V. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.
Jaxon xo‘jaligida valyuta munosabatlari xam o‘rin egallaydi. Chunki jaxon mikyosida yagona to‘lov vositasi bo‘lmasa, xo‘jalik aloqalarini yuritish mushkil ish bo‘lgan bular edi. Bu vazifani jaxon puli bajaradi. Pulni jaxon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashki savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, karzlar va subektlar okimi, fan-teznika ayirboshlash, turizm va x.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi.
Valyuta - bu mamlakatlar pul birligi (masalan: sum, dollar, funt sterling...). Xalqaro iqtisodiy aloqalarda milliy va chet el valyutasi farqlari xisobga olinadi. Xar bir milliy bozor uzining milliy valyuta tizimiga ega bo‘ladi.
Milliy valyuta tizimi - bu valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, maskur mamlakatda tashkil kilinish shaklini ifodalaydi.
Xalqaro valyuta tizimi — xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda xukukiy jixatdan mustaxkamlangan shaklidir. U kuyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:
-
milliy valyutalar;
-
oltin;
-
xalqaro valyuta birliklari: SDR, yevro.
-
valyuta numlarini belgilash va uni ushlab turish mexanizmi;
-
xalqaro to‘lovlarni baravarlashtirish tartibi;
-
valyutani qaytaruvchanligi;
-
xalqaro valyuta bozori va oltin bozoritartibi;
-
valyuta munosabatlarini tartibga soluchi davlatlararo muassasalar
tizimi.
Xozirgi davrda mamlakatlar o‘rtasidagi valyuta munosabatlari to‘lov vositasi jaxon puli asosida amalga oshiriladi. Shunday pul tarzida asosan AKSh dollari kabul kilingan. Milliy valyutalar kursi bir-biriga va AKSh dollariga kiyoslash ularning qiymat nisbati aniqlanganda valyuta munosabati paydo bo‘ladi.
Davlatlararo xisob kitob yagona valyuta yuritilishi uchun aniq belgilangai valyuta kursi talab qilinadi.
Valyuta kursi ozdir-kupdir barqaror bo‘lishi zarur. Shu boisdan xalqaro aloqalarda so‘zib yuruvchi (tebranuvchi) valyuta kursi ma'kul topilgan. Bu ma'lum chegara doirasidagina uzgarib turadigan valyuta kursi bo‘lib, uni me'yoriy deb atash mumkin.
Barcha valyutalar kursi AKSh dollari orqali belgilanadi. U yagona to‘lov vositasi bo‘lganidan xamma valyutalarning kursi dollarda ifodalanadi. Ularning o‘zaro kursi xam dollar orqali aniqlanadi.
Jaxon valyuta tizimi uzining rivojida 3 ta bosqichdan o‘tdi.
Birinchi bosqich, 1879-1934 yillar davrini uz ichigaolib, bunda oltin andoza sifatidagi pul tizimi ustunlikka ega bo‘lgan.
Ikkinchi jaxon urushi oxiri (1944-yil) dan 1971-yilgacha oltin devizm (Breton-Vudsk tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo‘lgan.
Bu ikki tizim kayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan.
Xozirgi davrda amal kilinuvchi valyuta tizimi 1971 -yilda tashkil tolpgan bo‘lib, bu tizim tizim boshqariladigan so‘zib yuruvchi valyuta tizimi nomini oladi.Chunki davlat kupincha uz valyutalarining xalqaro qiymatini uzgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Xozirgi vaqtda valyutalar erkin korvertirlanadigan, qisman kenvertirlanadigan, konvertirlanmaydigan valyutalarga ajratiladi.
Erkin konvertirlanadigan valyuta - bu amaldagi kurs bo‘yicha xar qanday boshqa xorijiy valyutaga erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valyutadir. Bunga - AKSh dollari, Kanada dollari, yevropa xamjamiyati mamlakatlarida yevro, Shvetsiya, Shvetsariya, Yaponiya milliy valyutalari kiradi.
Qisman konvertirlanadigan valyuta - bu milliy valyuta bo‘lib, fakat ba'zi bir xorijiy valyutalarga ayirboshlanadi. Shunda xam xalqaro to‘lov (vosita) oborotining barcha turlari bo‘yicha emas.
Konvertirlanmaydigan valyuta - bu vaqtincha fakatgina ichki to‘lovga xizmat qiladi va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydi.
Xozirgi vaqtda xalqaro xisob-kitoblarda milliy valyutalar bilan bbir katorda xalqaro yoki mamlakatlararo pul birliklari (yevro) tobora keng kullanilmokda. Ular banknot shakliga ega emas.
Banklarda xisob rakamlariga yozib kuyish orqali nakdsiz to‘lov uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |