Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Qo‘shimcha  kapitalga  bo‘lgan  ehtiyojni  qondirishni  rejalashtirish



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/65
Sana01.07.2021
Hajmi0,84 Mb.
#106286
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yollari

Qo‘shimcha  kapitalga  bo‘lgan  ehtiyojni  qondirishni  rejalashtirish.  Tijorat 

banklari kapital miqdorini oshirishga qaratilgan amaliyotni faol olib borayotgan paytda, 

qo‘shimcha  kapitalga  bo‘lgan  ehtiyojni  qondirishning  uzoq  muddatli  rejalashtirilishi 

zarurati  yuzaga  keladi.  Banklarda  bunday  rejalashtirishning  ko‘plab  usullari 

qo‘llanilishiga qaramasdan, ularning ko‘pchiligi o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 

1  –  bosqich.  Bankning  umumiy  moliyaviy  rejasini  tuzish.  Bank  Kengashi  va 

boshqaruvi birinchi navbatda qanday turdagi bank ularga kerakligini aniqlashlari kerak. 

Buning  uchun  kelgusi  asosiy  savollarga  javob  berish  zarur:  bank  qanchalik  darajada 

yirik  bo‘lishi  kerak?  uzoq  muddatli  perspektivada  bankning  daromadliligi  qanday 

bo‘lishi kerak? 

Barcha  banklar  kapital  miqdorini  rejalashtirishni  kelgusida  ko‘rsatmoqchi  bo‘lgan 

xizmatlar  bilan  muvofiqlashtirishga  majburdirlar.  Bank  ko‘rsatmoqchi  bo‘lgan 

xizmatlarining  qaysi  biri  riskli  (ayniqsa  bankrotlik  va  daromadlilik  darajasining 

o‘zgarishi  riskiga  )  ekanligini  aniqlab  olishi  zarur.  Yangi  xizmatlarning  ba’zi  turlari 

risklarni  kamaytirib,  kapitalga  bo‘lgan  talabni  pasaytiradi,  boshqalari  esa  aksincha 

riskni  ko‘paytirib,  kapitalga  bo‘lgan  talabni  oshiradi.  Albatta,  bank  yangi  xizmatlarni 

taklif  qilishi  bilan  risklarni  kamaytirishi  va  kapitalga  bo‘lgan  talabni  pasaytirish 

jarayoni,  birinchi  navbatda  bankni  qanchalik  sifatli  boshqarishga  bog‘liq    ekanligini 

doimo inobatga olish zarurdir.  

Qo‘shimcha  kapitalni  jalb  qilishga  bo‘lgan  talabni  rejalashtirishning  birinchi 

bosqichi,  bank  operatsiyalari  va  bank  siyosatini  amalga  oshirish  protsedurasida  hech 

qanday o‘zgarishlar bo‘lmasligidan kelib chiqqan holda, taxminiy moliyaviy balanslarni 

ishlab chiqish va bo‘lishi mumkin bo‘lgan natijalar tahlilini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. 

Boshqaruvchilar  bank  faoliyatining  mumkin  bo‘lgan  (salbiy  yoki  ijobiy)  natijalariga 

tayyor  bo‘lishlari  kerak,  chunki  uzoq  muddatli  kapital  bank  mablag‘lari  manbalari 

o‘rtasida eng qimmati hisoblanadi.  

2 – bosqich. Bank o‘z maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan kapital miqdorini 

aniqlash.  Banklar  kapitalning  ikki  turdagi  chegaralovchilari  bilan  to‘qnash  kelishini 

bilishlari zarur, ulardan biri bank faoliyatini tartibga soluvchi organlar bo‘lsa, ikkinchisi 

–  kapital  bozoridagi  investorlardir.  Bozor  no‘qtai  nazaridan,  aksionerlik  kapitalining 

juda  katta  miqdori,  qarz  mablag‘larining  samaradorligi  va  ularni  kelgusi 

investitsiyalashning  daromadliligini  pasaytiradi.  Risk  darajasiga  nisbatan  kapitalning 

juda  kam  bo‘lishi  esa,  investorlarda  bankning  daromadliligi  barqaror  emas  degan  fikr 




o‘yg‘otadi.  Bu  holatda  bank  aktivlarining  kursi  tushadi,  omonatchilar  va  boshqa 

kreditorlar o‘z mablag‘lari uchun yuqori daromad to‘lashni talab qila boshlashadi. 



3 – bosqich.  Ichki manba – taqsimlanmagan foyda, hisobidan jalb qilinishi mumkin 

bo‘lgan  kapital  miqdorini  aniqlash.  Bank  joriy  foydaning  qancha  qismini  o‘z 

aksionerlariga  dividend  tariqasida  to‘lashini,  qancha  qismi  bank  ixtiyorida  kelgusi 

rivojlanishni  qo‘llash  uchun  taqsimlanmagan  holda  qolishi  kerakligini  aniqlab  olishi 

kerak.  Taqsimlanmagan  foyda  bankning  kapitalga  bo‘lgan  talabini  to‘liq  yoki  hech 

bo‘lmaganda 

bir 


qismini 

qondirishga 

yetarli 

bo‘lishi 

bank 

daromadini 



prognozlashtirishning asosida bo‘lishi zarur. 

4 – bosqich. Bank maqsadi va talabiga mos keluvchi kapital manbasini aniqlash va 

baholash.  Kapitalning  «yaxshi»  manbasini  tanlash  bir  necha  aspektlarni  o‘z  ichtga 

oladi: bozor sharoiti (garchi yangi aktivlar yoki qarz majburiyatlarining emissiyasi zarur 

bo‘lsa),  mavjud  aksionerlarning  huquqlari  va  manfaatlari  hamda  bankning  kelgusi 

daromadliligi  prognozlarining  ishonchliligi.  Bank  kapitaliga  mablag‘larni  jalb  qilish, 

bankning  moliyaviy  siyosatiga  qarab,  ichki  va  tashqi  manbalar  hisobiga  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Mazkur  ishni  xorijiy  bank  tajribasidan  kelib  chiqqan  holda 

quyidagicha ifodalash mumkin: 

1. Ichki manbalar: 

- taqsimlanmagan foydani oshirish; 

2. Tashqi manbalar: 

- oddiy aksiyalarni sotish; 

- imtiyozli aksiyalarni sotish; 

- uzoq muddatli qarz majburiyatlari; 

- aktivlarni sotish; 

- asosiy fondlarni sotish yoki uni bank tomonidan ijaraga olinishi. 


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish