Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Tijorat banki kapitalini hisoblash usuli



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/65
Sana01.07.2021
Hajmi0,84 Mb.
#106286
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Bog'liq
jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yollari

Tijorat banki kapitalini hisoblash usuli 

Mln. sum 


№ 

Ko‘rsatkichlar 

Kapital 

I - darajali kapital 



Asosiy  I  - 

daraja 


Qo‘shimc

ha II - daraja 

Jami 

kapital 


1. 

Oddiy aksiyalar 

570 

  

570 



2. 

Nokumulyativ 

muddatsiz aksiyalar 

198 


  

198 


3. 

Kapital (ortiqcha kismi) 

  



4. 

Taqsimlanmagan foyda 

31059 

  

31059 



5. 

Aksiya 


egalari 

kamchiligining  birlashgan 

korxonalar 

aksiyadorlik 

hisob varaqalaridagi ulushi 

  



  

II 


I  -  darajali  kapitaldan 

chegirmalar 

  

  

  



1. 

Nomaterial aktivlar 

  

  



III 

Sof I - darajali kapital 

  

  

31827 



IV 

II - darajali kapital 

  

  

  



1. 

Joriy yilning foydasi 

  

20463 


20463 

2. 


Mumkin 

bo‘lgan 


zararlarni  qoplash  uchun 

zaxira  (riskli  tijorat  aktiv 

1.25%) 

  

  



  

3. 


Kapitalning 

boshqa 


instrumentlari 

  

  



  

4. 


II - darajali kapitalning, 

I  -  darajali  kapitaldan 

ortgan kismi 

  

  



  

Umumiy 



kapital 

summasi 


chegirmalar 

olingunga kadar 

  

52290 


52290 

VI 


Umumiy 

kapital 


summasidan 

olinadigan 

chegirmalar 

  

  



  

1. 


Konsolidatsiyalashmaga

n korxonalarning kapitaliga 

investitsiya 

  

  



  

2. 


Bank 

kapitalining 

  

  

  




barcha 

investitsiya 

instrumentlari 

VII 


Riskka 

asoslangan 

kapitalning 

umumiy 


summasi 

  

  



52290 

VIII 


Riskni  hisobga  olgan 

holdagi  aktivlar  umumiy 

summasi 

  

  



832036 

IX 


Birinchi 

darajali 

kapitalning 

yetarlilik 

darajasi (III/VII) 

  

  



0.06 

Umumiy 



kapitalning 

yetarlilik darajasi (VII/VIII) 

  

  

0.062 



 

 

2.2.Bank kapitalining yetarliligiga qo’yilgan talablar. 



 

Kapitalning  halqaro  standartlari  to‘g‘risidagi  Bazel  kelishuvi.  1987  yilda 

AQSH  FRS  boshqaruvchilari  kengashi  va  11  rivojlangan  mamlakatlar  (Belgiya, 

Kanada, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya,  Niderlandiya, Shvesiya, Shveysariya, 

Buyuk  Britaniya  va  Lyuksemburg)  vakillari  bank  kapitalining  yangi    standartlari 

to‘g‘risidagi  dastlabki  kelishuvga  (ko‘p  hollarda  Bazel  kelishuvi  deb  nomlanadigan) 

kelinganligini  e’lon  qilishdi.  Rasman  1988  yilning  iyulidan  ma’qullangan  yangi 

standartlar:  yirik  banklarning  o‘z  kapital  pozitsiyasini  mustahkamlashga  qaratilgan 

harakatlarini  qo‘llash;  turli  mamlakatlarning  tartibga  solish  organlari  faoliyatidagi 

nomuvofiqliklarni  kamaytirish;  bank  faoliyatida  ishlatilishi  boshlangan  balansdan 

tashqari  majburiyatlar  bo‘yicha  risklar  hisobini  yuritish  kabi  masalalar  yechimiga 

qaratilgan  edi.  Bank  kapitaliga  qo‘yilgan  talablar  1992  yilning  31  dekabriga  qadar 

bosqichma – bosqich amaliyotga joriy qilishi ko‘zda tutilgandi. 

Yangi xalqaro kelishuvga ko‘ra bank kapitalining manbalari 2 klassga bo‘lindi: 

1  –  (asosiy)  kapital  klassi  o‘z  tarkibiga  oddiy  aksiyalar,  qo‘shimcha  kapital, 

taqsimlanmagan foyda, dividendlar yig‘ilishini ko‘zda tutmaydigan muddatsiz imtiyozli 

aksiyalar  shuningdek  nomoddiy  va  sezish  mumkin  bo‘lmagan  asosiy  kapital  ayirib 

tashlangan  holdagi  konsoditsiyalashgan  shu’ba  korxonalarning  nazorat  paketi 

bo‘lmagan aksiyalarini olgan. 

2 – (qo‘shimcha) kapital klassiga kreditlar va ijara bo‘yicha ehtimoliy  yo‘qotishlar 

zahirasi,  subordinatsiyalangan  qarz  instrumentlari  (jumladan  aksiyalar  bilan 

ta’minlangani) kiritildi. 

1992  yilning  31  dekabriga  qadar  qiritilishi  lozim  bo‘lgan  kapitalga  qo‘yilgan  va 

kelishilgan talablarga ko‘ra: 

1.  Asosiy  (birinchi)  klass  kapitalining  risklar  hisobga  olingan  holda  hisoblangan 

aktivlarga nisbati 4% dan kam bo‘lmagan miqdorda; 



2.  Jami  (birinchi  va  ikkinchi  klass  kapitali  yig‘indisi)  kapitalning  risklar  hisobga 

olingan  holda  hisoblangan  aktivlarga  nisbati  8%  dan  kam  bo‘lmagan  miqdorda 

o‘rnatildi. 

 Bank  kapitalining  yetarlilik  darajasi.  Bank  kapitali  ko‘zda  tutilmagan 

qiyinchiliklarning oldini olishda asosiy o‘rinni tutishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, unda 

muammoli  va  juda  muhim  bo‘lgan  bir  necha  savol  yuzaga  keladi:  birinchidan 

kapitalning mavjud darajasi yetarlimi, ikkinchidan kapitalning yetarlilik darajasi qanday 

miqdorda  bo‘lishi  kerak.  Aytish  lozimki,  bu  masalalarning  yechimi  topish  uchun 

dunyoning  eng  yetakchi  banklari  va  bankdan  tashqari  moliya  institutlari  bosh  qotirib 

kelishmoqda. Hozirgi  kunda  bu  masala  O‘zbekiston banklari uchun ham  dolzab bo‘lib 

turibdi.  Negaki  xorijiy  banklar  bilan  hamkorlikda  ishlarning  tashkil  etilishida,  kapital 

miqdori, uning yetarlilik darajasi va boshqa shunga uxshash masalalar birinchi o‘ringa 

chiqadi va albatta banklar tomonidan mavjud muammolar e’tibor bilan o‘rganilishi talab 

qilinadi. 

Bank  kapitali  bilan  bog‘liq  muammolarni  hal  etilishi  uchun  1988  yili 

Shveysariyaning Bazel shahrida dunyoning rivojlangan davlatlari vakillari uchrashdilar. 

Kelishuv  nafaqat  kelishuv  ishtirokchilar  uchun,  balki  boshqa  davlatlar  bank  tizimlari 

uchun  katta  ahamiyat  kasb  etdi.  Bu  uchrashuvda,  bank  faoliyatini  tartibga  solish 

bo‘yicha yagona qoidalar yaratish bo‘yicha qo‘yilgan birinchi qadam sifatida, kelishuv 

imzolandi.  Bank  faoliyatini  tartibga  solish  qoidalari  Bazeldagi  xalqaro  hisob  –  kitob 

banki  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Bazel  kelishuvi  qoidalarini  amaliyotga  joriy  etish 

bo‘yicha har bir mamlakat ma’lum erkinliklarga egadir, ya’ni o‘z ichki sharoitidan kelib 

chiqqan holda mazkur qoidalarni qo‘llaydi va  Markaziy banklar tijorat banklari uchun 

iqtisodiy normativlarni Bazel kelishuvi me’yorlari asosida belgilaydi.  

Bazel kelishuvining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat edi: 

1.  Tijorat  banklarining  Bosh  banki  bilan  xorijiy  mamlakatlaridagi  shu’ba 

bo‘linmalari foliyatinining huquqiy iqtisodiy asoslarini birxillashtirish; 

2.  Turli  davlatlardagi  bank  aktivlari  risklarlilik  darajasini  hisoblashning  yagona 

tartibi belgilash;  

3.  Risk  darajasini  hisobga  olgan  holda  bank  kapitalining  yetarlilik  darajasini  bir 

asosga keltirish. 

Tijorat  banklari  faoliyatini  baholash  mezonlarining  zamonaviy  tizimida  markaziy 

o‘rin - xususiy kapitalning yetarliligi ko‘rsatkichiga tegishlidir. 

Bank kapitalining yetarlilik darajasini tartibga solish rivojlangan mamlakatlarda  20 

asrning  70  yillaridayok  amalga oshirila boshlandi.  Birinchi  bo‘lib,1978  yili  AQSH  da 

bank  kapitalining  yetarlilik  darajasi  standartlari  qabul  qilindi.  Bu  standartlarga  ko‘ra, 

bank kapitalining jami aktivlarga bo‘lgan nisbati 9 % dan kam bo‘lmasligi belgilangan 

edi.  Keyinchalik  tijorat  banklarining  takliflariga  ko‘ra  1988  bu  koeffitsent  5  % 

miqdorda  o‘rnatildi,  lekin  1992  yildan  AQSH  banklari  xalqaro  talablarga  javob 

beradigan  me’yorga  mos  keladigan  darajada,  ya’ni  kapitalning  risk  darajasi  bo‘yicha 

hisoblangan aktivlarga nisbati 8 % qilib o‘rnatildi. 

Bazel  kelishuvi  asosida  kapitalning  yetarlilik  darajasiga  qo‘yilgan  talablar  nafaqat 

faoliyat  ko‘rsatayotgan  banklar  uchun,  balki  yangitdan  tashkil  etilayotgan  banklarga 

ham taalluqlidir. 




Hozirgi  kunda  kapitalning  yetarliligi  darajasini  nazorat  qilishning  quyidagi  (jahon 

bank amaliyotida keng qo‘llaniladigan)  ikki usuli mavjud: 

1. 1988 yili Bazel kelishuvi asosida taklif etilayotgan usul

2. AQSH FRS tomonidan taklif etilgan «CAMEL» reyting  tizimi. 

Bazel  kelishuviga  ko‘ra  kapitalning  yetarlilik  darajasiga  talablar  quyidagi 

ko‘rsatkichlar asosida ifodalanadi: 

1. 1 – darajali (asosiy) kapital va 2 darajali (qo‘shimcha) kapital o‘rtasidagi nisbat; 

2.  Bankning  asosiy  va  umumiy  kapitali  miqdorining  risk  darajasiga  ko‘ra 

hisoblangan  aktivlarga  bo‘lgan  nisbatini  belgilovchi,  kapitalning  yetarlilik 

koeffitsiyentlari. 

Birinchi  ko‘rsatkich  uchun  qo‘yilgan  talab  -  asosiy  va  qo‘shimcha  kapital 

o‘rtasidagi nisbat 1:1 doirasida bo‘lishi belgilangan, ya’ni  qo‘shimcha kapital summasi 

asosiy kapital summasidan oshib ketmasligi kerak. 

Ikkinchi  ko‘rsatkich  bo‘yicha  qo‘yilgan  talab  –  asosiy  kapital  summasi  risk 

darajasiga  ko‘ra  hisoblangan  aktivlar  summasiga  nisbatan  4%  dan  kam  bo‘lmasligi, 

umumiy kapital summasi esa 8% dan kam bo‘lmasligi kerak. 

Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  talablardan  kelib  chiqqan  holda  kapitalining  ikki 

qirrasini  ko‘rsatish  zarur.  Bular,  birinchidan  kaptalning  statik  qirrasi,  ikkinchidan 

kapitalning dinamik qirrasidir. 

Kapitalning statik qirrasini juda oddiy tushuntirsa bo‘ladi. Unga asosan, depozitlarni 

jalb  qiluvchi  va  kreditlovchi,  har  qanday  bank  5  mln.  EKYU  dan  kam  bo‘lmagan 

miqdordagi  ustav  kapitaliga  ega  bo‘lishi  zarur.  Mazkur  talabni  bajarmagan  bank  o‘z 

faoliyatini boshlashi mumkin emas. Amalda faoliyat ko‘rsatuvchi banklarga kapitalning 

yetmagan  qismini  to‘ldirish  uchun  ma’lum    vaqt  beriladi.  Bu  ko‘rsatma  (direktiva) 

Bazel kelishuviga a’zo davlatlar tomonidan 1993 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga 

kiritilgan.  

Kapitalning minimal darajasi bank tomonidan barcha majburiyatlarni to‘lagan holda 

olishi  mumkin  bo‘lgan  zarar  summasiga  teng  bo‘lishi  kerak.  Bu  mijozlar  tomonidan 

bankga ishonib topshirilgan mablag‘larning saqlanishi garovidir. 

Kapitalning  dinamik  qirrasini  tasniflash  birmuncha  og‘irroq.  U  Bazel  kelishuviga 

ko‘ra o‘rnatilgan normativlarga rioya qilinishi bilan bog‘liqdir. 

Bank  ishonchliligining  asosiy  ko‘rsatkichi  bo‘lib  «Kuk»  koeffitsenti  (bank 

kapitalining risk darajasiga ko‘ra hisoblangan aktivlarga nisbati) xizmat qiladi. 1988 yili 

Bazel kengashi tomonidan bank kapitalini hisoblash usuliga o‘zgartirishlar va aniqliklar 

kiritildi. Unga ko‘ra bankning asosiy kapitali tarkibiga: o‘tgan yillardan qolgan foyda, 

soliqlar to‘langandan so‘ng qolgan sof foydadan tashkil etilgan ochiq zahiralar kiritildi 

va  ularning  jami  summasi  umumiy  kapitalning  50%  dan  kam  bo‘lmasligi  belgilandi. 

Qo‘shimcha  kapital  esa,  e’lon  qilinmagan  yoki  yashirin  zahiralar,  qayta  baholash 

zahiralari  (formal  revalvatsiya  va  qimmatli  qog‘ozlarning  yashirin  qayta  baholanishi) 

umumiy  zahiralar  (qaytishi  dargumon  bo‘lgan  kreditlar  bo‘yicha  tashkil  etilgan 

zahiralar), qarz kapitaliga uxshash gibrid instrumentlar (kumulyativ muddatsiz imtiyozli 

aksiyalar,  aksiyaga  aylanish  huquqini  beruvchi  obligatsiyalar),  subordinar  qarzlardan 

iborat bo‘ldi. 

Bazel  kengashi  talablariga  binoan,  kapital  yetarliligi  hisob  –  kitobi  banklar 

moliyaviy  hisobotining  maxsus  shakllarida  ifoda  etilishi  ko‘zda  tutilgan.  Bank 



aktivlarining  risk  darajasi  kengash  talablariga  ko‘ra  0%,  20%,  50%,  100%  tortilgan 

aktivlarga bo‘lindi. 

CAMEL Reyting tizimi. 

Kelgusi masala sifatida, AQSH FRS tomonidan  taklif qilingan «CAMEL» reyting 

tizimini ko‘rib chiqamiz.   

 «CAMEL»    reyting  tizimi  bank  faoliyatini  tahlil  qilishda  Sheshunoff  Bank 

ekspertlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  ishlatiladigan  baholash  uslubiga  asoslanadi. 

Mazkur  tizim  hozirgi  paytda  nafaqat  AQSH  tijorat  banklari  tomonidan,  balki  Federal 

Rezerv  Sistemasi  va  depozitlarni  sug‘urtalash  Federal  Korporatsiyasi  tomonidan  ham 

ishlatiladi. 

«CAMEL»    reting  tizimining  xususiyatlari  shundan  iboratki,  unga  ko‘ra  bank 

faoliyatining barcha ko‘rsatkichlari qamrab olinadi va har biri bo‘yicha baho beriladi. 

Reyting  tuzishning  asosiy  prinsipi:  ko‘rsatkichlarning  qiymati  grafikda  absissa 

o‘qida,  bankning  bank  tizimida  egallagn  o‘rni  esa  no‘qta  ko‘rinishida  ordinata  o‘qida 

joylashtiriladi. Bu no‘qta foizlar ko‘rinishida bo‘lib, u protsentil deb ataladi. Protsentil 

tahlil  etilayotgan  bankning  boshqa  banklar  guruhiga  nisbatan  egallagan  o‘rnini 

ko‘rsatadi. AQSH da solishtiriladigan  guruhlar soni 25 tashkil etadi. Banklarni alohida 

guruhlarga ajratishning asosiy belgilari bo‘lib quyidagilar chiqadi: 

1. Bank ulchami (balans valyutasi, aktivlarning umumiy summasi) 

2. Bankning joylashishi (bank shaharda yoki qishloqda joyda), 

3. Shaxobchalarning mavjudligi yoki yo‘qligi. 

Baholashda ayrim olingan bankning o‘rni guruhlardagi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha 

qiymati bilan belgilanadi.   

«CAMEL» reyting tizimi tomonidan bank kapitalining yetarliligi, aktivlarning sifati, 

bank  boshqaruvining  samaradorligi,  daromadlilik  va  likvidlilik  ko‘rsatkichlari 

o‘rganiladi. 

Bank  kapitalilining  yetarliligi  (adekvatligi)  ni  tahlil  qilish  uchun  «CAMEL» 

tizimida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 

1. 1 – darajali (asosiy) kapital va 2 – darajali (qo‘shimcha) kapital o‘rtasidagi nisbat; 

2. Kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlari 

             

                  Asosiy kapital – nomoddiy asosiy kapital 

K 1  =  

                  Risk darajasi bo‘yicha hisoblangan aktivlar     

            

                 Jami kapital – nomoddiy asosiy kapital 

K 2  =  

                 Risk darajasi bo‘yicha hisoblangan aktivlar     

3.  Moliyaviy  richag  koeffitsiyenti  (bank  kapitalining  balans  aktivlarining  o‘rtacha 

qiymatiga nisbati) 

«CAMEL» reyting tizimi bo‘yicha bank kapitalining tarkibi quyidagicha: 

Bankning asosiy kapitali: 

1. Bankning oddiy aksiyalari; 

2.  Muddatsiz  imtiyozli  aksiyalar,  agar  ular  bo‘yicha  qaytarib  sotib  olish  vaqti 

o‘rnatilmagan  bo‘lsa,  aksiya  egasining  istagiga  qarab  sotib  olinmasa  va  bu  aksiyalar 



bo‘yicha  maxsus  zahira  yaratilmagan  bo‘lsa.  Imtiyozli  aksiyalarni  asosiy  kapitalga 

kiritilishining  yana  bir  sharti  shuki, ular  emitent  faoliyat  ko‘rsatishi davrida  zararlarni 

qoplash  uchun  ishlatilishi  mumkin  bo‘lishi  va  emitent  ular  bo‘yicha  dividendlarni 

to‘lashdan voz kechishi yoki kechiktirishi imkoniyati bo‘lishi kerak; 

3. Taqsimlanmagan foyda va zahiralar;   

4.  Konsolidatsiya  qilingan  shu’ba  korxonalarining  aksioner  kapitalidagi  ulushi. 

Kapitalning bu qismi filial va shu’ba korxonalarning faoliyatidan kelib chiqishi mumkin 

bo‘lgan zarani bemalol qoplay olishi kerak. 

Qo‘shimcha kapital esa quyidagi elementlardan iborat: 

1.  Risk  darajasiga  qarab  hisoblangan  aktivlarning  1,25  %  ga  teng  ulchamdagi 

kreditlar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash zahiralar; 

2.  Muddatsiz  imtiyozli  aksiyalar  va  ular  bo‘yicha  nominal  qiymatdan  sotish 

qiymatining oshgan qismi; 

3.  Subordinar  qarzlar  va  o‘rta  muddatli  imtiyozli  aksiyalar  (asosiy  kapitalning  50 

%dan oshmagan qismi), agar ularning to‘lash muddati 5 yildan kam bo‘lmasa. 

Bank  kapitali  reytingini  hisoblashga  ta’sir  etuvchi  faktorlar  jumlasiga  kapitalning 

ichki  generatsiyasi,  kapital  bozoriga  kirib  borish  imkoniyati,  depozitlar  va 

majburiyatlarning tarkibi kiradi. 

Bank  kapitalining  yetarlilik  darajasini  baholash  5  ballik  tizim  bo‘yicha  o‘lchanadi. 

Bank  olgan  ball  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  bank  shunchalik  «kuchsiz»  hisoblanadi. 

Olingan quyidagicha tasniflanadi: 

1 ball – kuchli; 

2 ball – qoniqarli; 

3 ball – o‘rtacha; 

4 ball – kritik; 

5 ball – qoniqarsiz.    

Bank kapitalini baholash quyidagilarga nisbatan aniqlanadi: 

1. 

Riskli aktivlarning hajmiga nisbatan

2. 

Kritik va qoniqarsiz aktivlarning hajmiga nisbatan; 

                              3. Kutilayotgan bank operatsiyalarining o‘sishi, rejalari va uning 

kelajagiga nisbatan; 

3. 

Bank aktivlarini boshqarish darajasiga nisbatan. 

Bank kapitali yetarliligini baholashda aktivlar sifati ko‘rsatkichi muhim o‘rin tutadi. 

Garchi bank operatsiyalari ko‘lami keng bo‘lsada, uning aktivlari sifatsiz bo‘lsa, bank 

kuchsiz deb hisoblanadi. 

Bank  kapitalizatsiya  darajasi  quyida  keltirilgan  shartlarga  nisbatan  yuqori  bo‘lsa, 

bank kapitali 1 ball (kuchli)  bilan baholanadi: 

 

Riskli aktivlarning hajmiga nisbatan



 

Kritik va qoniqarsiz aktivlarning hajmiga nisbatan; 

 

Kutilayotgan  bank  operatsiyalarining    o‘sishi,  rejalari  va  uning  kelajagiga 



nisbatan; 

 

1,2,3 punklarga nisbatan bankni boshqarish darajasi. 



Bank  kapitalizatsiya  darajasi  quyida  keltirilgan  shartlarga  nisbatan  qoniqarli 

hisoblanlansa, bank kapitali 2 ball (qoniqarli) bilan baholanadi: 




 

Riskli aktivlarning hajmiga nisbatan; 

 

Kritik va qoniqarsiz aktivlarning hajmiga nisbatan; 



 

Kutilayotgan  bank  operatsiyalarining    o‘sishi,  rejalari  va  uning  kelajagiga 

nisbatan; 

 

1,2,3 punklarga nisbatan bankni boshqarish darajasi. 



Garchi  bank  kapitali  yuqoridagi  punklarga  nisbatan  salbiy  tomonga  o‘zgarsa  va 

bank  boshqaruvi  bu  masalalar    yuzasidan  keskinlikni  hal  etish  qiyinchiliklarga  duch 

kelsa bank kapitali 3 ball (o‘rtacha) bilan baholanadi. 

Aktivlar  bo‘yicha  risk  darajasining  oshirishi  oqibatida  bankning  aksionerlik 

kapitaliga  zarar  yetkazilsa  yoki  yetkazilishi  yaqqol  ayon  bo‘lsa,  bank  kapitali  4  ball 

(kritik) bilan baholanadi. 

Bank  aktivlari  zarar  keltirganligi  bank  tomonidan  tan  olinishi,  kapitalni  5  ball 

(qoniqarsiz) deb baholanishiga olib keladi. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish