Jamoadagi moslik
- Jamoadagi moslik
- Shaxs boshqa kishilar bilan munosabatga kirishar ekan, u o`zining fe`l - atvori va xatti -harakatlarini boshqalarning xatti - harakatlari bilan uyg`unlashtirib olib borishi, ya`ni har bir shaxs jamoa a`zolari bilan sig`ishishi kerak. Buning uchun shaxs boshqa a`zolarni chug`ur o`rganishi lozim. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarni, ya`ni shaxslarning bir - birlariga yordam berishlarini, do`stlashishi, janjallashishi, yarashishlarini o`rganib chiqish kerak bo`ladi. Jamoadagi munosabatlarni o`rganish rahbarlik qilish imkoniyatini tug`diradi. Shaxs jamoada boshqalarga mos keladigan bo`lsa, uning xulq - atvori va harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug`diradi. . Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan bo`lsa, uning fe`l - atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan kishilar jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. Shaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar bo`lishi mumkin
Jamoa va guruhdagi moslik shaxslarning bir qator xususiyatlariga bog`liq. Bunday xususiyatlar jismoniy, ya`ni bo`yning balandligi, muskul kuchiga bog`liq. SHuningdek, idrok, diqqat, tafakkur, iroda xususiyatlariga ham bog`liq bo`ladi. Masalan, guruh a`zolaridan biriga yoqadigan musiqa boshqasiga yoqmasligi mumkin. Oilada er va xotinning xarakteri mos bo`lishi kerak.
- Jamoa va guruhdagi moslik shaxslarning bir qator xususiyatlariga bog`liq. Bunday xususiyatlar jismoniy, ya`ni bo`yning balandligi, muskul kuchiga bog`liq. SHuningdek, idrok, diqqat, tafakkur, iroda xususiyatlariga ham bog`liq bo`ladi. Masalan, guruh a`zolaridan biriga yoqadigan musiqa boshqasiga yoqmasligi mumkin. Oilada er va xotinning xarakteri mos bo`lishi kerak.
- Psixologik moslik deganda guruh a`zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining tafovut qilishi nazarda tutiladi. Bundan tashqari fanda psixofiziologiya va ijtimoiy psixologik moslik ham farqlanadi. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, ish ritmi va tezligidagi uyg`unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisidan ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, yo`nalishlar birligi nazarda tug`iladi. Birinchi xil moslik sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo`lsa, oliygoh o`qituvchilari, ijodiy kasb egalarida ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |