sifat belgilari ta’rifida ta’sir ko‘rsatish usulining mazmundorlik tomoni, ya’ni uning turi anglanadi (masalan, jarima ko‘rinishidagi jazoning sifat ta’rifi pulni undirishda ifodalanadi). Miqdor jihatidan ta’riflash u yoki bu usulni qo‘llash chegaralarini (masalan, jarimaning miqdoriy ta’rifi sifatida uning miqdori, ozodlikdan mahrum etish holida jazoni o‘tash muddati va sh.k. belgilarni) qamrab oladi. Qonun tomonidan belgilangan jazoning mazkur ta’rif belgilaridan chetga chiqishga hech kim haqli emas. Faqat jazo doirasida chora sifatida sud jinoyat qonuni asosida, jazo muddatlari va tartibini belgilagan holda, miqdoriy, ba’zan esa sifat chegaralarda muayyan aniq bir shaxsga nisbatan jazo chorasi qo‘llanilishini belgilashga haqlidir.
JK 42-moddasi jinoiy jazoning butun tizimi uchun jiddiy asoslovchi ahamiyatga egadir, chunki mazkur modda davlat tomonidan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishning tanlanadigan va jazo sifatida tan olinadigan usulni qonuniy tarzda ta’minlaydi. Jazolash tushunchasi va maqsadlarining qonun normasida ta’riflanishi nafaqat jinoyat qonunining qo‘llanishidagi bir xillikka, balki yuridik mahoratning mukammallashuviga va shu orqali jinoyat qonuni rivojlanishining tadrijiyligiga, tizimliligiga va ilgarilab borishiga ham sababchi bo‘ladi.
Tarkib nuqtai nazaridan, JK 42-moddasi ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan birinchisida jazo tushunchasi keltirilgan, ikkinchisi esa uning maqsadlarini belgilaydi. Ko‘rib chiqilayotgan normani mana shunday yo‘sinda talqin etish ko‘rsatilgan unsurlarni aniq chegaralash uchun va shu orqali jazoning mohiyati va o‘rnini anglashda qiyinchiliklarga duchor bo‘lmaslik uchun imkon beradi.
Ya’ni, jazo qonun tomonidan uning jiddiy belgilariga ishora qilish yo‘li bilan belgilanadi; mazkur belgilar yig‘indisining mavjudligi u yoki bu ta’sir ko‘rsatish usulini jinoiy jazo sifatida ko‘rib chiqish uchun imkon beradi. Bunda u yoki bu ta’sir ko‘rsatish usulining jazo sifatida tan olinishi uchun uning istisnosiz barcha belgilarga muvofiq kelishi talab qilinadi, ya’ni ulardan hech bo‘lmasa bittasining mavjud emasligi buning uchun to‘sqinlik qiladi.
Shunday qilib, jazo:
– davlat tomonidan joriy etilgan majburlov chorasi bo‘lishi kerak;
– u faqat sud tomonidan tayinlanishi shart. Bunda jazoni tayinlash sud tomonidan, albatta, hukm chiqarish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak;
– jinoiy jazoning qo‘llanishi uchun xulqning boshqa ko‘rinishi emas, balki jinoyatni sodir etish asos sifatida xizmat qilishi kerak;
– jazo faqat jinoyatni sodir etganligi isbotlangan shaxsga nisbatan tayinlanishi (ya’ni, shaxsiy xususiyatdagi chora bo‘lishi) kerak;
– jazo mahkum shaxsning muayyan huquqlaridan mahrum etilishi yoki cheklanishi bilan ifodalanishi kerak;
– muayyan huquqlardan mahrum etish yoki cheklash hollari faqat jinoyat qonuni tomonidan nazarda tutilishi shart.
Jinoiy jazo birinchi navbatda chora sifatida, ya’ni muayyan miqdor va sifat belgilariga ega bo‘lgan ta’sir etish vositasi deb e’tirof etiladi.
Jazoning chora sifatidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |