MAVZU: JARQO'TON ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATI
REJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. JANUBIY O‘RTA OSIYODA ILK SHAHARLARNING PAYDO BO‘LISH XUSUSIYATLARI
1.1.O‘rta Osiyo hududida ilk shaharsozlik va davlatchilikning tashkil topishining o‘ziga xos xususiyatlari…………………………………………………………….6
1.2.Markaziy Osiyoda shaharsozlik madaniyati………………………………….15
II BOB. JARQO'TON ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATI
2.1.Surxondaryo vohasidagi Sopollitepa, Jarqo‘ton madaniyatlari………………18
2.2.O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar – Jarqo‘ton yodgorligi………...22
XULOSA…………………………………………………………………………26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………28
ILOVALAR………………………………………………………………………30
MAVZU: JARQO'TON ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATI
REJA:
KIRISH
I BOB. JANUBIY O‘RTA OSIYODA ILK SHAHARLARNING PAYDO BO‘LISH XUSUSIYATLARI
1.1.O‘rta Osiyo hududida ilk shaharsozlik va davlatchilikning tashkil topishining o‘ziga xos xususiyatlari
1.2.Markaziy Osiyoda shaharsozlik madaniyati
II BOB. JARQO'TON ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATI
2.1.Surxondaryo vohasidagi Sopollitepa, Jarqo‘ton madaniyatlari
2.2.O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar – Jarqo‘ton yodgorligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston hududida dastlabki shaharlar (Sopollitepa, Jarqo`ton) mil.av. 17-14- asrlarda Surxandaryo vohasida jez davrida paydo bo`lgan. Yozma manbalarda esa shahar haqidagi ma`lumotlar Avestoda uchraydi. Hozirgi ba`zi shaharlar (Qarshi – Yerqo`rg`on; Hazorasp –Xum-bustepa kabilar)ning shakllanishini tadqiqodchilar mil.av. 10-8-asrlar bilan bog`laydilar. Farg`onadagi eng qadimgi shaharlar (Ashqoltepa, Dalvarzintepa kabilar) ilk temir davriga oid Chist ma`daniyati (mil.av. 11-6-asrlar)ga mansubdir. Ahamoniylar davrida shahar qurish jadallashgan (Xorazmdagi Qal`alikdir, Ko`zliqir va b.). kushonlar davrida shaharsozlik nihoyatda ravnaq topgan (Xorazmshohlar poytahtida muntazam tarihli Tuproqqal`a, Zarafshon vodiysida Buxoro, Farg`ona vodiysida Mingtepa, doira tarhli Bilovur, Chirchiq vodiysida Shoshtepa).
Binkat (Toshkent) shahrining 8-12-asrlardagi tarihi: 1. Ark; 2. Shahriston; 3. Registon; 4. Ichki rabod; 5. Tashqi rabod.
O`rta asrlarda shaharlar buzilishi murakkab bo`lgan, ularning tarkibiga ark, bir necha shahriston, robod (shahriston atoflari) kirgan. Ularning har biri alohida qal`a devori bilan o`ralgan. Afrosiyob (Samarqand), Buxoro, Binkat (Toshkent) Movarounnahrning yirik shaharlaridan bo`dgan. Bunday shaharlarni va ular atrofidagi kichik shahar va qishloqlarni uzun devorlar muhofaza qilgan (Buxoro, Toshkent tevaragidagi “Kampir devor”lar, Samarqand tevaragidagi “Devori qiyomat” va b.).
Temuriylar davrida mo`g`ullar vayronagarchiliklarini bartaraf etish. Mamlakat obodonligini ta`minlashda katta shaharsozlik ishlari olib borilgan: Amir Temurning Samarqand va uning atrofi, Shahrisabzda, Banokat (Shoh-ruxiya), Shohruhning Mashhad, Marv va Hirotda amalga oshirgan ishlari. Ulug`bek tomonidan Samarqand regis-tonida 3 imorat qurilishi bilan bu maydon mujassamoti tugallikka erishgan (q. Registon ansambli). Shayboniylar davrida katta hajimlardagi (savdo-sotiq bilan bog`liq) qurilishlar shaharlar, ayniqsa, poytaxt Buxoroning tizmini mukammallashtirgan. Rivoyatlarga ko`ra, Abdullaxon II ham ming robod qurdirgan. Ko`p majmualarning shakillanishi aynan shu davrga to`g`ri keladi (Buxorodakgi Labihovz ansanbili, Poyi kalon, Ko`sh madrasa. Chor Bakr me`moriy majmuasi. Bahouddin majmuasi, Qarshidagi registon maydoni).
19-asrda Qo`qon xonlari tomonidan Sirdaryo bo`ylab bir necha shahar-qal`alar qurilib, kuchli mudofaa tizimi yaratildi, yangi ariqlar qazldi, Pishpak (Qirg`iston), Shaxrixon shahrlari poydo bo`ldi 19-asrning 2-yarimida qadimiy shaharlar (Toshkent. Samarqand) yonida yoki unga yaqin masofada (Marg`ilonda Yangi Marg`ilon, hzirgi Farg`ona shahri;)( Buxoroda Kogon kabi) “yangi shahar”lar quriladi.
2-jahon urushi yillari O`zbekistonga shimoliy hududlardan zavod. Fabrika va boshqa karxonalarning ko`chirilishi shaharlar sanoat mintaqalarining keskin kengayishiga olib keldi. Urushdan keyin, ayniqsa, 50-70-yillarda yangi shaharlar qurildi (Navoiy, Zarafshon va h.k.). yirik tarixiy shaxarlarni qayta qurish rejalari ishlab chiqildi.
Milodiy IV asr oxiridan boshlab Baqtriya o`lkasi tarixiy manbalarda Tahariston deb yuritila boshlagan. Tahariston o`z tarkibiga Surxandaryo viloyati, Janubiy Tojigiston va Shimoliy Afg`aniston yerlarini qamrab olgan bo`lib, hududiy jihatdan kushon davri Baqtriya o`lkasiga teng bo`lgan.
IX asrdan Shimoliy Tojigistonda shaharsozlik jadal taraqqiy etgan. Bu davrda o`lkada uch qisimli shaharlar to`liq shakllangan. Termiz Chag`oniyon kabi shaharlar tuzilishini o`rganishda yozma manbalar bilan bir qatorda bu shaharlar hududida keng ko`lamda amalga oshirilgan arxealogik tadqiqotlar natijalari ham juda muhimdir. Termizning 500 gektarlik shahart tusini olishi X asr oxirlarida sodir bo`lib, XI-XII asrlar davomida ravnaq topgan. Chag`aniyonning markaziy shahri Chag`aniyon (qizilsuvning Surxondaryoga quyilish joyidagi Budrach yodgorligi) 6 kvadrat kilometrga teng maydonni egallagan. Bu shahar o`zining yuksaklikka erishgan davriga, ya`ni X-XI asrning birinchi yarmida qizilsuvning har ikkala qirg`og`ini yegallagan.
IX asrdan boshlab shaharsozlikda pishirilgan g`ishtlar ommaviy ravishda ishlatilgan, uylar, saroylar, qabul zallari va masjidlarni bezashda murakkab islimiy va yirik naqishlar keng qo`llanilgan. Ushbu zal peshtoqidan joy olgan termizshohlar saroyini bezab turgan naqshni lavhalar o`zining betakrorligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |