3-Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Java dasturlash tilining komponentalarini o`rganish (JProgressBar, JCheckBox, JRadioButton, JTable)
Ishning maqsadi: JProgressBar, JCheckBox, JRadioButton, JTable komponentalari bilan tanishish va ulardan foydalanishni o`rganish.
JProgressBar komponentasi jarayonning qaysi bosqichda ketayotganligini tasvirlash uchun foydalaniladi. Masalan, fayllarni nusxalash, ilovalarni kompyuterga o`rnatish va shunga o`xshash jarayonlar. Gorizontal va vertikal ko`rinishi mavjud:
maximum-Eng katta qiymati;
minimum-Eng kichik qiymati;
orientation-joylashuv holati;
value-Joriy qiymati
Misol. progresBar komponentasi biror jarayonni tasvirlash.
Forma bittadan progresBar va button komponentasini joylashtiramiz. progresBar ni progresBar1, button ni button1 deb nomlaymiz.
Buttonga quyidagilarni kiritamiz:
for (int i=0; i<=100;i+=0.1){
progressBar1.setValue(i);
}
Button tugmasining to`liq dastur kodi:
JButton button1 = new JButton("Start");
button1.addMouseListener(new MouseAdapter() {
public void mousePressed(MouseEvent arg0){
for (int i=0; i<=100;i++){
progressBar1.setValue(i);
}
}
});
JCheckBox bayroqchali belgilash indikatori foydalanuvchiga qandaydir imkoniyatlarni yoqish yoki o`chirish imkoniyatini yaratadi. Sichqoncha bilan chertish orqali indikator holati o`zgaradi.
Selected mantiqiy xususiyat orqali indikator holati aniqlanadi. True bo`lsa bayroqcha bor, false bo`lsa bayroqcha yo`q.
Misol. CheckBox komponentasi yoqilgan yoki o`chirilganligini aniqlash. Forma oynasiga bittadan checkbox, button va label komponentalarini joylashtiramiz. Ularni CheckBox1, Button1 va Label1 den nomlaymiz (Variable).
Button1 tugmasiga quyidagilarni kiritamiz:
if (CheckBox1.isSelected()) Label1.setText("Indikator yongan");
else Label1.setText("Indikator o`chgan");
Button tugmasining to`liq kodi:
JButton button1 = new JButton("Start");
button1.setFont(new Font("Arial", Font.PLAIN, 12));
button1.addMouseListener(new MouseAdapter() {
public void mousePressed(MouseEvent arg0){
if (CheckBox1.isSelected()) Label1.setText("Indikator yongan");
else Label1.setText("Indikator o`chgan");
}
});
Misol. Bayroqchalarga mos ravishda kiritilgan sonning kvadrati, kubi va to`rtinchi darajasini hisoblovchi dastur tuzing.
Forma oynasiga uchta CheckBox va Label, hamda bitta Button tugmasi joylashtiramiz. Button tugmasiga quyidagilarni kiritamiz:
Label1.setText(""); Label2.setText(""); Label3.setText("");
int a=Integer.parseInt(editor1.getText());
if (CheckBox1.isSelected()) Label1.setText(Integer.toString(a*a));
if (CheckBox2.isSelected()) Label2.setText(Integer.toString(a*a*a));
if (CheckBox3.isSelected()) Label3.setText(Integer.toString(a*a*a*a));
Button tugmasining to`liq dastur kodi:
JButton button1 = new JButton("Start");
button1.setFont(new Font("Arial", Font.PLAIN, 12));
button1.addMouseListener(new MouseAdapter() {
public void mousePressed(MouseEvent arg0){
Label1.setText("");
Label2.setText("");
Label3.setText("");
int a=Integer.parseInt(editor1.getText());
if (CheckBox1.isSelected()) Label1.setText(Integer.toString(a*a));
if (CheckBox2.isSelected()) Label2.setText(Integer.toString(a*a*a));
if (CheckBox3.isSelected()) Label3.setText(Integer.toString(a*a*a*a));
}
});
JRadioButton komponentasi. Radio tugmalar o`zaro bog`langan indikatorlar to`plami bo`lib, foydalanuvchi ulardan faqat bittasini tanlashi mumkin bo`ladi.
Selected mantiqiy xususiyat orqali indikator holati aniqlanadi.
Misol. Uchta indikatordan qaysi biri tanlanganligini aniqlovchi dastur tuzing.
Forma oynasiga uchta RadioButton, bittadan Button va Label komponentalarini joylashtiramiz. Button tugmasiga quyidagilarni kiritamiz:
if (radioButton1.isSelected()) label.setText("1-variant tanlandi");
if (radioButton2.isSelected()) label.setText("2-variant tanlandi");
if (radioButton3.isSelected()) label.setText("3-variant tanlandi");
Button tugmasining to`liq dastur kodi:
JButton btnBajar = new JButton("Bajar");
btnBajar.addMouseListener(new MouseAdapter() {
public void mouseClicked(MouseEvent arg0) {
if (radioButton1.isSelected()) label.setText("1-variant tanlandi");
if (radioButton2.isSelected()) label.setText("2-variant tanlandi");
if (radioButton3.isSelected()) label.setText("3-variant tanlandi");
}
});
JTable forma oynasida jadval hosil qiladi. model xususiyati orqali ustun va satrlar yaratiladi:
Misol uchun uchta ustun va satrga ega jadval yaratamiz.
Jadvalga boshlang`ich qiymatlarni kiritish mumkin.
Column properties bo`limi orqali ustun xususiyatlari sozlanadi.
No.: - ustun indeksi;
Type - kiritiladigan element toifasi:
Title - ustun sarlavhasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |