Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo‘shimcha iste’mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.
Iste’molchilik tanlovining to‘g‘rilik tamoyili bu yalpi va me’yoriy naflilik emas, balki, bir so‘m xarajatga to‘g‘ri keladigan me’yoiy naflilikdir.
Befarqlik egri chizig‘i
Befarqlik egri chizig‘i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |