Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari11
Soliq solinadigan daromad
Soliq stavkasi
Eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda
Daromad summasining 8 foizi
Eng kam ish haqining besh baravaridan (+1 so’m) o’n baravarigacha miqdorda
besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summadan 16 foiz
Eng kam ish haqining o’n baravari (+1 so’m) va undan yuqori miqdorda
O’n baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining o’n baravaridan oshadigan summadan 22 foiz
Bunda soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo’yicha soliq solish shkalasi yil boshiga 2013 yil 1 yanvarga belgilangan eng kam ish haqi (79590 so’m) miqdoridan kelib chiqib aniklanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori o’zgarganda qayta ko’rib chiqilmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasini hisoblab chiqarish maksadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan (yil boshidan boshlab tegishli davrning xar bir oni uchun eng kam ish haqi summasi) hisobga olinadi.
Belgilangan stavkatardan kelib chiqib hisoblangan va byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi, soliq solinadigan daromadlardan 1 foiz miqdorida hisoblab chiqarilib fukarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraklariga o’tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda deklaratsiyalash tizimining o’ziga xos jihatlari bo’lib, mamlakatimizda uning huquqiy asoslari to’liq ishlab chiqilgan.
Soliq to’lovchilar amaldagi kodeksning 189-moddasida ko’rsatilgan daromadlar bo’yicha, ya’ni:
-mulkiy daromad, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar, agar bu daromadlarga to’lov manbaida soliq solinmagan bo’lsa;
-ikkita yoki undan ko’p manbadan olingan daromadlar;
-O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari yuzasidan jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan chet ellik jismoniy shaxs o’tgan soliq davri uchun daromadlar to’g’risida joriy yilning 1 apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.
Chet ellik jismoniy shaxs – O’zbekiston Respublikasining rezidenti ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo’lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo’lsa, uning O’zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to’g’risidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs – O’zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan bo’lsa, joriy yil uchun daromadlar bo’yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Taqdim etish tartibi ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan daromadlar to’g’risidagi deklaratsiya bo’yicha hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to’lash deklaratsiya topshirilgan paytdan e’tiboran o’n besh kun ichida amalga oshiriladi.
Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant bo’yicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i miqdorini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo’yicha organning tegishli xulosasini ko’rsatadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda daromadlar to’g’risidagi quyidagi deklaratsiyalarni taqdim etadi:
dastlabki deklaratsiyani – shunday daromadlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran bir oy o’tgach, besh kunlik muddatda, agar bu daromadlarga jismoniy shaxslar daromadlariga to’lov manbaida solinadigan soliq solinmagan bo’lsa;
yakuniy deklaratsiyani – o’tgan soliq davridan keyingi yilning
15 yanvariga qadar.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.