Mavzu: Janubiy Amerika materigining geologik tuzulishi, tektonikasi, relyefi. Reja: Kirish Asosiy qisim


Janubiy Amerika materigining faol seysmik zonalari



Download 100,02 Kb.
bet5/6
Sana23.05.2022
Hajmi100,02 Kb.
#607830
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ulug\'bek

4.Janubiy Amerika materigining faol seysmik zonalari.
Janubiy Amerika materigida tez-tez zilzila boʻlib, vulqonlar (Kotopaxi, Misti, Maypu) otilib turadi. And togʻlari bir-birlariga parallel boʻlgan va meridian parallel boʻylab choʻzilgan tizmalardan iborat. Shimolida Karib dengizi sohillari boʻylab ikki qator (balandligi 2765 m gacha), shimoli-gʻarbida 4 qator (balandligi 5800 m gacha) tizma joylashgan. Tizmalarni chuqur tektonik botiqlar va ichki yassi togʻliklar bir-biridan ajra-tib turadi. Ekvadorda ikki qator vul-kan togʻlari togʻ oraligʻidagi botiqlarni oʻrab turadi. Peruda balandligi 6768 m gacha boʻlgan togʻlar va 4200 m gacha koʻtarilgan platolarni daryolar chuqur oʻyib yuborgan. Markaziy And togʻlari tizmalarining oʻrtacha balandligi 4000 – 5000 m. Platolar keng va juda baland (4000 m chamasida). Bosh Kordi-lera togʻlaridagi Akonkagua togʻi (6960 m)– Gʻarbiy yarim shardagi eng baland choʻqqi. Kirgʻoq boʻyi tizmasi choʻzilgan, sharqda esa palaxsali togʻlar joylash-gan. Qor chizigʻi janubida 500 – 1500 m, markaziy qismida 6500 m, shimolida 4700 m balandligidan oʻtadi. Janubiy qismlarida katta muzliklar okeangacha tushib keladi. And togʻlaridan Amazonka va uning irmoklari Ori-noko va boshqa boshlanadi. And togʻlarining marka-ziy qismida Titikaka, Poopo balandtogʻ koʻllari bor. And togʻlari 6 xil iqlim zonasida joylashgan. Venesuela va Gʻarbiy Ekva-dorda tropik iqlim, qish quruq keladi, siyrak oʻrmonlar oʻsadi. Janubiga tushgan sari choʻl zonasi subtropik, moʻ’tadil choʻl va dasht landshaftlari bilan almashinadi. And togʻlari asosan alp burmalanishi davrida shakllangan (sharqiy qismida undan ham qadimgiroq jinslar mavjud). Togʻlarda 30dan ortiq qarakatdagi vulkan (Kotopa-xi, Osorno, Sangay va boshqalar) mavjud. And togʻlarida foydali kazilmalardan kam uchraydigan va rangli metallar, gʻamda neft, se-litra, oltingugurt, asbest, mis, qalay, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, vana-diy, surma, vismut, mishyak va boshqa konlar bor. And togʻlari shimoliy qismining shamolga roʻpara gʻarbiy yon bagʻri – togʻ qizil tuproqli yerlar barg toʻkuvchi oʻrmonlar bilan, janubga tomon laterit tuproqli yon bagʻirlar sernam ekvatorial va tropik oʻrmonlar hamda jigarrang tuproqli yerlar doim quruq subtropik oʻrmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Ichki baland platolar esa oʻtloq (paramos), quruq ba-land togʻ tropik choʻllar (xalqa) va choʻldan iborat. And togʻlari kartoshka, xin daraxti va boshqa foydali oʻsimliklar vatani. Hayvonot dunyosi xilma-xil: lama, koʻzoynakli ayiq, magellan iti, shinshilla, tulki, turli xil kemiruvchilar va qushlardan – kondor yashaydi. And togʻlarida Sahama (Boli-viya), La-nin (Argentina), Los- Paraguas (Chili) va boshqa milliy parklari bor. -rasm
Xulosa
Janubiy Amerika materigining geologik tuzulishi, tektonikasi, relyefi, foydali qazilma boyliklar boshqamateriklardan ancha farq qiladi va rang-barangligi bilan ajralib turadi. Materikning sharqiy katta qismi platformali geologik strukturadan, shimoliy va g‘arbiy chekka qismlari vertikal tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan geosinklinal qurilmalardan iborat. Platformaning shimoliy katta qismi eng qadimiy, arxey va proterazoy eralarining kristall jinslaridan tarkib topgan. Platformaning janubiy kichikroq qismi gersin bosqichida shakllangan. Shuning uchun Janubiy Amerika hududining aksariyat qismini poydevorini tashkil etuvchi yirik platforma shakllanish tarixiga va yoshiga kura ikkiga: arxey va proterozoy burmalangan zamindagi Gviana-Braziliya (Janubiy Amerika) platformasiga va gersin burmalanish davrida vujudga kelgan Patagoniya platformasiga bo‘linadi. Gviana-Braziliya platformasiga Patagoniya platformasiga nisbatan juda katta maydonni egallab olgan. Uning hududi turli davrlarda vujudga kelgan xilma-xil jinslardan tarkib topgan. Eng qadimiy kembriydan avval hosil bo‘lgan granit va gneyslar platformaning burmalangan va murakkab geologik strukturaga ega bo‘lgan zaminini tashkil etadi. Platformaning usti paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarida hosil bo‘lgan yoshroq jinslar bilan qoplangan. Bu jinslarning qalinligi qadimgi poydevor yuzasining relef tuzilishiga bog‘liq. Gviana-Braziliya platformasining botiq zaminida asosan sinklinal tektonik strukturalar va ko‘tarilib turgan zaminida antiklinal tektonik strulturalar-qalqonlar vujudga kelgan. Binobarin, sinklinal zonalarda akkumulyativ jarayon yetakchi o‘rin egallasa, antiklinal zonalarda denudatsiya jarayoni faol davom etadi. Shuning uchun botiqlarda cho‘kindi jinslarning qalinligi minglab metrlar bilan o‘lchansa, qalqonlarda va anteklizalarda o‘nlab va yuzlab metrlar bilan o‘lchanadi. Bu jinslar ko‘pchilik holatlarda gorizontal ravishda joylashgan bo‘lib, ular kam burmalangan. Gviana-Braziliya platformasi tarkibida asosan ikkita qalqon-Gviana va Braziliya qalqonlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan Amazoniya botig‘i orqali ajralib turadi. Geologlarning ilmiy faraziga ko‘ra Janubiy Amerika platformasining rivojlanish tarixi Afrika, Avstraliya, Antarktida va Janubiy Osiyo platformalarining rivojlanish tarixi bilan uzviy bog‘liq.

Download 100,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish