Mavzu. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy atama va tushunchalari


Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik



Download 135,24 Kb.
bet16/87
Sana02.09.2021
Hajmi135,24 Kb.
#162585
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Bog'liq
sobir aka

Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik

O’qitishga ongli munosabat va unda shug’ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya ta’limidagi onglilik va faollilik qa’tiyati harakat faoliyatlarini mexaniq ravishda taqlid qilib bajarish orqali harakatlarni o’zlashtirishni kat’iyyan qoralaydi va birinchilardan bo’lib harakatlarni taqqoslay olish, uning taxlilini qilish orqali nazariy bilimlarni va harakat faoliyatlarini egallash g’oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan shug’ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko’rsatkichlarini oshiradi”, – degan qo’pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko’rsatdi.

Tarbiya jarayonida bu qa’tiyatni qo’llash mashg’ulotni umumiy vazifalariga qiziqish uyg’otish va fikrlashni shakllantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo,harakat faoliyatini hayotiy amaliyligi aniq misollar yordamida, ta’limning mavzulashtirish orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. O’qitishning boshlang’ich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi, mazmuni (qomatining chiroyli bo’lishi, kuchining ortishi vah.klar) mashg’ulotlardagihayotiy-amaliy holatlar orqali, jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlarida shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdek vazifalarni hal qilish bilan asta-sekin ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshiriladi. Maxsus ommabop adabiyotlar, qo’llanmalar tavsiya qilinadi. Nazariy bilimlarni ortishiga erishish onglilik qa’tiyatning o’zak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullashnish mashg’ulotlariga odatning shakllanishi susaytiradi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni turmush tarziga aylanishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam leksiyalar, suxbatlar,hikoyalar eshitishlari, maktab jismoniy tarbiya dasturining nazariy qismini o’rganishlari, metodik va hujjatli filpmlar ko’rishlari, o’z-o’zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy ko’chishi” atamalari moxiyatini tushunishlari lozim.

Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning qat’iy mexanizmlaridan biridir.

Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat”ning moxiyatiga yetib, uning bajarilishi texnkasining asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan.

Ongli analizda mashq texnikasini taxlili bilangina chegaralanmay, uni biomexaniq, matematik hisoblash, bioritmiya va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya soxalaridagi bilimlarga tayaniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jihozlaridagi mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini,harakatning yutqazilayotganligini his qilishdek talablarni qo’yadi, bu o’z navbatida, ixtiyoriy harakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o’rgatadi.

Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, ijrosi harakatni ifodasini fikran ko’z oldiga keltira olish («ideomotor trenirovka»)  onglilik qa’tiyatning asosiy vositalaridan biridir.

Faollik mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, «guruhli”, tashkillash orqali, asosiy jihozlar yoniga qo’shimcha sport anjomlari qo’yish, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki haftalik tayyorgarlik va trenirovkadan so’ng bajara boshlasalar, shug’ullanuvchilarni mashqni mustaqil bajarishga urinishi o’z-o’zidan ortishi sodir bo’ladi.

Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiyaning uslublari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo’llanishi, sport maydoni, mashg’ulot o’tkaziladigan joylarning badiiy jihozlanishi, gigiyenik orastaligi, ta’lim jarayonida shug’ullanuvchilarda jonbozlik (inisiativa) ko’rsatish, vazifani hal qilish uchun javobgarlik hissini o’z bo’yniga ola bilish, ma’suliyatni his etish va o’zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.


Download 135,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish