16.2.1-jadval
Iqtisodiy integratsiyaga kirishayotgan mamlakatlar quyidagi afzalliklarga ega bo'ladi:
- milliy bozorlarning birlashishi mamlakatlar ichki bozori hajmining kengayishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, umumiy yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishini rag‘batlantiradi;
- aholi xarid qobiliyatining o‘sishi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha daromadlaming ortishi va tovarlar narxining pasayishigaolib keladi;
- ishlab chiqarishning samaradorligi va raqobatbardoshligi ortadi;
- ishlab chiqarish ixtisoslashuv darajasining chuqurlashuvi natijasida yuzaga keladigan «miqyos samarasi»ning ortishi;
- a’zo mamlakatlaming raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishning nisbatan samarali tarkibini shakllantirish;
- bozorlami birlashtirish, ishlab chiqarish omillarining erkin harakatini ta ’minlash, mehnat unumdorligi va daromadlarni oshirish hisobiga investitsiya jozibadorligini oshirish;
- iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtirish.
Ushbu omillaming barchasi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, integratsiya mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro mehnat taqsimoti asosida barqaror iqtisodiy aloqalaming rivojlanishi va qayta ishlab chiqarishning milliy xo‘jalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir.
Jaxon xo‘jaligida iqtisodiy integratsiya - milliy bozorlar va mamlakatlar milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, xamjixat rivojalanishini ta'minlash, turli mamlakatlar doirasida resurslarning erkin xarakat qilishi, yagona umumiy bozor tashkil qilish maqsadlarida birlashuvidir. (Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu turli mamlakatlarning chukur, barqaror o‘zaro aloqalarinining rivojlanishi va milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mexnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashib borishi jarayonidir.)
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari kuyidagilar bo‘lib xisoblanadi:
Erkin savdo zonalari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida katnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Bu zonani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotik erkin bo‘ladi, boj puli bekor qilinadi, eksport uchun kvota (me'yor) urnatilmaydi. Bunga misol yevropa erkin savdo birlashmasi (uyushmasi) va MDX mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bula oladi.
Boj ittifoki. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo zonalarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashki savdo ta'riflari urnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashki savdo siyosati yuritishni takozo qiladi. (yevropa ittifoki boj idtifokiga misoldir).
To‘lov ittifoki. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashinuvi va xisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta'minlaydi. yevropa xamjamiyati, Janubiy-sharkiy Osiyo va MDX mamlakatlari uchun to‘lov ittifoki pirovard maqsaddir.
Umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning murakkab shakli bo‘lib, uning katnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashki savdo ta'rifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati xamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta'minlanadi. Masalan: Umumiy bozor yoki yevropa iqtisodiy ittifoki. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari import kvotalari (me'yorlar) bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablaglari va ishchi kuchining chegaradan erkin utishi ta'minlanadi, xamda umumiy muammolarni xal etishda yagona siyosat utkaziladi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoki. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli xisoblanadi.
Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chikilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat utkazish bilan birga uygunlashadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining obektiv xususiyatdagi bir kator omillar takozo qiladi:
Xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi;
Xalqaro mexnat taqsimotining chukurlashuvi;
Umumjaxon fan-texnika revolyusiyasi;
Milliy iqtisodiyot ochikligining kuchayishi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya. unda ishtirok etuvchi xar bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti o‘chun kulay sharoit xozirlaydi. Xozirda jaxon xo‘jaligiga globalizatsiya, ya'ni globallashuv xam xos.
Globalizatsiya — bu iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, xar bir mamlakat milliy xo‘jaligining jaxon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar ta'siriga berilishidir.
Globalizatsiya integratsiya jarayonida o‘zaro birlashmagan mamlakatlarda xam yuz beradi. Buning natijasida ish kuchi, kapital, investitsiya, yangi texnologiya va nixoyat yangicha iqtisodiy goyalarning dunyo bo‘yicha tezda tarkalishi, iqtisodiyot rivojlanib, farovonlikning oshishi, yer yuzida kambag‘allar sonining qisqarishi yuz beradi.
Globalizatsiya investitsiyalarni eng yuqori samara beradigan mamlakatlarga okib borishiga olib keladi. Natijada dunyodagi iqtisodiy usish tezlashadi, glbalizatsiya jaxon iqtisodiyoti uchun katta naf keltiradi (lekin kator muammolarni xam keltirib chiqaradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |