2. Jadidchilarning ta‘lim berishni isloh qilish to’g’risidagi amaliy harakatlari va tarixiy ta`qdirlari to’g’risida.
Jadidchilik g’oyalarini chuqur ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq qilganlardan Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, A.Kodiriy, A.Avloniy, Munavva qori, F.Xujaev, Sufizoda, Isokjon Ibrat va boshqalar millatimiz kamolotini yuksaltirish, qadr-qimmatini yerga urishga yul quymaslik uchun katta ishlar qilganlar. Ma‘rifatchi jadidlar juda og’ir sharoitlarda g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatimiz ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to’yg’usini, kuchaytirish birinchi darajali vazifa, deb bildilar. Ular Xalqimiz bolalari uchun maktablar ochar, o’quv qo’llanma, darsliklar yozar va dars berar edilar. Bu yo’lda xatto o’z shaxsiy mablag’larini ham ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik bizning xozirgi sharoitimiz uchun ham hayotiy zarurdir.
Shunday qilib, jadidchilik harakatidagi ma‘naviyat, birinchidan ozodlik va Mustaqillikka urushlar bilan emas, balki axolining savodini chiqarish, ularning ma‘rifatini ko’tarish orqali erishilishini, ikkinchidan milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikni vujudga keltirish, siyosiy taraqqiyotga olib boruvchi omilligini; uchinchidan jadidchilar ma‘rifatparvarlik g’oyalarini faqat ilgari surish yo’li bilan cheklanib qolmasdan, o’zlarining mablag’lari hisobiga ham maktablar ochdilar, kitoblar chiqardilar. Ular og’ir moddiy qiyinchiliklar, g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Mana shu ishlari bilan jadidchilik harakati milliy ma‘naviyatimiz rivojiga buyuk xissa qushdilar.
Prezidentimiz I.Karimov «O’z kelajagimizni o’z qulimiz bilan ko’rmoqdamiz» asarida «Bugungi jamiyatimiz oldida turgan bu ulug’vor va murakkab vazifalarni xal qilish eng avvalo ta‘lim-tarbiya, ma‘rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilish kerak. Matbuot, televidenie orqali odamlarda ma‘rifatparvarlik g’oyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga xomiylik, saxovotpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish kerak». deb ta‘kidlab, fidoyi, saxiy, millatparvar, insonlarni shakllantirish vazifasini quyadi.
Qadimda ota-bobolarimiz savob talab bo’lganlar. Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyondasi va nazariy asoschilaridan biri Maxmudxuja Bexbudiy (1879-1919) bo’lib, u Samarkand shaxrida ruxoniy oilada tugilgan. Yoshligidan fanlarga qiziqib, arab, fors tillarini urganadi. Xajga boradi, Turkiya, Misr va Rossiyani, Peterburg, Minsk, Qozon kabi shaharlarini ko’radi. Bexbudiy Xalqimiz bolalariga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olishi uchun taraqqiy topgan chet mamlakatlarga o’qitish uchun yuborish lozimligini ta‘kidlaydi. U quyidagi uch qoidani olga suradi.
Zamon talablaridan kelib chiqib ish ko’rish;
Millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish;
Milliy biqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy munosabatlarda jaxon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish.
Bexbudiyning bu fikrlari hozirgi davrimizda I.Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash siyosatida hamoxang ko’rinadi. U maorif sohasida ishlaydigan kadrlar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan kadrlanishini aloxida uqtiradi. «Turkiston bolalarini ilmsiz quymangizlar. Hammaga ozodlik yo’lini kursatingizlar»,-deb uqtiradi. Bexbudiy erksevarlik, ma‘rifatparvarlik, millat ozodligi g’oyalarini tarqatgani uchun taklif kilinadi va Qarshi shaxrida uldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |