Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi deganda dehqon xo`jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish, jamoa bog`dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalaridan foydalanish tushuniladi. Bu yer uchastkalari qonuniy meros huquqi asosida vorislarga o`tadi. Yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga dehqon xo`jaligi yuritish, uy-joy qurish, jamoa bog`dorchiligi bilan shug`ullanish maqsadlarida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |