Gigiyenik omillar shaxsiy va jamoat gigiyenasi talab-larini o’z ichiga olib, mexnat gigiyenasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muxitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mustaqil mashq qilish, trenirovka) mashg’ulotlarida gigiyenik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar taosirchanligini, Samara-dorligini oshirishini ilmiy, amaliy jixatdan isbotlagan.
Gigiyenik sharoitni yetarli darajada taominlash, jismo-niy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jixozlar va mavjud kiyim-boshningholatiga bog’liq.
Jismoniy mashqlar, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillarni rasional qo’llash inson salomatligini mustaxkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlan-tiradi.
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari insonhayotiy faoliyatining organiq qismiga aylansagina jismoniy tarbiya tizimining sog’lomlashtirilishiga yo’nalti-rilgan prinsipni amalga oshirishning imqon i bo’ladi. Boshqa tomondan, kerak bo’lgan gigiyenik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak bo’lgan samarasini beradi. Jismoniy tarbiyaning maxsus vositasihisoblanmasaham gigenik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini to’laqonlihal qilish uchun axamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkil-lanmasin, ovqatlanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg’ulotlar tibbiyot talablariga javob bermay-digan joy va jixozlar bilan o’tkazilsa, ular albatta samarasiz bo’ladi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga gigiyenaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy maolumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashqaridagi insonninghayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarkibidagi vositalardir.
2-mavzu. Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy, uslubiy qattiyatlari (prinsiplari)va usuliyatlari
1.Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy, uslubiy qat’iyatlari (prinsiplari)2.Jismoniy tarbiya talimining uslublari.2.1.Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy, uslubiy qat’iyatlari (prinsiplari)
Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy, uslubiy qat’iyatlari (prinsiplari)
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy qa’tiyatlari va jismoniy tarbiya nazariyasi uslubining qa’tiyatlari deb ataladigan qa’tiyatlarga tayanadi: Bulardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko’rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o’t o’chiruvchilar trenirovkasi va hokazo) qa’tiyatlari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, qa’tiyatlarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy qa’tiyatlari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirish qa’tiyat deb guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy qa’tiyatlar, bir tomondan, nizom vazifasini o’tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik jixatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogikjarayonva amaliy faoliyatda qa’tiyat majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ayrim holatlarda: qa’tiyatga jismoniy tarbiyadagi ma’lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yo’riqchi (ko’rsatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |