II BOB. JARQO'TON ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATI
2.1.Surxondaryo vohasidagi Sopollitepa, Jarqo‘ton madaniyatlari
Axborotlar hajmini behad o‘sayotganligi uni uzatishning yangi kanallarini yaratishni talab qildi. Miflarning paydo bo‘lishi mavhum tushunchalar vujudga kelganligi haqida, insonning nutqi rivojlanayotganligi haqida guvoh beradi. Bunga bir misol – tasviriy san’atning rivojlanishidir: rasmlar bir qadar aniqlashib, soddalik va shartlilik kuchayib boradi. Tasvir ko‘proq ramziylik belgi xususiyatini kasb etib, buning yordamida axborot berish mumkin bo‘ladi. Topilgan petrogliflar (toshbitiklar) insonlar jamoasining hayot hodisalari haqida yetarli, mufassal hikoyalarni o‘zida saqlab kelgan. Bunday tasvirlarga misol qilib Surxandaryoning Zarao‘tsoy darasidagi qoyatosh rasmlarini ko‘rsatish mumkin. Bilimlarni saqlash va uzatishning yana bir vositasi jamoaning alohida a’zolari, boshqa kundalik ishlardan ozod qilinib, faqat ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va uzatish bilan shug‘ullangan. Bunday kishilar shamanlarga (sehrgarlarga) aylangan. Shamanlarni ko‘pi yoshi ulug‘, hayotiy bilim va tajribaga ega, tabiatni kuzatib o‘zlashtirgan, marosim va udumlarni biluvchi kishilar bo‘lgan. Masalan, Shimoliy Amerika hindularning adjibve qabilasi shamanlari o‘zi yashayotgan joyning ov qilish shartlarini, hayvonlarning o‘ziga xos fe’lini puxta o‘rganadi, ovdan qaytgan ovchilardan har doim surishtirib o‘z bilimini oshiradi. O‘zlashtirgan ma’lumotlari shamanga to‘g‘ri qaror chiqarish imkonini berib, shu tariqa u qabila va urug‘ a’zolari ichida obro‘ga ega bo‘lishiga va natijada sehrgarlik udumlarini bajaruvchi asosiy ijrochisiga aylanib qoladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida Neolit davri ancha oldin boshlangan. Bunga mil. av. VI ming yillikda Kopetdog‘ etagida vujudga kelgan Joytun madaniyati guvohlik beradi. O‘troq dehqonlar va chorvadorlarning bu madaniyati asosan, samonli loydan qurilgan uylardan iborat manzilgoh bo‘lib Eron va Mesopotamiya xalqlari madaniyati bilan yaqin aloqada shakllangan Joytunliklarning ma’naviy madaniyatini rivoji haqida katta umumiy ibodatxona devorlariga ishlangan rangtasvir dalil bo‘ladi. Mil. av. IV-III ming yillikda Xorazm xududida neolit davriga oid Kaltaminor madaniyati shakllandi.
Neolit inqilobi mohiyatiga ko‘ra arxaik madaniyatning oxiri hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatining yangi turi-dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish bilan inson tabiatda mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini namoyon qildi, bu insonning ijtiimoiy va ma’naviy g‘alabasi edi. Agar arxaik madaniyatda jamoat fikri yetakchilik qilib, urug‘ a’zosi, urug‘ manfaatlari doirasida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi individual ong va qiziqish kuchaya boshladi. Neolit davrining oxiri va jez asrida arxaik madaniyat barham topdi. Bu davrda jamoa mulki o‘rniga xususiy mulk vujudga kelib, hunarmandchilik ajralib chiqadi va mahsulot ayr boshlash shakllanadi. Ijtimoiy tuzum shakli murakkablashadi. Mustaqil xo‘jalik yuritishda muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurati, ko‘pincha jamoaning boshqa a’zolari yoki qabila oilalar bilan qarindoshlik aloqalarining bog‘lanmaganligi maxsus boshqaruv apparatini tuzishni talab qildi. Endi oqsoqollar va qabila yo’lboshchilari yig‘inining ahamiyati sezilarli oshdi, bu qabila yo’lboshchilariga sig‘inishni shakllantira boshladi. Yo’lboshchi qabilaning baxt-saodat sohibi, ajdodlar ruhi unga tuhfa qilgan mahsus fazilat «omad»egasi sifatida demokratiya belgilariga hurmat saqlaydi. Yo’lboshchilarga sig‘inishda yo’lboshchining jamoa hayotida tutgan muhim o‘rnini e’tirof qilish ifodasi turadi: -U nafaqat qabila xududini qo‘riqlashni tashkil qilib qolmay harbiy yurishga boshchilik qiladi ham, shuningdek, muhim jamoat ishlarini bajarish uchun xonadanlarni birlashtiradi va jalb qiladi (kanal qazish, muhofaza to‘sig‘lar o‘rnatish; yaylov, o‘rmon, daryolar kabi umum foydalanadigan mulklar uchun).10
Bilimning oshishi natijasida murakkab buyumlar yaratila boshlandi.qayiq va yelkanli kemalar, taqvim, hisob va o‘lchov tizimi vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi huquqning shakllanishiga olib keldi. Ayrimlari hozirgacha saqlanib kelayotgan an’analar va qadimgi folklor namunalari vujudga keladi (miflar, dostonlar, hikoyalar, marosim qo‘shiqlari), yozuvning ilk tizimi shakllanadi; piktografik (rasm-yozuv), belgi yoki hindularning tugunli yozuvlari. Monumental me’morchilik ham vujudga keldi. Ilk monumental inshoatlar katta tosh bo‘lak va tosh plitalardan qurilgan megalitlar hisoblanadi. Megalit inshoatlarning turlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, mengirlar baland toshdan iborat bo‘lib, balandligi 20 metrdan oshadi, ular alohida yoki xiyobonlarga qator qilib qurilgan. Dolmenlar (tosh maqbaralar) tosh plitalardan sag‘ana yoki maqbara (kulba) shaklda qurilgan. Kromlexlar esa atrofiga toshlar yotqizilgan inshoatlardir. Eng mashhur kromlex buyuk Britaniyadagi Stounxendj hisoblanadi. (mil. avv. II ming yillik boshlariga oid). Megalitlar sajdagoh va ibodatlar joyi sanalsada, aslida ular boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan. Megalitlar xalqlarni birlashtirib, jamoaning barcha kuchlarini jipslashtirishga, yangi ijtimoiy tuzum vujudga kelayotgan hollarda insonlarni umumlashtirish (sotsalizatsiya) maqsadlariga xizmat qildi. Negaki, davlat tuzilishi jarayonida turli ijtimoiy qatlamlarning bo‘linishi sodir bo‘ladi; boshqaruvchilar, ma’naviy madaniyat va bilim egalari kohinlar va oddiy bajaruvchilar.
O‘zbekiston xududida jez davri mil. avv. II ming yillik boshlarini o‘z ichiga oladi. Xuddi shu davrda ikki turdagi mustaqil madaniyat shakllanib aniq ajraladi: o‘troq dehqonchilik vohalaridagi madaniyat; ko‘chmanchi dashtliklar madaniyati. o‘troq dehqonchilik madaniyati dastlab Surxondaryo vohasidagi Sopollitepa, Jarqo‘ton madaniyatlari, Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi- Zamonbobo, Tozabog‘yob, Suyargan va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi.
O‘zbekiston janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham mashhur bo‘lgan ustalar, zargarlar va san’atkor – quruvchilar yaratgan madaniyat eng qadimgi madaniyatdir. Mil. avv. XVIII-X ming yillikka oid Sopollitepa va Jarqo‘ton manzilgohlarida qadimgi sharq turidagi ilk shaharnoma sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni kuzatiladi. Sopollitepa labirintnoma (qasr) to‘g‘ri burchakli ko‘cha tarmog‘i va istehkom tizimi bo‘lgan manzilgohlar majmuidan tashkil topgan. Jarko‘tonda ham monumental me’morchilik xom g‘ishtdan qurilgan. Markazda qal’a joylashgan, uylar xom g‘ishtdan baland ko‘tarib qurilgan. Har bir guzarda binoning o‘rtasida yumaloq o‘choq shaklida devor tokchasida olov mehrobdan iborat sig‘inadigan markazi bo‘lgan. Ikkala manzilgohda jez eritish, to‘qimachilik, kulolchilik, zargarlik; suyak, tosh, yog‘ochga ishlov berish gullab-yashnagan. Turli kulolchilik buyumlarini kulolchilik dastgohida pishirib sifatli tayyorlanganligi, shaklining chiroyliligi kulolchilik sohasining texnika va texnologiyasi yuqoriligidan dalolat beradi. Topilgan namunalardan ma’lum bo‘lishicha O‘zbekistonning Janubida yashovchi aholi qadimgi sharq, ayniqsa hind vodiysidagi Xarappa sivilizatsiyasi namunalari bilan keng hamkorlikda bo‘lgan. Buni Sopollitepa va Jarko‘ton shuningdek, O‘zbekistonning boshqa dehqonchilik madaniyatida ham uchratish mumkin.
Bronza davrida shakllangan «ko‘chmanchi chorvadorlar» madaniyati mil. avv. III ming yillik oxiri-II m. y. boshlariga oid bo‘lgan Buxoro vohasidagi Zamonbobo manzilgohida o‘rganilgan. Zamonbobo aholisi katta yarim yerto‘lalarda yashab, bronza va tosh qurollar ishlatishgan. Kulolchilik dastgohisiz qo‘lda ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan foydalangan. Jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo‘yi oqimidan, Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilgan. Ular chorvador qabilalar madaniyatining vujudga kelishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Chorvador qabilalar jez davrida o‘troq turmush tarziga o‘ta boshladi, qisman dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, keyinchalik ko‘chmanchi chorvadorlarga aylanishgan11.
Arxaik madaniyat o‘rniga qadimgi sivilizatsiya madaniyati o‘rnatildi: murakkab-ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan dastlabki davlatlar, diniy va qonunchilik shakllarining rivojlanishi, shahar va yozuvlar. Biroq arxaik madaniyat izsiz yo’qolmadi. Uning ayrim qirralari jahon xalqlari miflarida, folklarida, inson ruhiyatining chuqur «arxetiplari» da saqlangan. K. Yungning nazariyasiga ko‘ra arxetiplar- «ongsiz jamoaning» ruhiy tuzumidir. Ular zamondan tashqarida namoyon bo‘lib, shunga muvofiq tarzda qiyofalar, yashagan va yashovchi kishilarning tuyg‘usi va fikri shakllanadi, ramziy tasvirlarda, miflarda aks etgan jamoaga xos bo‘lgan tarixiy tajribada olamni anglashning ibtidoiy shakllari saqlangan. Kishilar ko‘pincha o‘zlari payqamagan holda u yoki bu an’analari bilan, ulardagi arxetipik ramzlardan ajralgan holda yashaydilar. Barcha zamonaviy madaniyatlar asosidagi bu chuqur negizni sezish va o‘rganish hozirda sodir bo‘layotgan jarayonlarni yaxshi tahlil qilishimizga, ma’lum ma’noda kelajakka nazar tashlashimizga yordam beradi.
qadimgi Sharq hududida mil. avv. X-VII ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyati rivojlanishining ibtidosi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim jarayonlar ro‘y beradi. Bu davrda Sharqda madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot, san’at, fan, birinchi jahon dini- buddizm paydo bo‘ladi. Bu boshlang‘ich jarayonsiz insoniyat madaniyatining keyingi barcha taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |