Mavzu: jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Harakatlarga o’rgatish jarayonining xususiyatlari



Download 132,81 Kb.
bet2/17
Sana09.06.2022
Hajmi132,81 Kb.
#648154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Mavzu jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Harakatlarga o’rgatish jarayonining xususiyatlari

Harakat faoliyatlariga o’rgatish jarayonida, faqat ta’lim va tarbiya vazifalarigina emas, sog’lomlashtirish ham birga qo’shib olib boriladi. Birorta umumta’lim fanlarida sog’lomlashtirish vazifasi bunchalik ochib berilgan emas.
Harakat faoliyatlariga o’rgatishda ta’lim vazifasi ham o’z xususiyatlariga ega.
O’quv materialini o’zlashtirib olish jarayonining asosiy komponenti (tarkibiy qismi) o’quvchilarning faol harakat faoliyatlaridan iborat. Ularning o’quv-mehnat faoliyati, potensial jismoniy kuchlarni sarflashni talab etadi. Shunday ekan, o’quvchilar o’quv faoliyatlarining ba’zi bir qonuniyatlarini tushunish uchun, ularning umumiy ish qobiliyatini hisobga olish zarur.
Ishchanlik qobiliyati bir necha omillarga bog’liq:

  • merosiy,

  • hayot jarayonida o’zlashtirib olingan va

  • aniq sharoitda faoliyatni boshqarish usuli.

Bu omillar qancha rivojlangan bo’lsa, odamning ish qobiliyati shuncha ortadi. Oddiy sharoitda odam o’zining to’liq ish qobiliyatidan foydalanmaydi. Bir qismini ehtiyotdan (zaxirada) ushlab turadi, zarur bo’lgandagina uni ishlatadi.
Harakat faoliyatlariga o’rgatishning boshqa xususiyatlari harakat malakalarining sistemasini vujudga keltirishdan iborat. Faqat harakat faoliyatlari tizimigina o’quvchining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi. Ammo ko’pgina sistema variantlari mavjud. Ular jismoniy tarbiyaning qaysi maqsadga yo’naltirilganligi va uning aniq vazifasiga bog’liq holda tanlanadi.
Yana bir xususiyati – harakat sifatlar majmuyining rivojlanishi bilan bog’liqligi, ikki yo’nalish orqali amalga oshiriladi:
1) harakat malakasining shakllanishi harakat sifatlarining bir vaqtda rivojlanishi bilan uzluksiz bog’liq;
2) harakat sifatlar malakasining o’ziga xos rivojlanishi boshqa sifatlarning rivojlanishi bilan bir vaqtning o’zida samaradorlik bilan amalga oshadi. Masalan, qisqa masofaga yugurishga o’rgatishda tezlik rivojlantiriladi, lekin tezlikning o’zi kuch va chidamlilikning samarali rivojlanishi orqali sodir bo’ladi.
Harakat faoliyatlariga o’rgatishning natijasi ma’naviy-ma’rifiy va jismoniy rivojlanishda erishilgan natija darajasiga qarab aniqlanadi. Pedagogik jarayonni to’g’ri tashkil etish orqali bilimlar sistemasini va harakat faoliyatlarini o’zlashtirish, jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarining, albatta, ortishi kuzatiladi.
Ta’lim vazifasini amalga oshirish tarbiyaviy vazifalar bilan uzviy bog’langandir. O’rgatishning tarbiyaviy xarakteri tushunchasi, jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida qo’llaniladi.
Har qanday tasodifiy tashkil etilgan jismoniy mashqlar jarayoni pedagogik qimmatga ega bo’lmaydi. Ularning tarbiyaviy ta’siri pedagogik jarayonning sifatiga to’lig’icha bog’liq. P. F. Lesgaft maxsus mashqlarning odam psixikasiga, uning bir butun shaxsiga kuchli ta’sir etuvchi manba ekanligini eslatgan.
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi, umumta’lim maktablarining boshqa fan o’qituvchilari singari, o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasini doimo yodda tutishi zarur. Ammo o’quv fani xususiyati, umumiy tarbiya vazifalarining metodikasi hal etilishini talab etibgina qolmasdan, jismoniy tarbiyaga eng monand bo’lgan ayrim tarbiyaviy vazifalarni oldinga suradi: jismoniy mashqlar mashg’ulotlarida muntazamlik odatini tarbiyalash lozim.
- bu odat zamonaviy odamning harakat faolligi yetishmasligi muammosini hal etishiga ma’lum ravishda yordam beradi, kundalik mustaqil mashqlar uchun imkoniyat topishga o’rgatadi;
- jismoniy og’irlikni yenga bilishni, botirlikni tarbiyalaydi;
- gigienik malaka va odatlarni tarbiyalaydi. Jismoniy mashqlarning samaradorligi gigienik omillardan to’g’ri foydalanishga bog’liq;
- o’quvchilar orasida o’zaro munosabatni tarbiyalaydi;
- harakat faoliyatlarida mustaqillikni tarbiyalaydi;
- umumiy va alohida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi.
Harakat faoliyatlariga o’rgatishda sog’lomlashtirish vazifa­sini hal etishlik jismoniy tarbiyaning hamma majmuiy manbalari bilan amalga oshiriladi. O’rgatish predmetining o’zi o’quvchining jismoniy va ruhiy tomonlariga intensiv ta’sir etadi.
Jismoniy mashqlarga o’rgatish tibbiy ko’rik natijalarining ko’rsatkichlari asosida differensiyalanadi, shular asosida o’quv­chilar uch guruhga bo’linadi:

  • asosiy,

  • tayyorlov va

  • maxsus guruhlar.

O’quvchilarga beriladigan o’quv materialining mazmuni va yuki ularning yoshiga, jinsiga va jismoniy tayyorgarligiga qarab qat’iy ravishda differensiallanishi kerak. Bu talabning buzilishi o’quv materialini o’zlashtirmaslikka emas, o’quvchilar salomatligining yomonlashuviga ham olib keladi.
Sanab o’tilgan harakat faoliyatlariga o’rgatishning xususiyatlari o’qituvchilardan faqat psixologik-pedagogik bilimlarni bilishini emas, anatomik-fiziologik va tibbiy tayyorgarligi sohasida ham yuqori darajada bo’lishi talab etiladi.




  1. Download 132,81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish