2. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari.
Xalqaro mexnat taqsimoti xalqaro iqtisodiy munosabatlar, ya’ni turli mamlakatlar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarining negizini tashkil etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kuyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
Tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo
Kapital va chet el investitsiyalarining xarakati;
Ishchi kuchining migratsiyasi;
Ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
Fan vatexnika soxasidagi ayirboshlash;
Valyuta-kredit munosabatlari.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotik yetakchi o‘rinda turadi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda savdo-sotik jaxon bozori orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro mexnat taqsimoti rivojlanishi va mamlakatlar ixtisoslashuvining kuchayishi natijasida jaxon bozori tarkib topadi.
Jaxon bozori – xalqaro mexnat taqsimoti orqali bir-birlariga boglangan turli mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlaridir.
Jaxon bozori tovarlar, xizmatlar, moliya, ilmiy kashfiyotlar, mexnat bozorlaridan iborat.
Xalqaro mexnat taqsimoti qanchalik chukurlashsa, jaxon bozori shunchalik kengayadi, u yerda sotiladigan tovarlar va xizmatlar kupayadi, bozor ishtirokchilarining soni ortadi. Jaxon bozorining o‘ziga xos infratuzilmasi mavjud. (Xalqaro tovar birjalari, fond birjalari, banklar auksionlar, moliya-sugo‘rta, savdo-sanoat kompaniyalari, ishga yollovchi firmalar…)
Jaxon bozorida mamlakatlar obektiv va subektiv sabablarga kura ma’lum tovar va xizmatlarga ixtisoslashgan bo‘ladi va ular bir-biriga tovar yetkazib beradi. (Ixtisoslashuvning obektiv sabablarini mamlakatlarning geografik joylanishi, iklimi, yer osti va yer usti boyliklari tashkil etadi. Subektiv sabablarini esa mamlakatdagi fan va texnikaning rivojlanganligi va malakali kadrlar tashkil etadi.)
Jaxon bozori milliy iqtisodiyot rivojiga kuchli ta’sir etadi. Xozirgi davrda bir mamlakat doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining barcha turlarini ishlab chiqarish mumkin emas. Natijada rivojlangan mamlakatlar AKSh, Yaponiya va boshqa mamlakatlar o‘ziga kerak bo‘lgan tovarlarni jaxon bozoridan xarid qilishga majbur. (Masalan: AKSh kofe, kakao, ipak, nikel, tabiiy kauchuk, olmos kabi maxsulotlar importiga muxtoj.)
Jaxon bozorida mamlakatlar iqtisodiy mavkeiga qarab tabaqalanadi.Ular ikki guruxga:
a) tayyor maxsulot yetkazib beruvchi va
b) xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlarga ajraladi.
Rivojlangan mamlakatlar ko‘proq tayyor maxsulotlarni (yetkazib) eksport qilishsa, rivojlanayotgan va kolok mamlakatlar ko‘proq xom ashyoni eksport qiladilar.
Turli mamlakatlarning jaxon bozorida tutgan o‘rni, birinchidan, ularning iqtisodiy kuvvatiga, ikkinchidan, ulardagi ishlab chiqarishning chukur ixtisoslashuviga, ya’ni nakadar eksportbob bo‘lishiga bog‘liq.
Jaxon bozori orqali pul kapitali, ishchi kuchi va texnologiya mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Jaxon bozori milliy bozordan farq kilgan xolda ishlab chiqarishning mamlakatlararo ixtisoslashuviga va shunga kura ularning bir-biriga tovar yetkazib berish zarurligiga asoslanadi.
Kapitalning xalqaro xarakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va faoliyat qilishi. U chet elga kuyidagi shakllarda chiqariladi:
a) xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan xarakati kupincha mustakil shakl sifatida ajraladi;
b) pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nau-xau, xamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin.
v) qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
g) ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital kuyilmalar bo‘yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jixatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi bo‘lib, u uz ifodasini ishchi kuchi resurslarini ancha kulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga kuchib utishda topadi.
Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy va boshqa xususiyatdagi omillar xam takozo qiladi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni uz ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya.
Emig‘ratsiya bir mamlakatdan boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun chikib ketishni, immigratsiya – aynan olingan mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi.
Masalan: 2004-yil Rossiyada kushni mamlakatlardan 7 mln. Kishi kelib ishlagan. Migratsiya MDX mamlakatlarning o‘rtasida, ular bilan uzoq xorij mamlakatlari o‘rtasida yuz beradi. Bu jarayonda O‘zbekiston xam katnashadi. O‘zbekistondan chiqqan mexnat migratsiyalari ba’zi bir ma’lumotlarga kura 2002-yil 700 ming kishini tashkil etgan. 2004-yil Koreya Respublikasida O‘zbekistondan chiqqan yashirin migrantlar 5 ming nafar bo‘lgan (EKO №5 2004 yil 12-bet)
Ishchi kuchi migratsiyasi fakatgina yashash joyini uzgartirib, kuchib yurishni emas, shu bilan birga yashash joyini uzgartirmay biror mamlakatga borib ishlab kelish yo‘li bilan xam sodir bo‘lishi mumkin.
Jaxon xo‘jaligi munosabat tarzida uz obekti va subekti ega.
Xalqaro mikyosda resurslarning taqsimlanishi va samarali ishlatilishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, uning kooperatsiyasi, iqtisodiy integratsiya, savdo-sotik, ilmiy texnikaviy xamkorlik, koloklik va kashshoklikka chek kuyish, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyat yurgizish kabilar umumjaxon munosabatlarining obekti bo‘lsa, turli davlatlar, xalqaro va milliy firmalar, xalqaro tashkilotlar ularning subekti xisoblanadi.
Bosqich. Jaxon xo‘jaligi taraqqiyoti dastlabki bosqichda mamlakatlar ikki toifaga bulingan:
Kapitalistik monopol davlatlar.
Mustamlaka, yarim mustamlaka va karam mamlakatlar.
II-bosqich. 1920-yildan to 1990-yilgacha bo‘lgan bosqichda jaxon xo‘jaligi ikki karama karshi xo‘jalik tizimiga, ya’ni jaxon kapitalistik va sotsialistik xo‘jalik tizimlariga bulingan.
Ular o‘rtasidagi keskin iqtisodiy, goyaviy, siyosiy musobakada sotsialistik jaxon xo‘jaligi maglubiyatga uchradi.
III-bosqich. Jaxon xo‘jaligining xozirgi bosqichida bozor iqtisodiyotiga utish davrini boshidan kechirayotgan mustakil davlatlar jaxon xo‘jaligiga kirish uchun iqtisodiy isloxatlar utkazish orqali kupgina mamlakatlarga xos bo‘lgan bozor iqtisodiy tizimini shakllantirmokdalar.
Jaxon xo‘jaligi ma’lum bir qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Jaxon xo‘jaligi bozor qonuniyatlariga amal qiladi.
a)Jaxon xo‘jaligining uzi mexnat taqsimotining maxsulidir, lekin bu xo‘jalik mexnat taqsimotini yanada chukurlashtirib ishlab chiqarishdagi baynalminallikni kuchaytiradi. Bu esa ixtisoslashuv asosida xarajatlarni pasaytirish va maxsulotlar, xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.
b)Jaxon xo‘jaligida iqtisodiy aloqalar rivojlanib boradi va ularning shakllari uzgarib boradi, ishtirokchilar doirasi yangi mamlakatlar xisobidan kengayadi. Keyingi yillarda bu doiraga Markaziy Osiyoning yosh davlatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi xam kirib keldi.
v)Iqtisodiy aloqalarning chukurlashuvi xalqaro iqtisodiy integratsiyani yuzaga chiqaradi va integratsiya ularning eng oliy shakliga aylanadi. Mamlakatlararo, mintakalararo integratsion aloqalar pirovard natijada umumjaxon integratsiyasi bilan yakunlanadi.
g)Jaxon xkjaligining muxim qonuniyatlaridan biri, bu turli mamlakatlarning taraqqiyot darajasi jixatidan bir-biriga yaqinlashuvidir. Bu jarayon mamlakatlararo raqobat asosida bo‘ladi, kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti tarakkiy etgan mamlakatlarga aylanishi yuz beradi. (masalan: XIX asr oxirida Angliya sanoati rivojlangan mamlakat bo‘lsa, XX asrning 70-yillariga kelib AKSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Kanada va Italiya xam rivojlangan mamlakatlarni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |