Psixoanalitik pedagogika
Televidenie, videofilm, tijorat do‘konlarida zulmni, behayolikni ifodalovchi harakatlar, suratlarni ko‘rish o‘zbek-o‘g‘il-qizlarida oila, mahalla, maktab hamkorligida shakllantirilayotgan hayo, odob, mehr-shafqatlilik kabi fazilatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi tabiiy jahonning Osiyo mintaqasida joylashgan (sobiq SSJI respublikalaridan tashqari) 28 mamlakatda tarbiyaviy islohotlar, yangiliklarni o‘rganib, umumlashtirgan avstriyalik Olim R.Maklin buni 90-yillarning umumosiyoviy muammosi ekanligini ta’kidladi. Chunki, “Chet el kitoblari va chet el televidenie va video dasturlari ularni tomosha qilayotgan xalqlarning qadriyatlari, madaniyati va an’analariga salbiy ta’sir qilib, ularning milliy taraqqiyoti sur’atiga xalaqit berishi mumkin. Bu esa maktab, oila, mahallada milliy tarbiya samaradorligini oshirish -tele, video, kinofilmlar, behayo sur’atlarning salbiy ta’siriga qarshi turishning eng qiyin, lekin eng samarali, ishonchli yo‘li ekanligini ko‘rsatadi.
80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, pedagogikaga “umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash” tushunchasi kirib keldi. Shuni qayd qilish kerakki, umuminsoniy qadriyatlarni tushunishda, talqin qilishda ziddiyatlar bor edi.
Xulosalar
jahon jamiyatchiligi maktablardagi tarbiyaviy ishlar inqirozidan tashvish chekmoqdalar1;
zamonaviy pedagogik nazariya va amaliyotdagi ojizlikning sababi birinchidan, o‘tmishning mumtoz pedagogik merosidan foydalanilmayotganligi;
ikkinchidan, ijtimoiy vaziyatlarning tez o‘zgarayotganligi tufayli yangi pedagogik nazariya yaratishning qiyinligidadir;
aksariyat tarbiyaviy konsepsiyalarda madaniyat, axloq, tarbiya, xalq, psixologiya va shaxsning milliyligi ilmiy-pedagogik e’tibordan chetda qoldirildi;
tarbiyaning milliylikka-tadrijiylik tamoyiliga tayanmaganligi tufayli tarbiya samardorligi tobora susaya bordi. Dunyo miqyosida shaxslar, shaxs va millat, shaxs va tabiat orasidagi begonalashuv esa hamon mavjud;
Milliy tarbiya konsepsiyasi o‘zidan oldin mavjud bo‘lgan konsepsiyalarni to‘ldirib, ularning eng yaxshi qirralaridan foydalanib, Mustaqil O‘zbekistonda milliy istiqloliy ahamiyatga ega. Buning uchun O‘zbekistonda ham ijtimoiy manba (xalq, millat manfaatlari), ham siyosiy manba (milliy davlat – O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li), mafkuraviy manba (milliy istiqlol mafkurasi) va huquqiy manba (O‘zbekiston Konstitutsiyasi) ma’naviy manba (Ma’naviy yangilanishning strategik dasturi) mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |