Мавзу: Иқтисодиёт фаолият ва ишлаб чиқариш


IV Iqtisodiy o‘sish, uning omillari, turlari



Download 87 Kb.
bet5/7
Sana02.08.2021
Hajmi87 Kb.
#135721
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyot faoliyat va ishlab chiqarish. Iqtisodiy o‘sish va mi

IV Iqtisodiy o‘sish, uning omillari, turlari.

Jamiyatdagi ijtimoiy , iqtisodiy va boshqa muammolarni xal qilishning aosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa, xech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kelmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot (progress) yuz bermaydi.

Iqtisodiy o‘sish nima?

Iqtisodiy o‘sish deganda kishilarning talab – extiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy maxsulot va xizmatlarni , ya'ni barcha noz- ne'matlarni ishlab chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Moddiy ne'matlarning o‘sishi tushunchasi nafaqat noz- ne'matlarni, balki ishlab chiqarish vositalarini, ya'ni resurslarning ko‘proq ishlab chiqarish degan ma'noni anglatadi. Chunki o‘sish jamiyat a'zolarining joriy iste'molini qondirish bilangina chegaralanmaydi, balki kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi iste'molni qondirish xam mo‘ljallanadi. Ishlab chiqarishf aoliyati jamiyat xayotining birlamchi asosi bo‘lganidan iqtisodiy o‘sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar (chuqur va sifat) iqtisodiy o‘sish sur'atlariga qarab yuz beradi. Ijtimoiy o‘sish real yalpi milliy maxsulotni (YaMM) axoli jon boshiga nisbiy narxlarda taqsimlash yoki jamiyat yalpi ishlab chiqarish xajmi ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy o‘sish mikro va makro ko‘lamda yuz beradi. Mikroiqtisodiy o‘sish xo‘jalik bo‘g‘inlari, firma yoki tarmoq doirasidagi o‘sishni, makroiqtisodiy o‘sish esa jamiyat miqyosidagi. Ya'ni mamlakat miqyosidagi o‘sishni bildiradi.

Iqtisodiy o‘sishning xajmini uning ko‘lami va sur'ati ko‘rsatadi. Iqtisodiyo o‘sish ko‘lami yaratilgan tavar va xizmatlar xajmini bildirsa, uning sur'atlari esa, o‘sish tezligini ko‘rsatadi.

Iqtisodiy o‘sishning natijasi jamiyat a'zolarini ta'minlovchi foydali real moddiy ne'matlardir. Aynan ular iqtisodiy o‘sishning xaqiqiy mezonidir.

Ijtimoiy taraqqiyotning oliy mezoni ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasidir. Bu mezonga iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi ko‘rsatkichlar muvofiq kelishi kerak. Ular o‘z navbatida statik (statistik ) va dinamik xamda miqdor, sifat ko‘rsatkichlariga egadir.

Iqtisodiy o‘sishning ikki jixati borki, ularni bir –biridan farqlash kerak.

Birinchidan , uning ko‘lami ishlab chiqarish xajmini bildiradi, aniqrog‘i, butun jamityada qancha maxsulotlar va xizmtalar yaratilishi, ularni o‘sishi qanday kishilarda bo‘lishini ko‘rsatadi. O‘sishning ikkinchi tomoni uning sur'atlari bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni nisbiy jixatdan ifodalaydi, mutloq o‘sishda emas balki, o‘sish tezligini ko‘rsatadi. U o‘sish tezligi ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me'yori xam mavjud. Shu sababli yaratilgan maxsulot va xizmatdan miqdoriy ko‘payibgina qolmasdan, o‘z sifati jixatidan talab extiyojni qondirishga qodir bo‘lishi talab etiladi.

Iqtisodiy o‘sishga qarab, jamiyatning iqtisodiy axvoliga baxo berish mumkin.

1.Tabiiyresurslarning miqdori va sifati

2. Mexnat resurslarining miqdori va isfati

3. Asosry kapitalning miqdori va tarkibi

4. Texnologiya darajasi

Mazkur omillar ishlab chiqarishning miqdoran o‘sishini ta'minlovchi taklif omillari deb ataladi. Iqtisodiy o‘sish talab va taklif omillariga bog‘liq.

Resurslarning cheklangan bo‘lishi iqtisodiy o‘sishni xam chegaralaydi.

Iqtisodiy o‘sish omillarining ishlab chiqarish taraqqiyotidagi axamiyati xar xil. Masalan: Saudi Arabiston - neft, Yaponiya - ishchi kuchi malakasi. Iqtisodiy o‘sishning ikki turi mavjud: ekstensiv va intensiv.

A) Ekstensiv rivojlanishda iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan xolda ishlab chiqarish omillari miqdorini o‘sishi xisobiga maxsulot xajmi ortadi.

Masalan: Iqtisodiy o‘sishning bu turi ishlab chiqarish samaradorligiga olib kelmaydi.

B) Intensiv iqtisodiy o‘sish yo‘lida yaratilgan maxsulot va xizmatlar miqdorini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, resurslardan tejamli foydalanish, fan-texnika yutuqlarini tadbiq etish va mexnat unumdorligini oshirish xisobiga amalga oshirish ko‘zda tutiladi.

Bu yo‘l ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga uzviy bog‘liq.

Ishlab chiqarishni intensivlashtirish unga jalb etilgan resurslarning xar qaysi birligidan olinadigan samaradorlik pirovad maxsulot miqdori va sifatining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Samaradorlik ishlab chiqarish natijalarini xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.

Samaradorlik qancha resurs sarflab, qancha va qanday sifatli maxsulotlar va xizmatlar yaratilganini ifodalaydi. Makroiqtisodiyotda ishlab chiqarish samaradorlikga YaMM- pirovad natija bilan o‘lchansa, makroiqtisodiyot miqyosida esa (korxonada) yaratilgan sof maxsulotning yoki fondning maxsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlandi.

Garchi iqtisodiy o‘sish samaradorligini intensiv usullar zaminida amalga oshirilganda barqarorlikga erishilsa xam, barqarorlik doimiy tus olmaydi, chunki iqtisodiy o‘sishda uzilishlar xam bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tishlar xam bo‘lib turadi.

Bunday xolat iqtisodiy o‘sishning davriyligi deyiladi.

Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning gox tez sur'atda o‘sishi, gox inflyasiya va baxolar darajasining ko‘tarilib borishi, ya'ni barqarorlik xolatlariningyuz berib turishi iqtisodiy o‘sishning sikli deb ataladi.

Sikl iqtisodiyotning davriy ko‘tarilishi va pasayishi xodisalarini o‘z ichiga oladigan, iqtisodning tebranib turishi bilan tasvirlanadigan tebranma davrdir.

Iqtisodiy sikl xozirgi nazariyalarga ko‘ra 4 bosqichdan iborat:



  1. O‘sish cho‘qqisi;

  2. Pasayish;

  3. Turg‘unlik (depressiya);

  4. Jonlanish.

Shu bosqichlar ketma-ket yuz beradi.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish