II.2 . O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish
YUqori sinflarning Jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standartlari talablarida harakatli o`yinlardan foydalanishda ta’limning turli metodlari qo`llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Turli metodlarning qo`llanilishi o`zaro chambarchas aloqadadir.
O`qituvchi ularni turli birikmalarda qo`llab, jismoniy tarbiyaning
to`laqonli jarayonini ta’minlaydi.
Metodlarni quyidagicha mumtoz (klassik) ravishda uch
guruhga bo`lish mumkin:
a) og`zaki (tushuntirish, hikoya, suhbat, buyruq, ko`rsatma) ;
b) ko`rgazmali (ko`satish, ko`rsatma qurollardan foydalanish ) ;
v) amaliy (mashqlar, musobaqalar ).
Harakatli mashqlarni bajarishda, fikrimizcha, qat’iy reglament talab mashqlarni bajarish jismoniy ta’lim-tarbiya mazmunining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Shu jihatdan olganda biz jismoniy mashqlarni bajarishda metodlarni quyidagicha tasnifladik.
Jismoniy tarbiya darslarida o`tilgan materialning o`quvchilar tomonidan o`zlashtirish darajasi doim hisobga olib boriladi. Bunda dastlab mashqlarni bajarishga tayyorlash amalga oshiriladi, so`ngra bilimlar, malaka va ko`nikmalar hisobga olinadi. Harakat o`rganishda ikki usul: umumiy va qismlarga bo`lib o`rganish usuli qo`llaniladi. Ular shu bilan diqqatga sazovorki, dastlab mashq elementlarga bo`linmasdan, umuman ko`rsatiladi, so`ng mashq asoslarini o`zlashtirish darajasiga qarab asta – sekin alohida elementlar o`rganiladi. Masalan, arqonga tirmashib chiqishga o`rgatishda dastlab mashq umumiy ko`rsatiladi. O`quvchilarda bu mashq haqida tasavvur hosil bo`lganidan keyingina ularni elementlar bo`yicha o`rganishga kirishiladi. Jismoniy mashqlar asablar majmuasining faoliyatiga ham, xususan, bosh miya qobig`idagi harakatlanuvchi qismga ham ta’sir etadi, natijada harakatlarning bir-biriga uyg`unligi yaxshilanadi, harakatlarda muvofiqlik, aniqlik zaruriy kuch va ritm hosil bo`ladi. O`quvchi aynan shu ta’sirlar natijasida tuzilishi jihatidan murakkab bo`lgan harakatlarni, katta tezlikdagi harakatlarni oson o`zlashtirib oladi, bu esa jismoniy mehnat mashg`ulotlari uchun muhimdir. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat o`qituvchisi o`quvchilarga jismoniy fazilatlarni singdirar ekan, Vatan ostonadan, oiladan, mahalladan boshlanishini, Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-to`yg`ulari, sadoqatli, fidoiy mehnati, o`zaro izzat-hurmat kabi insoniy fazilatlarida namoyon bo`lishini anglatib bormog`i lozim.
Bu o`rinda respublika sportchilarining Xalqaro sport maydonlaridagi, ayniqsa, Olimpiya o`yinlaridagi ishtiroki, g`alabasi ana shu hislatlar tufayli ustuvor ekanligini anglatib borish joiz. Ayniqsa, yurtimiz bayrog`ini uzoq o`lkalarda viqor bilan ko`tarilishi, madhiyamizning baland yangrashi, sportchilarning ona-Vatan sharafi uchun kurashgan va hissa qo`shganligining timsoli ekanligini bolaga yoshligidanoq o`rgatib borish zarur. Buning boisi shundaki, o`shanday g`olib sportchilar, ularning murabbiylari, qolaversa sport tashkilotlari, jamiyatlari hodimlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutahassislarga taqlid qilish hissini shakllantirish o`quvchi yoshidagi bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, Jismoniy tarbiya darslarida harakatli uyinlardan foydalanishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga
tayanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, o`qituvchining didaktik vazifalarning hammasini bir butun holda ongli ravishda amalga oshirishga xizmat qiladi.
«Sog`lom avlod uchun» Davlat dasturida belgilanganidek, sog`lom avlodni etishtirish uchun eng avvalo onalar sog`lom bo`lishi va o`z farzandlarining sog`lom o`sishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlardan foydalanishi zarurdir. Bunda bolalarni eng kichik yoshdan boshlab oila, bog`cha va maktablarda jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishga odatlantirish alohida ko`zda tutilgan. Bu jihatlarni amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport o`qituvchilari astoydil ish olib borishlari lozim.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda umumta’lim maktablarida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning harakat faoliyatlarini rivojlantirish g`oyasi yotadi. So`ngi o`n yilliklar ichida uning ustida ko`pgina mutahassislar faol ish olib borganlar.
Ma’lumki harakatli o`yinlar o`quvchidan o`zining turli jismoniy imkoniyatlarini faol namoyon etishni talab qiladi. Ayni vaqtda o`yin vaziyatlari va u bilan o`zaro faoliyatlar shaxsning
takomillashuviga, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga doimiy ta’sir ko`rsatadi.
O`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlardan foydalanish jarayonida bir qator muammolarni hal etish lozim: o`quvchi yoshdagi o`quvchilarda asosiy jismoniy sifatlarning shakllanish yillik dinamikasiga hos yosh jins xususiyatlarini aniqlash; harakatli o`yinlardan foydalanib o`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyati ishlab chiqish.
Masalan basketbol va qo`l to`pi o`yini o`rniga o`quvchilarga «To`pni to`tish», «To`p uchun kurash»,
«To`p o`rtadagiga», to`pni olib yurish bilan estafeta va xalqaga tashlash va boshqalar.
O`quvchilar o`yinda sport jihozlari va asbob- anjomlaridan foydalanadilar. O`yinni yaxshi tashkil qilinganda o`yinda to`ldirma to`pni nafaqat uzatish balki bir-birlariga oshirishda ham foydalanish mumkin. Harakatli o`yinda yugurish masofasi, sakrash balandligi, uloqtirish va boshqa harakatlar 5-8 sinf o`quvchilari uchun belgilangan nazariy me’yorlari chegarasida bo`lishi kerak.
Bu barcha vazifalar o`quvchilarni o`zlashtirishiga bog`liq holda ketma-ket hal etiladi, malakasi kichik sinflarda o`ynalgan o`yinlarda egallagan malakalari bazasida sekin-asta tarbiyalab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |