Mavzu: Reja: - 1. Fanni o’rganish va qo’llash
- 2. Jismoniy kamolot
- 3. Ayrim tafovutli va bir-biriga aloqador tushunchalar
- 4. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti manbalari va
- rivojlanish bosqichlari
- 5. Fanning asosiy mazmuni va tuzilishi
- „Jismoniy madaniyat nazariyasi“ kursini o‘rganishda boshqa
- ilmiy o‘quv fanlari singari, birinchi navbatda lining imko-
- niyatlariga qarab, ushbu predmetga taalluqli dastlabki tushun-
- chalarni aniqlash zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi keng
- ma’noli tushunchalarga ega. Bu fan nisbatan yosh bolib,
- nazariy bilimlar sohasi to‘laligicha tashkil topmagan.
- Jismoniy madaniyatning asosiy tushunchasi sifatida nimani
- olish kerak? Uning qoidasini ifodalashdan avval, uning
- mohiyatini ochib berishga yordamlashadigan madaniyatga oid
- ayrim masalalarga to‘xtalib o‘tamiz. Umumiy „ madaniyat “
- tushunchasi ko‘pincha tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o'zgarti-
- rish tushunchasi bilan taqqoslanadi. Tabiat degan tushunchaga
- insonga bog‘liq bo‘!magan va uning ish faoliyatining natijasi
- hisoblanmagan, tabiiy qonuniyatlar bo‘yicha mavjud bo'lgan,
- inson tomonidan o‘zgartirilmagan dunyodagi barcha jonli va
- jonsiz mavjudotlar kiradi.
- Madaniyat hodisasi esa, inson faoliyatining tabiatni va
- jamiyatni o‘zgartiradigan usul va natijalari, ya’ni insonning
- talablarini qondiradigan, tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan fao-
- liyatini tushunamiz.
- Madaniyat rivojlanishi jarayonida, shunday faoliyat turlari
- (shakllari, uslubiyatlar) paydo bo4adiki, ular insonning o‘z-
- o‘zini takomillashtirishiga, shaxsiy tabiatini ham o'zgartirishiga
- yo‘naltirilgandir. Mana shunday madaniyatning tarkibiy qismiga
- jismoniy madaniyat ham kiradi. Jismoniy madaniyat insonning
- hayotdagi sifatlariga, imkoniyatlariga yo‘naltirilgan holda ta'sir
- etadi. Bular tabiatdan buyuk ne’mat tariqasida olinib, nasldan-
- naslga uzatiladi. Jismoniy madaniyat rivojlanishning gcnctik
- asoslari sifatida, avlodlar hayoti davrida, hayot sharoiti,
- faoliyati va tarbiya ta’sirida rivojlanadi.
- Shuning uchun ham, jismoniy madaniyat, umumiy mada
- niyatning katta va ajralmas qismi bo'lib qoladi. Umuman,
- jamiyat madaniyati singari, jismoniy madaniyatni ham har
- tomonlama va har xil soha bo‘yicha ko‘rib chiqish zarur.
- Nisbatan to'liq tavsif berish uchun uni, hech bo‘lmaganda,
- uch soha bo'yicha ko‘rib chiqish kerak:
- 1. Faoliyat sifatida (madaniyat — inson faoliyatini maq
- sadga muvofiq tashkil etish jarayonidir).
- 2. Moddiy buyumlar — boylik sifatida (madaniyat —
- jamiyat va shaxs talabini qondirish uchun zarur ne’matlar
- hisoblanuvchi ,,boyliklar“ yig‘indisidir).
- 3. Natija sifatida (madaniyat — inson faoliyatining natijasi).
- Jismoniy madaniyatning faoliyat turi sifatida — insonning
- o‘ziga xos, maqsadga muvofiq harakat faolligini tashkil etadi.
- Boshqacha qilib aytganda, bu fanda inson harakat faoliyatining
- aniq shakllari ko‘rsatilgan. Jismoniy madaniyatga hamma
- shakldagi harakatlar kirib qolmasdan, balki inson foydali
- faoliyatining aniq mashqlari kiradiki, bular hayotda kerakli
- harakat ko‘nikma va malakalarni tashkil toptira oladigan, hayot
- uchun ahamiyatli bo‘lgan, jismoniy sifatlarning yo‘naltirilgan
- holda rivojlanishini ta’minlay oladigan, insonning sog‘lig‘i va ish
- qobiliyatini yuqori darajada ushlab tura oladigan boMsin. Bunday
- jismoniy madaniyat faoliyatining asosiy unsurlari, jismoniy
- mashqlar deb nom olgan.
- Jismoniy madaniyat — jamiyat tomonidan moddiy va
- ma’naviy boylikni, jismoniy madaniyat faoliyatini samarali
- ravishda ta’minlash natijasidir.
- Jismoniy kamolot — bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik
- ko'rgan va uyg'un rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi
- talablarga javob bera oladigan insonning individual iste’dodining
- yuqori darajada rivojlanganligini ко ‘rsatadi, shaxsning har
- tomonlama rivojlanishi va uzoq yillar sog‘lig‘ining saqlanishi
- qonuni bilan aloqada bo‘ladi.
- Jismoniy kamolotning tarkibiy qismi, tarixiy xarakterga ega
- bo‘lib, muayyan jamiyatning aniq talablarini ifoda qilgan holda,
- hamma vaqt bir xilda qolmasdan, ijtimoiy rivojlanish bosqichiga
- qarab o‘zgaradi. Hozirgi davrda ,,Alpomish“ va ,,Barchinoy“
- maxsus test mezonlari respublika sport tasnifi mezonlari bilan
- qo'shilgan holda jismoniy kamolotning asosiy, tarkibiy qismi
- bo‘lib hisoblanadi.
- Jismoniy madaniyatdan jamiyatda yo‘naltirilgan holda
- foydalanish iqtisodiy o‘sishga va Vatanni himoya qilishga keng
- ravishda yordam beribgina qolmasdan, kishilarning ruhiy,
- ma’naviy talabini ham qoniqtirib, shaxsning har tomonlama
- uyg‘un rivojlanishiga, sog‘lom hayot tarzini tashkil etish vosi
- tasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
- Yuqorida aytilganlarning hammasi jismoniy madaniyat
- tushunchasini quyidagicha ta’riflashga imkon beradi.
- Jismoniy madaniyat — jamiyat va shaxs madaniyatining
- tarkibiy qismidir. Jamiyatda jismoniy madaniyat shaxsning har
- tomonlama — uyg‘un rivojlanishining samarali vositasi, har bir
- kishining jismoniy kamolotga erishuvida muhim omil bo‘lib
- qoladi.
- „Jismoniy madaniyat“ atamasi o‘zaro aloqador tushun
- chalar: „jismoniy madaniyat harakati“, ,,sport“, „jismoniy
- tarbiya“, ,,badantarbiya“ni o‘z ichiga oladi. Bularni hech bo‘l-
- maganda qisqa ma’noda aniqlamasdan turib, jismoniy mada
- niyat kursining mazmunini ko‘rib chiqishga o‘tib bo‘lmaydi.
- Jismoniy madaniyat amaliy-ijtimoiy yo'nalish bo‘lib, bu
- kishilarning birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ish-
- latish va ko‘paytirishga qaratilgan faoliyatidir.
- Jismoniy madaniyatning gullab-yashnashi aholining birga-
- likdagi faoliyati bilan uni rivojlantirishga intilish, kengaytirish
- bilan bog‘liqdir. Mana shunday birgalikdagi ishning shakli
- jismoniy madaniyat harakatidir. Hozirgi kunda dunyoda bu
- oqim, har qanday jamiyatda katta yo‘nalish bo'lib qoldi.
- Jismoniy tarbiya — tushunchasi keng ma’noda umumiy
- ,,tarbiya“ tushunchasining ichiga kiradi. Bu esa, jismoniy
- tarbiya, boshqa turdagi tarbiyalar singari, pedagogika jarayoni
- bo‘lib, umumiy ko‘rinishi bo‘yicha (pedagogning boshqaruvchi
- roli, pedagogik prinsiplar bo'yicha tarbiyachi va tarbiyalanuv-
- chilar faoliyatining mos kelishi va h.k.) hisoblanadi. Jismoniy
- tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi shundaki, bu jarayonda
- shug‘ullanuvchilar harakat ko‘nikmasi va malakalarini hamda
- jismoniy sifatlarini rivojlantiradi, bularning birlashishi esa,
- jamiyatning jismoniy salohiyatini oshiradi. Shuning uchun
- jismoniy tarbiyada ikki maxsus tomoni farqlanadi: insonni
- sog‘liq uchun foydali harakatlarga o'rgatish (harakat faoliyati)
- va jismoniy sifatlarini tarbiyalash.
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining vujudga
- kelishi va rivojlanish manbalari quyidagilardan iborat:
- a) jamiyat hayotining amaliyoti;
- b) jismoniy tarbiyaning amaliyoti;
- d) shaxsni har tomonlama rivojlanishda har xil davr
- faylasuflari, pedagoglari va shifokorlarining ilg‘or g‘oyalari;
- e) mamlakatda jismoniy madaniyat va sportni rivojlan-
- tirishda hukumat qarorlari;
- f) jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi hamda
- boshqa fanlarning ilmiy-izlanish natijalari.
- Jismoniy madaniyat nazariyasi o‘zining rivojlanishida qator
- bosqichlarni bosib o‘tgan.
- Jismoniy madaniyat nazariyasi fanida jismoniy madaniyat
- bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni, bu fanning maqsadi,
- umumiy vazifasi va tamoyillarini o‘rganamiz. Jismoniy
- madaniyat nazariyasi va uslubiyatida asosiy o‘rinni didaktik
- masalalar oladi:
- a) jismoniy tarbiyaning manbalari;
- b) harakat, faoliyatlarga o‘rgatish tamoyillari va uslublari;
- d) harakat sifatlarini rivojlantirish;
- e) o‘rgatish jarayonining tuzilishi;
- 0 mashg‘ulotlarni tashkil qilish usullari;
- g) hisob-kitob va rejalashtirish;
- h) aholining har xil toifalarini sog‘lomlashtirish; jismoniy
- mashqlarning xususiyatlari.
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati o‘quv fani
- sifatida ikki qismdan iborat: birinchi qism, jismoniy tarbiya
- nazariyasi va jismoniy tarbiya uslubiyati deb atalsa, ikkinchi
- qismi, umumiy va kasb jismoniy tayyorgarlik uslubiyati va sport
- tayyorgarlik metodikasidir.
- Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy tushun-
- chalari — „Jismoniy madaniyat'1, ,,Sport“. Bu tushunchalar
- orasidagi farqni, o'zaro aloqasini osonroq tushunish uchun 1-
- chizmaga murojaat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |