Mavzu: J. B. LAMARKNING EVOLYUTSION TA’LIMOTI
Reja:
1. Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari
2. Lamark ta’limotida tabiiy sistema va tur masalasi
3. Organik olamning gradatsiyasi
4. Tashqi muhitning shakllantiruvchi roli haqida.
Tayanch so’z va iboralar: Biologiya, evolyutsiya, umurtqasizlar, umurtqalilar, deizm, gradatsiya, tashqi muxitning shakllantiruvchi roli, tur, plopulyatsiya, tabiiy sistema, geneologik, individ, sinfnf.turkum,oila, tip, pog’ona
Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari. Lamark o’z falsafiy qarashlari bilan XVIII asrda Frantsiyada tarqalgan deizm oqimiga mansub edi. Deistlar, bir tomondan, tabiatdagi barcha hodisalar tabiiy qonunlar asosida sodir bo’ladi desalar, ikkinchi tomondan, xudoni olamning dastlabki sababchisi sifatida tan oladilar. Ularning qayd etishicha, xudo olamni yaratgandan keyin, tabiat ishlariga aralashmaydi, tabiat yaratuvchining oldindan belgilab berilgan tabiiy qonunlari asosida rivojlanadi va o’zgaradi. Uning fikriga ko’ra, barcha borliq asosida materiya va tabiat yotadi, materiya haddan tashqari mayda zarrachalar — atomlardan tashkil topgan passiv, harakatdan mahrum. Lamarkning umumiy biologik qarashlariga ko’ra, tirik mavjudotlar anorganik jismlardan bir qancha sifat belgilari bilan tubdan farq qiladi. Tiriklikning xilma-xil vakillari, hatto, eng oddiylari ham bir-biridan farq qiladigan qismlardan, aksincha, anorganik jismlar esa bir xil massadan ham, har xil massadan ham tashkil topgan bo’lishi mumkin, lekin muayyan shaklga ega emas, tirik jismlar esa ma’lum shaklga ega bo’ladi. Tashqi sharoit organik va anorganik tabiatga turlicha ta’sir ko’rsatadi: anorganik tabiatni yemiradi, organik formalarni esa quvvatlab, ularning tuzilishini saqlaydi. Anorganik massaning kattalashuvi, o’sishi uning tashqi yuzasiga yangi qismlar qo’shilishi hisobiga bo’lsa, organizmning kattalashuvi esa moddalarning o’zlashtirilishi va organizm tarkibiga kirishi tufayli ro’y beradi. Anorganik tabiat oziqlanishga muhtoj emas, organizmlarning yashashi uchun esa oziq bo’lishi shart. Embrionning rivojlanishi, nobud bo’lishi tirik tabiatga xos, o’lik tabiatda esa bunday hodisalar uchramaydi. Binobarin, o’lik tabiat bilan tirik tabiat o’rtasida keskin farq bor. Lamark fikricha, dastlabki sodda tirik formalar o’lik tabiatdan o’z-o’zidan paydo bo’lish tufayli vujudga kelgan.
Xulosa qilib aytganda, Lamark insoniyat tarixida birinchi bo’lib organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi masalani atroflicha o’rganib, uni ko’p jihatdan hal etgan olimdir. Uning ta’limotida evolyutsion nazariyaga bog’liq ko’p masalalar qamrab olingan. Turlarning realligi, o’zgaruvchanligi, organizmlarga tashqi muhitning ta’siri, evolyutsiya jarayonida organizm ichki xossalarining ahamiyati, evolyutsiya jarayonining yo’nalishlari va evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar, irsiyat va o’zgaruvchanlikning organizmlar tarixiy rivojlanishidagi roli kabilar «Zoologiya falsafasi» va keyingi asarlarida asosiy masala bo’lgan. Bu masalalar ko’pincha to’g’ri hal qilinmagan bo’lsada, lekin ular naqadar ko’pligining o’zi Lamark nihoyatda zo’r qobiliyatli tabiatshunos va nazariyachi bo’lganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |