Mavzu: jaholatga qarshi ma’rifat



Download 281,41 Kb.
Sana10.03.2022
Hajmi281,41 Kb.
#487795
Bog'liq
18-19-MAVZU (1)

18-19-MAVZU: JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

1. Internet manbalari bilan ishlashni bilasizmi?

2. Inson ongida bo‘shliq qachon paydo bo‘ladi va shu holat yuz bermasligi uchun nimalar qilish kerak?

3. Turli ko‘rinishdagi mafkuraviy buzg‘unchi g‘oyalarga nimalar kiradi va ular qanday paydo bo‘ladi?

4. Inson ma’rifatli bo‘lishi uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?

5. Jaholat qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?

... Ma’rifatli xalq shijoatli bo‘lur. Shijoat qalbning matonatidan, ruhning salomatligidan iboratdir. Maorifdan, ilm-fan va madaniyatdan mahrum bo‘lgan xalq jaholat panjalarining orasida xamir kabi ezilgandek, fe’l-atvori zamirida ham o‘z nafsining yoqasini bo‘shata olmas... Zeroki, jaholat va qo‘rqinch faqirlik va muhtojlikdan ziyoda dahshatli bir musibatdir.

Abdulla Avloniy


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Mulohaza uchun

Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarida jaholat o’g’irlik misolida aks ettirilgan va uning oqibati qahramonning mulzamligida aksini topgan. Ayyub ismli shayx uning uyiga kelgan o’g’riga o’z qollari bilan eshikni ochib beradi. Ayyubning jaholatga marifat bilan javob berishi o’g’rini uyatdan shunday ahvolda qoldiradiki, mulzamlik ila shayxning oldida boshini ko’tarolmay qolad. Jaholat ilm bilan yengiladi. Kishi jaholatdan qutilish maqsadida ilm talab qilishi uchun albatta yosh bo‘lishi shart emas, balki qaysi yoshda bo‘lishidan qat'iy nazar, ilmli bo‘lishga harakat qilish kerak. Chunki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: “Kimning ajali ilm talab qilayotgan vaqtida yetib qolsa, Alloh taoloning huzurida u bilan payg‘ambarlar o‘rtasini faqat payg‘ambarlik darajasigina ajratib turadi” (Imom Tabaroniy rivoyati)

Jabroil alayhissalom olib kelgan ilk kalom Alaq surasining besh oyati ham ilm haqida bo’lgan: “U (Alloh) insonni laxta qondan yaratdi. O’qing! Rabbingiz esa karamli Zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o’rgatgan Zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o’rgatdi”. Ilk da’vatdayoq ushbu oyatlarning nozil nozil qilinishi mo’jizadir. Alloh Taolo minglab mavzular ichidan “o’qish” mavzusini tanladi, vaholanki, Payg’ambar o’qish, yzishni bilmaydigan “ummiy” edilar. Demak, dinu diyonatni, dunyoni anglash uchun o’qish kerak! Jaholat yechimi ma’rifat ekan, jamiyatlarning eng yaxshisi ilmli jamiyatdir. Ma’rifatli jamiyatda jinoyatlar kamayib, farovonchilik yuksak bo’ladi. Bu jamiyatning yuksalishi, gullab-yashnashi, qudratining asosiy omilidir.

1. “Bir odam johillik yo‘liga kirib, tezda uni anglab yetsa, uning mushkuli oson bo‘ladi” degan fikrni matnga bog‘lab tushuntirib bering. 2. To‘g‘ri yo‘ldagi insonni yo‘lidan adashtirish qiyin bo‘ladi, lekin egri yo‘ldagi insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlash osonmi yoki murakkab? Fikringizni asoslang. 3. Egri yo‘ldan to‘g‘ri yo‘lga o‘tishda matonat, iroda, qat’iyatning o‘rni qanday bo‘ladi?

2013-yilning aprel oyida Iroqda tashkil etilgan Iroq va Shom islom davlati (ISHID) tomonidan so‘nggi yillarda 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etildi. ISHID terrorchi tashkiloti uning g‘oyalarini ma’qullamagan ulamolarni qatl etishgacha bordi. Masalan, 2014-yilning 14-iyun kuni ISHIDchilar jinoiy ishlarini ma’qullamagan 12 nafar ulamoni Mosul shahridagi “Al-Isro” masjidi yonida namoyishkorona qatl etganlar.


Mulohaza uchun

Jumlani o’qing: Jumlani o’qib, “fitna” so’ziga munosabat bildiring. Fitna qotillikdan ham katta gunohdir. Baqara surasi, 217-oyat. Bundan tashqari, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish konstitutsiyada ham qonun bilan belgilanga. Bu kabi qonunbuzarliklar sodir etilgan holatda tegishli moddalarga ko’ra chora ko’riladi. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ’ib qiluvchi materiallarni targ’ib qilish maqsadida tayyorlash, saqlash, tarqatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qollanilgandan keyin sodir etilgan bo’lsa, - bazaviy hisoblash miqdorini 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3yilgacha axloqni tuzatish ishlari yoki 1yildan 3yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi. (Jinoyat kodeksi, 156-modda)

1. Jaholatga qarshi kurashish uchun ma’rifatdan boshqa yana qanday kuch bor? 2. “Jamiyatni halokat yoqasiga olib keluvchi eng o‘tkir qurol jaholatdir” degan fikrga qanday qaraysiz? 3. Jamiyatni har turli ko‘rinishdagi jaholatdan asrash uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? 4. Terrorchilikning jamiyatga tahdidi nimalarda namoyon bo‘ladi? 5. Davlatimiz qonunchiligida ekstremistik yoki terrorchilik harakatlarini sodir etganlik uchun qanday jazo choralari belgilangan?


Darsdan ijobiy xulosa chiqarib
Download 281,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish