Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana03.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#632141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk

 
 
1-rasm.
 1998-2017 yillar orilig'ida jismoniy shaxslar mol-mulkiga 
solinadigan soliq stavkalari
3
 
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'ini joriy etilishi, uni undirilishining 
ijtimoiy-iqtisodiy asoslari mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish bo'lsa, 
ikkinchidan jismoniy shaxslarni o'z tasarrufidagi, egaligidagi, foydalanishdagi 
mol-mulklaridan samarali foydalanishga undashdan iborat. 
Hozirgi kunda esa mol-mulk solig'i O'zbekiston Respublikasida 2008 yil 1 
yanvardan amal qilayotgan yangi Soliq kodeksi asosida muvofiq undirilmoqda. 
Xususan, soliq kodeksining 48 bobi jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliqlarga bag'ishlangan hisoblanadi. 
3
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining byudjet parametrlari to'g'risidagi qarorlari asosida 
tayyorlangan. 


10 
Soliq kodeksiga muvofiq: Soliq to'lovchilar bu - Mulkida soliq solinadigan 
mol-mulki bo'lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar 
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo'lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda 
tuzilgan dehqon xo'jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 
to'lovchilaridir. 
Agar ko'chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni 
bo'lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo'lsa, 
o'sha shaxs soliq to'lovchidir
4

Jismoniy shaxslarni mol-mulkiga soliq solish ob'ekti bo'lib esa, O'zbekiston 
Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, 
garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob'ektidir. 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan solig'ini joriy etilishi uni 
undirilishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari mahalliy byudjet daromadlarini 
shakllantirish bo'lsa, ikkinchidan jismoniy shaxslarni o'z tasarrufidagi, egaligidagi, 
foydalanishdagi mol-mulklaridan samarali foydalanishga undashdan iborat. 
Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo'lishini talab qiladi, 
chunki tovar muayyan mulk ob'ekti bo'lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O'zbekiston 
Respublikasi Konstituttsiyasida ham: "Bozor munosabatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil 
etadi" - deb ta'kidlanadi.
Xususiy mulkka asoslangan ko'p ukladli bozor iqtisodiyotining qaror topishi 
va rivojlanish jarayonida turli mulk shakllaridagi institutlarning faol rivojlanish va 
tadbirkorlik 
faoliyatining 
kengaytirilishi, 
korxona 
va 
tashkilotlarni 
xususiylashtirish, ularni aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish real mulk 
shaklidagi turli mulkdorlar sonini o'sishiga olib keldi. Shundan kelib chiqqan holda 
mulkchilik munosabatlarida amalga oshirilayotgan turli o'zgarishlar, ya'ni turli xil 
shakldagi mol-mulklar ham jismoniy shaxslarning tasarrufida bo'lishi mumkin. Bu 
xususida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida "Har bir shaxs mulkdor 
4
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 272 - moddasi 


11 
bo'lishga haqli" hamda "Bozor munosabatlarini ivojlantirishga qaratilgan 
O'zbekiston Respublikasining negizini xilma xil shaklllardagi mulklar tashkil 
etadi" deb ko'rsatilgan.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish