Mavzu: Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi Reja: Kirish



Download 67,53 Kb.
bet1/10
Sana06.04.2022
Hajmi67,53 Kb.
#531978
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig\'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi


Mavzu: Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi
Reja:
Kirish
1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'i va uning soliq tizimidagi o'rni
2. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'i ob'ekti va soliq solish bazasi.
3. Jismoniy shaxslar daromad solig'i stavkalari va imtiyozlari
4. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy islohotlarga mos ravishda soliq tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayaptiki, jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlarni undirish borasidagi o’zgarishlar shular jumlasidandir. Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, agar soliq yuki qanchalik yuqori bo’lsa daromadlarni yashirishga ko’proq ko’proq moyillik paydo bo’ladi, daromad olishga bo’lgan qiziqishlar bir muncha so’nadi, aksincha, soliq yuki kam bo’lsa aks holat yuz beradi. Shu sababli ushbu mavzu bugungi kunning dolzarb mavzularidan hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari. Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar,inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilanadigan stavkalar bo’yicha.
Kurs ishining ob’ekti. O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, ya’ni Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'ini hisoblash va byudjetga undirish tartibi, tadbirkorlik faoliyatidan qat’iy soliq hamda yoqilg’i iste’moli uchun undiriladigan soliqlar kurs ishining obyekti hisoblanadi.
1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'i va uning soliq tizimidagi o'rni
Soliqlar to’g’risidagi qarashlar tarixan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga berilgan ta’riflarni taxlil qilish avvalambor ularning iqtisodiy-ijtimoiy mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo’lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining tutgan o’rnini aniqlash uchun zarurdir. Chunki, soliqlar davlat paydo bo’lishi bilan jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo’lib hisoblangan.

Soliq tizimining, klassik tamoyillari deyarli barcha mamlakatlar soliq tizimiga asos bo’lib kelmokda. Bular adolatlilik, aniqlilik, qulaylilik va tejamkorlilik tamoyillaridir.


Klassik iqtisodchi olimlardan A.Smit soliqlarni joriy qilishda va stavkalarni belgilashda ehtiyot bo’lishni takidlaydi va asarida buning aniq ma’naviy, ijtimoiy va iqtisodiy sabablarni keltiradi. Takidlab o’tilgan koidalarga rioya qilish, uning fikricha, joriy etilayotgan soliqning soliq to’lovchilar uchun og’ir bo’lmasligiga olib keladi.

A.Smit maktabining eng oxirgi namoyandalaridan biri J.Mill "Siyosiy iqtisod asoslari, ularning jamiyat falsafasiga qisman tatbiqi" nomli asarida, o’zidan oldingi maktabdoshlari (A.Smit, R.Maltus va D.Rikardo)ning fikrlarini yangi xulosalar bilan to’ldirdi. J.Mill A.Smitning soliqqa tortishga oid bo’lgan g’oyalarini rivojlantirib, -soliqlarning tenglik tamoyiliga doir qoidasini ilgari surdi. Mazkur qoida soliq to’lovlari natijasida soliq to’lovchilarga yuklanadigan soliq yuki bir xil bo’lishi kerakligini ilgari suradi. U bevosita va bilvosita soliqlarni tahlil qilib, barcha bilvosita soliqlar bevosita soliqlarga nisbatan biroz ustunlikka ega, chunki bilvosita solikdarni undirish vaqti va usuli birmuncha kulaydir, degan xulosaga keladi. Soliqlarni adolatlilik nuqtai-nazaridan ko’rib chiqib, ularni adolatsiz bo’lmagan deb hisoblaydi.


Daromad soliq munosabatlari qanchalik rivojlanganligidan qat’iy nazar soliq tizimi o’zining asosiy vazifasi - fiskal, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifasining bajarilishini ta’minlashi lozim. Eng muhimi, mavjud soliqqa tortish tizimi strategik maqsadlarga ham, ayni paytda, iqtisodiy islohatlarning qisqa, o’rta va uzoq muddatli maqsadlariga ham mos kelishi va shunga xizmat qilishi kerak.

Daromad soliq tizimini yanada rivojlantirishdan asosiy maqsad, davlatning iqtisodiy siyosatini, aholini ijtimoiy himoyalashni, tadbirkorlikni rivojlantirishni, davlatning mudofaa qudratini oshirishni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni amalga oshirishni, mustaqil davlat sifatida xalqaro faoliyatni amalga oshirish uchun va davlat ahamiyatiga molik boshqa vazifalarni bajarishni ko’zda tutuvchi moliyaviy manbalarni etarli darajada to’plashni nazarda tutadi.

Daromad soliqlarning ob’ektiv zarurligi davlat bajaradigan bir qator funktsiyalarni moliyaviy mablag’ bilan ta’minlashdan kelib chiqadi. Masalan bunday vazifalarga quyidagilarni keltirish mumkin:


  • aholini kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish;



  • mamlakat mudofaasini ta’minlash;



  • mamlakt fuqarolarining tinch mehnat qilish va erkin yashashini muhofazasini ta’minlash;

  • mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot va boshqalar) amalga oshirish;



  • xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalar o’rnatish;



  • bozor infratuzilmasini yaratish va hokazo.

O’zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari va boshqa
majburiy to’lovlar hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining butun hududida ayrim mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni umumiy, qat’iy stavkalarda belgilashi mumkin.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar stavkalari soliq to’lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.

Daromad soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga va boshqa majburiy to’lovlarga ega bo’lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni, jumladan, sog’liqni saqlash, maorif, fan, mudofaa, xavfsizlikni saqlash, aholini ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator shu kabi strategik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham soliqlari ham salmoqli bo’lishni talab etadi. Qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa subventsiya yoki subsidiya beriladi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo’lib, ular byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlar hisoblanadi.

Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib beriladi. Mahalliy xokimiyat organlari asosan fuqarolarga yaqin bo’lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni, jumladan, maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi


vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos.

Shuning uchun ham mahaliy byudjetlar daromadlarini ko’paytirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi va ulardan boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.

Mahalliy byudjetlarning soliq va boshqa majburiy to’lovlari kam bo’lganligidan bu byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani echishda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar beriladi. (masalan, qo’shilgan qiymat solig’idan, aktsiz solig’idan va boshqalar).

O’zbekiston soliq tizimida amalda bo’lgan soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha bir necha guruhlarga ajratib o’rganish mumkin.

Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi:


  1. Oborotdan olinadigan soliqlar



  1. Daromaddan olinadigan soliqlar



  1. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar



  1. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji va er qa’ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o’lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to’lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.

Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi.

Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig’i kiradi.


Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan to’lanadigan va davlat byudjetiga tushadigan majburiy to’lov bo’lib, u ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadi va muayyan iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. Davlat shu yo’l bilan milliy daromad taqsimotini amalga oshiradi. Daromad solig’i jismoniy shaxslar faoliyatining turli sohalaridan olinadigan shaxsiy daromadning bir qismini qayta taqsimlash vositalaridan biri bo’lib maydonga chiqadi. Binobarin, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i (barcha soliqlar kabi) ikki tomonlama xususiyatga ega bo’ladi, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli (ularning ijtimoiy mazmuni) sifatida maydonga chiqadi va pul shaklidagi milliy daromadning bir qismi (moddiy mazmuni) hisoblanadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining manbai aholining iste’mol fondidir yoki taqsimlash jarayonlarini hisobga olganda esa milliy daromadning bir qismidir. Soliq kodeksiga ko’ra soliq solinadigan mol-mulkga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilari bo’lib hisoblanishadi.
Jismoniy shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylari, kvartiralari, chorbog’ va bog’ uylari, garajlar va boshqa imoratlari, binolar va inshootlari qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini inventarizatsiya qilish qiymati soliq solish baza bo’lib hisoblanadi. Agar jismoniy shaxslarning mol-mulkini bahosi tegishli vakolatli idoralar tomonidan aniqlanmagan bo’lsa, bunday holatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan mol-mulkning shartli qiymati belgilanadi hamda o’rnatilgan stavkalar asosida soliqqa tortiladi.


Download 67,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish