kuzatishlar munosabati bilan bolalar asboblardan foydalanishni, ularning ko`rsatkichlarini muntazam yozib borishni o`rganadilar. Zamonaviy geografik maydonchasida yer yuzasi modellari - globus, hovuzlar, to`g`onlar, sug`orish kanallari va tog’larni ko`radilar. Geografiya maydonchasi ochiq joyda amaliy ishlar olib borishga mo`ljallab jihozlanagan joydir. Geografiya maydonchasini “Tabiat labaratoriyasi” deyish mumkin, chunki “Tabiat labaratoriyasi” da o`tkazilgan mashg`ulotlar o`quvchilar bilimini puxta bo`lishini ta`minlaydi, turli asoslar bilan ishlashga doir ko`nikmalarni hosil bo`lishiga yordam beradi. O`quvchilar geografiya maydonchasida tabiat hodisalarini kuzatishga, ijtimoiy foydali mehnat qilishga o`rganadilar. Geografiya maydonchasi iloji boricha ochiqroq joyda tashkil etilishi lozim. Bu ko`z bilan chamalab plan olish, quyoshning chiqishi va botishini, uning gorizontdan balandligini yil o`zgarishini kuzatishga aniqlashga imkon beradi. Geografiya maydonchasining maktab tajriba uchastkasi yonida bo`lishi maqsadga muvofiq. Chunki bu fenologik hodisalarni tushuntirish, qishloq xo`jalik ekinlarini rivojlanishini iqlimga bog`liq ekanliklarini o`z ko`zlari bilan ko`rib, bilib olishga imkon beradi.



Download 29,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish