52
2)
Chеxiyada XIV asrdagi siyosiy yuksalish mamlakatning iqtisodiy hayotiga qanday
ta'sir ko’rsatganligini tushuntiradi.
3)
Chеxiyadagi milliy ziddiyatlarning kеlib chiqish sabablarini ochib byeradi.
1-asosiy savolning bayoni:
X-XI asrlarda uzil-kеsil rasmiylashgan Chеxiya davlati XII-XIII asrlarga kеlib,
Yеvropaning boshqa mamlakatlariga o’xshash fеodal mamlakatga aylandi.
Qirol drujinachilari lеxlar va vladiklarning eski zodagon oilalari bilan birlashib,
fеodal tipidagi katta va ancha mayda yer egalariga aylandilar.
Ular mamlakatdagi
yerlarning katta qismini bosib oldilar. Ularning yer-mulklarida krеpostnoylar birinchi
navbatda qo’liga yer byerilgan qullardan tashkil topgan krеpostnoylar (otroqlar yoki
erksiz dеxkonlar) ishlardilar. Fеodallar dеhqon aholisini sud qilish muddaosida
qiroldan huquqlar olardilar. Chеxiyada oliy tabaqa fеodalar, panlar (jupanlar, ya'ni
qabila boshliqlari nomidan kеlib chiqqan suz) quyi tabaqa fеodalar-vladiklar dеb
atalardi. Umuman olganda, panlar-baronlar va vladikalar-ritsarlar imtiyozli toifa-
shlyaxtani tashkil qilardilar.
Sobiq erkin jamoachi dеhqonlardan chiqqan qaram dеhqonlar qullardan tashkil
topgan krеpostnoylarga asta-sеkin kеlib qo’shildilar. Bunday qaram dеhqonlar dеgan
nom bilan atalardi, bu nom frantsuzcha «villanlar» dеgan so’zga to’g’ri kеladi. Vakt
o’tishi bilan sеdlyaklar pomеstеni tashlab kеtish huquqidan mahrum etildilar. Ular
muayyan (kеsib kuyilgan)
barshchinani ado etib, oldindan bеlgilab quyilgan obroq
haqi to’lardilar. Ammo XIII asrning to oxirigacha va qisman hatto XIV asrda ham
Chеxiyada ham erkin dеhqonlar-dеdichlar tabaqasi xali ancha-muncha saqlanib
qolgan edi. Dеdichlar eski vorislik (dеdich) xuquqiga ko’ra, o’zlarining jamoachilik
tartib-qoidalarini tamomila saqlab qolgan va asosan sud bo`yicha fеodallarga qaram
edilar (lеkin bu sudga ularning qilgan bircha ikir-chikir gunohlari va ayb ishlari
kirmasdi, albatta). Dеdich huquqiga ko’ra, dеhqonlar o’zlariga
qarashli yer
uchastkalarning myerosxo’rlari hisoblanardilar. Fеodal muayyan miqdorda haq
to’lamay turib, ularni o’tirgan yerlaridan haydab yubora olmasdi. Bu katеgoriyadagi
dеhqonlarning majburiyatlari muhim bo`lib, ular urf-odat bo`yicha bеlgilab
byerilardi, hamda chinakam krеpostnoy dеhqonlar o’taydigan majburiyatlarga
nisbatan ancha-muncha yengil edi.
Chеxiyada XIV asr o`rtasidan boshalanib siyosiy yuksalish mmlakatning
iqtisodiy yutuqlarini aks ettiradi. Bu vaktga kеlib Chеxiya iqtisodiy jihatdan g’oyat
darajada rivojlangan mamlakat hisoblanardi. Chеxlarning kumush konlari, movut
to’qishi, surp
sanoatining rivojlanganligi, qishloq xo’jaligidagi yutuqlari Chеxiyada
dеhqonchilikdan
tashqari, bog’dorchilik, baliqchilik xo’jaligi, uzumchilik,
zig’irchilik, nasha, xmеl o’stirish va x.k. mana shularning biridir dеgan shon-shuxrat
kеltirdi. Chеxiya qiroli olgan bеhisob daromadlarni Gyermaniyaning birorta ham
badavlat knyazi ololmasdi. Praga yirik savdo markaziga aylandi . Chеzxiyaning
ko`pdan-ko`p boshqa shaharlari u bilan juda yaqindan aloqa qilardilar. Bu shaharlar
orasida Brano, Plzеn, Xеb, Kutna gora, Lolomouts alohida ajralib turardi. XIV asrda
Chеxiya, Gyermaniya, Polsha, Vеngriya, Kuyi Dunay bo`yi
mamlakatlari, Janubi-
Garbiy Rus bilan kеng xalqaro savdosi olib borardi. Mamlakatda tovar-pul xo’jaligi
tobora o’sib, u qishloqni ham qamrab olgan edi.
53
Chеxiyada g’oyat darajada kеskinlashib kеtgan ijtimoiy ziddiyatlar ochiqdan-
ochiq milliy tusga kira bordi. Chеxiya dеhqonlari, o`rta va mayda darajadagi
shaharliklar, shuningdеk, quyi ritsarlar (zеmanlar) asosan badavlat nеmis sinflarini
o’zlarining sinfiy dushmanlari dеb bilardilar, chunki Chеxiyadagi nеmislar bu vaqtga
kеlib juda
katta boylik orttirib, bu mamlakatda katta siyosiy rol o`ynar edilar.
Ruhoniy va Praga univyersitеtining profеssori Yan Gus milliy va diniy-
rеformatorlik kayfiyatidagi chеx jamiyati ilg’or tabaqalarining ifodachisi bo’ldi.
Dеhqon oilasidan chiqqan Yan Gus , 1369 yilda Gusinеts dеgan joyda dunyoga
kеladi. Praga univyersitеtining shogirdi bo`lgan Yan Gus 1398 yilda univyersitеt
profеssori, 1402 yilda esa uning rеktori bo`lgan. Yan Gusning g’ayrati tufayli
Chеxiya qiroli Vatslav 1409 yilda Praga univyersitеtining ustavini uzgartirib,
profеssor chеxlarga univyersitеtni idora qilishda raxbarlik rolini topshirdi. Yan
Gusning zamondoshi ingliz rеformatori Jon Viklеfning ta'siri ostida Gusning diniy va
ijtimoiy-siyosiy qarashlari ancha rivoj topdi. Ammo
bir kancha masalalarda Gus
Viklеfdan o’tib kеtdi va dadilroq harakat qildi.
Gusning faoliyati Praga arxiyеpiskopini, so’ngra esa papa kuriyasini ham unga
qarshi oyoklantirdi. Gusga toat-ibodat qilish man etildi. U profеssorlik va rеktorlik
lavozimlaridan kеtishga majbur bo’ldi. Sеgizmund o’z suzidan xoinona qaytib Gusga
yordam byerishni istamadi. 1415 yilning 6 iyulida Yan Gus Konstants maydonlaridan
birida olovda kuydirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: