Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning rivojlanish tarixi hamda uning


Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati



Download 22,18 Kb.
bet7/8
Sana07.02.2023
Hajmi22,18 Kb.
#908584
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.JTSN va U 2-(III)-2 PdfToWord

Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati


U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid malum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning malum sohasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmuniga bog‘liq. Ularning mazmuni va hajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi
va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bo‘lmaydi.
Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional ji’atdan takomil-lashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan asosiy harakat malakasini, ma’oratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan.
Masha shu taorifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o‘ziga xosligi takidlab o‘tilgan.
Jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan bu o‘ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida maonoga ega bo‘lgan “jismoniy bilim” va “jismoniy sifatlarni rivojlantirish” deb atalgan tushuncha yotadi.
Jismoniy bilim” termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit “o‘z vujudini tarbiya” qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi.
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda turmushda qo‘llash mahorati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.
Pestalotsi bolalarning “vujudini tarbiyalash”ni astoydil yoqlab chiqqan P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan maonosi deb tushun-tirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiya haqidagi talimotning asosiy g‘oyasi tom maonodagi jismoniy talim g‘oyasi edi.
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar “ayrim harakatlarni ajratib olishlari va ularni o‘zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va to‘siqlarga moslashtirishni, bu to‘siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qattiyat bilan o‘tishni (yengishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz me’nat sarflangan holda, ongli ravishda eng ko‘p jismoniy ish qilishni, yohud ko‘rkam va g‘ayrat bilan harakat qilishni o‘rganishlari kerak, deb hisoblardi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayoni deb qaraladi. Bu tushuncha kuch, tezkorlik chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Bir butun jarayonning shu tomonlari bir-biri bilan musta’kam bog‘langan. Masalan, agarda o‘quvchilar yugurish mashqlarini ko‘p marotabalab, uning bajarilish texnikasini o‘zlashtirish maqsadida takrorlayversalar, shu vaqtning o‘zida ham kuch,ham chidamlilik va ayrim hollarda tezkorlik ham tarbiyalanadi. Boshqa tomondan, o‘sha yugurish mashqlarni katta tezlik bilan takrorlansa (tezkorlikni tarbiyalash uchun), uholda mashq texnikasi musta’kamlanadi va takomillashadi, shu vaqtning o‘zida esa taolim, bilim berish vazifalari ham hal qilinadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida, hattoki shug‘ullanuvchilarning ruiy holatiga, ularning emotsiyasiga (his tuyg‘usiga), irodasiga, axloqining namoyon bo‘lishigaham taosir ko‘rsatadi. Ana shular hisobiga tarbiyaviy vazifalarning hal qilinishi uchun kerak bo‘lgan sharoit yuzaga keldi.
Jismoniy tarbiya jarayonida hamisha ham tarbiyaviy, ham ta’limiy elementlarning mavjudligi uni bir butun pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. Qayd qilingan elementlar qo‘yilgan vazifaga qarab,har biri alohida ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyada jismoniy rivojlanish qonunlari ham, jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonunlari ham aks etadi. Jismoniy tarbiyaning sotsial qonunlaridan foydalanishi, xarakteri va usuli aslida jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tuzumidan kelib chiqadi. Bu jismoniy tarbiyaga ijtimoiy xarakter beradi, sinfiy jamiyatda esa tarbiya xukmron sinflarning manfaatlariga bo‘ysundirildi.
Jismoniy tarbiya abadiy kategoriyadir, shu maonodaki tarbiyaning bu yo‘nalishi jamiyat paydo bo‘lgandan beri mavjud bo‘lib, bunday tuzum ham ijtimoiy ishlab chiqarishning va insonhayotining zaruriy shartlaridan biri sifatida davom etaveradi (A.D. Novikov, 1959).
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu asosan jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qila olishligi va ayni paytda uning maonaviy kamolotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsata olishligidadir. Mazkur xususiyat jismoniy tarbiyaning barchaga barobar umumiy qo‘llaydigan xususiy belgisidir. Lekin jamiyatning real
hayotida konkret tarixiy sharoitlardan tashqarida bo‘lgan jismoniy tarbiya umuman yo‘q har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada jismoniy tarbiyani amalga oshirishning konkret tarixiy tipi rivoj topadi.



Download 22,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish