Izotermik jarayon Izotermik jarayon deb, o’zgarmas temperaturada gazning bir holatdan boshqa holatga o’tish jarayoniga aytiladi. Izotermik jarayonni amalga oshirish uchun gazni oson ko’zg’aluvchan porshenli silindr ichiga, silindrning o’zini esa qat’iy ravishda o’zgarmas temperatura (2-rasmda shtrixli chizik,) saqlanib turadigan — termostat ichiga joylashtiramiz.Gazni asta-sekin siqamiz (2-a rasmga qarang). Bunda biz At ish bajaramiz. Termodinamikaning birinchi qonuniga binoan issiqlik miqdori quyidagiga teng bo’ladi: QT = ∆U AT.Gaz temperaturasi o’zgarmas bo’lgani uchun uning ichki energyasi xam o’zgarmas bo’ladi: U = const, ∆U= 0.
Do'stlaringiz bilan baham: |