Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi.
Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi.
Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir.
Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi.
Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining mahorati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashgullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot turkumlarida UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqi-chida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT faol dam olish shaklida markaziy o’rin egallaydi.
Jismoniy madaniyat tizimining vujudga kelishi uning tarkib topishi
U yoki bu kasb egalari o`zaro muloqot davomida o`z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini o`rganish va uni o`zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmuniga bog`liq. Ularning mazmuni va hajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko`pdan-ko`p hodisalari va masalalarini to`g`ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bo`lmaydi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo`llaniladigan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot. Nima uchun yuqorida sanab o`tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to`g`ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o`z ahamiyati jihatidan birdek muhimdir, bo’lar to`g`risida darslikning tegishli boblarida to`xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib ko`rsatilgan tushunchalariga to`xtaldik xolos.
Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi – tashqi ko`rinishini va uning xizmatining o`zgarishi jarayonidir.
Rivojlanish davri uch fazaga ajratiladi: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barqarorlik) va inson jismi imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning oboektiv qonunlariga – organizm va uning yashash sharoitlarini birligi qonuniga, xizmati va tuzilishining o`zgarishlarni bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-sekinlik bilan miqdor va sifat o`zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bo`ysunadi. Boshqacha aytganda jisman rivojlanish oboektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bo’lardan eng muhimi, muhit va organizm rivojla-nishining bir butunligi qonunidir.
Yuqoridagilarni o`quvchilarga qo`llaganimizda, o`qish sharoiti, mehnat va mustaqil ishlash, dam olishni hisobga olishga to`g`ri keladi. Bo’larning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko`rsatadi(3,5,6).
Nasldan-naslga o`tadigan tabiiy-hayotiy kuchlar, inson jismining qobiliyatilari ham jismoniy rivojlanishning muhim zamini ekanligi, shuning uchun ham yuqori natijalarga erishish har qaysi shug`ullanuvchi (individ) uchun nasib bo`lavermasligini, ammo har qanday shaxs o`z organizmining jismo-nan rivojlanishiga sidqidildan tizimli maqsadga muvofiq ravishda muntazam jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish orqali ijobiy ta’sir eta olishligini eotirof etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |