Mavzu: Jadidchilarning ma‘rifatparvarlik harakatlari va ularning xalq ma‘naviyatini yuksaltirishdagi o’rni Reja: Kirish


Jadidchilarning ta‘lim berishni isloh qilish to’g’risidagi amaliy harakatlari va tarixiy ta`qdirlari to’g’risida



Download 77 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2021
Hajmi77 Kb.
#69243
1   2   3   4
Bog'liq
Jadidchilarning-marifatparvarlik-harakatlari (1)

2. Jadidchilarning ta‘lim berishni isloh qilish to’g’risidagi amaliy harakatlari va tarixiy ta`qdirlari to’g’risida.

Jadidchilik g’oyalarini chuqur ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq qilganlardan Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, A.Kodiriy, A.Avloniy, Munavva qori, F.Xujaev, Sufizoda, Isokjon Ibrat va boshqalar millatimiz kamolotini yuksaltirish, qadr-qimmatini yerga urishga yul quymaslik uchun katta ishlar qilganlar. Ma‘rifatchi jadidlar juda og’ir sharoitlarda g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatimiz ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to’yg’usini, kuchaytirish birinchi darajali vazifa, deb bildilar. Ular Xalqimiz bolalari uchun maktablar ochar, o’quv qo’llanma, darsliklar yozar va dars berar edilar. Bu yo’lda xatto o’z shaxsiy mablag’larini ham ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik bizning xozirgi sharoitimiz uchun ham hayotiy zarurdir.

Shunday qilib, jadidchilik harakatidagi ma‘naviyat, birinchidan ozodlik va Mustaqillikka urushlar bilan emas, balki axolining savodini chiqarish, ularning ma‘rifatini ko’tarish orqali erishilishini, ikkinchidan milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikni vujudga keltirish, siyosiy taraqqiyotga olib boruvchi omilligini; uchinchidan jadidchilar ma‘rifatparvarlik g’oyalarini faqat ilgari surish yo’li bilan cheklanib qolmasdan, o’zlarining mablag’lari hisobiga ham maktablar ochdilar, kitoblar chiqardilar. Ular og’ir moddiy qiyinchiliklar, g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Mana shu ishlari bilan jadidchilik harakati milliy ma‘naviyatimiz rivojiga buyuk xissa qushdilar.

Prezidentimiz I.Karimov «O’z kelajagimizni o’z qulimiz bilan ko’rmoqdamiz» asarida «Bugungi jamiyatimiz oldida turgan bu ulug’vor va murakkab vazifalarni xal qilish eng avvalo ta‘lim-tarbiya, ma‘rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilish kerak. Matbuot, televidenie orqali odamlarda ma‘rifatparvarlik g’oyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga xomiylik, saxovotpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish kerak». deb ta‘kidlab, fidoyi, saxiy, millatparvar, insonlarni shakllantirish vazifasini quyadi.

Qadimda ota-bobolarimiz savob talab bo’lganlar. Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyondasi va nazariy asoschilaridan biri Maxmudxuja Bexbudiy (1879-1919) bo’lib, u Samarkand shaxrida ruxoniy oilada tugilgan. Yoshligidan fanlarga qiziqib, arab, fors tillarini urganadi. Xajga boradi, Turkiya, Misr va Rossiyani, Peterburg, Minsk, Qozon kabi shaharlarini ko’radi. Bexbudiy Xalqimiz bolalariga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olishi uchun taraqqiy topgan chet mamlakatlarga o’qitish uchun yuborish lozimligini ta‘kidlaydi. U quyidagi uch qoidani olga suradi.

Zamon talablaridan kelib chiqib ish ko’rish;

Millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish;

Milliy biqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy munosabatlarda jaxon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish.

Bexbudiyning bu fikrlari hozirgi davrimizda I.Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash siyosatida hamoxang ko’rinadi. U maorif sohasida ishlaydigan kadrlar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan kadrlanishini aloxida uqtiradi. «Turkiston bolalarini ilmsiz quymangizlar. Hammaga ozodlik yo’lini kursatingizlar»,-deb uqtiradi. Bexbudiy erksevarlik, ma‘rifatparvarlik, millat ozodligi g’oyalarini tarqatgani uchun taklif kilinadi va Qarshi shaxrida uldiriladi.

Jadidchilikning ko’zga kuringan namoyondasidan biri Munavvar Qori Abdurashid ug’li (1878-1931) Toshkentda tug’ilib, u ham Vatan ravnaqi, millat rivoji asosida yoshlarni ma‘rifatga chorlaydi. O’zi Toshkentda yangi maktab ochib, bolalarni o’qitadi. «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Yer yo’zi» kabi bir qator darsliklar yozadi. Uning fikricha, ta‘lim-tarbiyani isloh qilmay, Xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko’tarmay turib, jamiyat taraqqiyotida katta o’zgarish qilish amri-maxol. Mana shunday millatimiz rivoji yo’lidagi g’oyalari uchun sobiq shurolar hukumati uni ham qatag’on qilib, 1931 yilda otib tashlaydi.

Milliy uyg’onish g’oyalarini ilgari surganlardan biri Abdulla Avloniy bo’lib, millatimiz ma‘naviy inqirozini tanqid qiladi va fan yutuqlarini egallashga chaqiradi. «Ilm insonlarning madori, hayoti, raxbari, najotidir» degan g’oyasi bilan Xalqni ilm, ma‘naviyat, ma‘rifatga chorlaydi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» nomli kitobida ilm-fan, ma‘rifat, ma‘naviyatning inson hayotida tutgan o’rniga katta baxo beradi. Bu esa bugungi o’zligimizni bilayotgan bir sharoitda ham ahamiyat kasb etadi. Avloniy millatimiz bolalarini ma‘rifatga chorlab quyidagilarni yozadi. «Ilm inson uchun goyat oliy va muqaddas fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko’rsatur. Zexnimizni, fikrimizni qilich kabi utkir qilur, savobni gunoxdan, halolni haromdan, tozani murdordan ajratib berur. To’g’ri yulga raxnamolik qilib, dunyo va ohiratda mas‘ul bo’lishimizga sabab bulur. Bizlarni ilm jaxolat qorong’uligidan qutqarur. Madaniyatli, ma‘rifatli dunyosiga chiqarur. Allox Taologa muxabbat va e’tiqodimizni orttirur».

Umuman, jadidlar o’zlarining ma‘rifiy-ma‘naviy, millatparvarlik g’oyalari uchun ularning hayoti Chor xukumati va shurolar davrida nixoyatda fojeiy buldi. «Millatchi», «Panturkist» kabi tamg’alar bosib, katag’on qilindi, otib tashlandi. Jadidchilarga nisbatan bunday vaxshiyona choralar asosida ularning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jaxon miqyosida tanilishini yana bir asr orqaga surgan edi. Jadidizm g’oyalarini o’rganish ham ta‘qib qilingan edi.




Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish