Aholining sog’ligini nazorat va muhofaza qilish
O’tgan bo’limda asosan, tibbiyot sohasidagi o’quv yurtla-ri va davolash muassasalarining ba’zi bir faoliyatlari tilga olindi. Unda aholi istiqomat qiluvchi joylarda faoliyat ko’rsatuvchi poliklinikalar, shaxsiy davolash muassasalari alohida o’ringa egadir.
Aholi istiqomat joylarida ko’pchilik kasalliklarning turlariga qarab davolash, nazorat qilish, tez yordam ko’rsa-tish kabi bo’limlar, laboratoriyalar, ilmiy-uslubiy mar-kazlar tashkil qilingan. Ularning asosiy faoliyatlari quyidagi turlarga bo’linadi:
Bemorlarni poliklinikada yoki uylarida ko’rish, davolash.
Poliklinika tarkibidagi laboratoriyalar, davolash bo’limlarida uqalash /massaj, trenajerlarda mashq bajarish va hokazolar/ sog’lomlashtirish tadbirlari.
SHular asosida poliklinika shifokorlari bemorlar-ni maxsus hisobga olish (og’ir bemorlar, nogironlar va h.k.) va davriy nazorat qilish guruhlariga ajratadi. Ular bilan ishlashda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, tabiatning sog’lomlashtiruvchi omillaridan foydalanish, tozalik va gigienik qoidalarga rioya qilish tavsiya ztila-di. O’z navbatida, bu faoliyatlarning bajarilishi, ular-ning samaralarini doimiy ravishda kuzatib, nazorat qilib boradi. SHu tariqa shifokorlar bemorlarning sog’ligini qayta tiklaydilar va ularni muhofaza qiladilar.
Ma’lumki, aholining o’zini-o’zi boshqarish idorala-ri qonun asosida tashkil etilgan. Bunda mahalla oqso-
qollari kengashi faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Bu-larning ish faoliyatida poliklinika shifokorlari ham bevosita ishtrok etib, aholining salomatligi, yoshlar-ning oila qurishi kabi masalalarda suhbatlar va ma’ru-zalar olib boradi. Bu faoliyatlar ham aholining, ayniq-sa yosh bolalar, onalarning salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yosh ota-onalarning salomatligini ta’minlashdagi nazariy bilimlari hamda ko’nikmalarini rivojlantirishda shifokorlarning xis-salari g’oyat kattadir.
«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar
O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov o’zining «O’zbe-kistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» risolasida (1992 y.) «Yashash muhiti, tabiat va ma’naviyat ekologiyasi bir-biridan ajralmasdir. Bizning ota-bobolarimiz ki-shilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan mustahkam salomatlik tilashgan. Sihat-salomat bo’lishning an’anaviy qadrini qayta tiklash va oila qad-ri bilan sharafli bir o’ringa qo’yish kerak» (69-bet), -degan. Buning amaliy ijrosi Prezident tomonidan «Sog’-lom avlod uchun» farmonining imzolanishi (1993 y. 4 mart) hamda shu asosida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturining ishlab chiqilishi, uni hayotda qo’llashga qaratilgan bir qator qarorlarning qabul qilinishida ifodalangan.
O’zbekiston Prezidenti va xukumati tomonidan «Oila yili» (1998 y), «Ayollar yili» (1999 y.) «Sog’lom avlod yili» (2000 y.) «Ona va bola yili» (2001 y.) e’lon qilin-di. Bu borada amaliy ishlar sifatida juda ko’p madaniyat, sport tadbirlari hamda «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida o’tkazib borilayotgan vatanparvarlik, san’at-sport festivallarini misol qilib keltirish mum-kin.
«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish Sog’liqni saqlash vazirligi, turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan. SHu sabab-dan davolash muassasalari onalik va bolalik nufuzlari-ga katta urg’u bermoqda. SHuningdek, o’quvchi-yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini o’stirish, aholining salomatligini yaxshilash borasida mutasaddi vazirliklar, «Sog’lom avlod uchun», «Mahalla», «Navro’z», «Ekosan» kabi xayriya jamg’armalari zimmasiga ham katta vazifalar yuk-latilgan.
Sog’lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari, ommaviy-sog’lomyaashtiruvchi jismo-niy tarbiya, sayohat va Xalq milliy o’yinlaridan foyda-lanishni yaxshi yo’lga qo’yishda xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda O’zbe-kiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi faol ishtirok etmoqda. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, o’tkazilayotgan spartakiada-lar, universiadalar va turli sport, san’at festivallari kabi muhim tadbirlar omil bo’lib hisoblanmoqtsa.
Ichki ishlar, Mudofaa, Qishloq va suv xo’jaliga, Madaniyat va boshqa vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari. Ichki ishlar vazirligi tiznmida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish
O’zbekistonning mustaqilligi sharoitida davlat va aho-lining osoyishtaligini ta’minlash, uni astoydil himoya qilishga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Bunda Ichki ishlar vazirligi xodimlari eng muhim faoliyat ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Bu sohada kadrlarni tayyorlash, ularning nazariy bilim, amaliy ko’nikmalarini oshi-rishda jismoniy tarbiya va sport muhim rol o’ynaydi.
Ichki ishlar vazirligi xodimlarini tayyorlovchi o’rta maxsus o’quv yurtlari va Akademiyasi mavjud bo’lib, o’quv rejalarida jismoniy tayyorgarlik va sport mahoratla-rini oshirish maqsadida maxsus darslar tashkil etiladi. SHu bilan birgalikda, sport turlari bo’yicha jamoalar tuziladi va sport musobaqalari tashkil etiladi.
Sport tayyorgarligi va ommaviy sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan barcha tadbirlar «Dinamo» sport jamiyati tomonidan olib boriladi. Viloyatlar va yirik shaharlar-da «Dinamo» sport-klublari faoliyat ko’rsatib, ularga ichki ishlar xodimlari va iqtidorli sportchilar jalb etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |