Iste’molchilar maqsadiga qarab turar-joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarining issiq suv ta’minoti tizimlariga ajratiladi. Turar-joy binolari va mexmonxonalarning issiq suv ta’minoti tizimlari stoyaklar va butun bino bo‘yicha o‘rnatilgan suv tarqatuvchi priborlarga boruvchi tarqatuvchi quvurlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Jamoat, ma’muriy va ishlab chiqarish binolarida umumiy issiq suvdan foydalanish punktlari (sanitar tugunlari, umumiy hamda individual dushxona va vannaxonalar, moykalar) bir necha xonalarda joylashgan bo‘ladi. Turar-joy, shifoxona, mexmonxona binolarida suv tarqatuvchi priborlar binoning har xil qavatlarida o‘rnatiladi; kommunal, sport va sanoat binolarining umumiy issiq suvdan
foydalanish punktlari asosan birinchi qavatda joylashtiriladi.
Mahalliy issiqlik punkti (MIP) orqali issiq suv ta’minotiasosan tuman yoki kvartal issiqlik ta’minotida tashkil qilinadi. Mahalliy issiq suv ta’minoti sxemalari turli-tumanliligi bilan ajralib turadi va binolarning hajmi va maqsadi, issiqlik yuklamalarining o‘zgarish xarakteri va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Hammom, kir yuvuvchi xo‘jaliklar va shunga o‘xshash korxonalarda suv sarfi doimiy va ko‘p bo‘lganligi sababli oddiy va arzon boshi berk va bak-akkumulyatorli sxemalar tarqalgan (III.3-rasm). Bu turdagi sxemalarda issiq suv suv tarqatishdan oldin tayyorlanishi mumkin. Akumulyatordagi suvning katta zahirasi hatto suv iste’molining davomli tanaffusida ham baland haroratni saqlab qolish imkoniyatini beradi. Mazkur sxemalar vaqti-vaqti bilan suv ishlatiladigan katta bo‘lmagan kam qavatli uylarda ham foydalaniladi.
Issiq suv notekis iste’mol qilinadigan va akkumulyatorsiz katta turar-joy binolarida boshi berk sxema ma’qullanilmaydi, chunki suv tarqatishning uzoq muddatga to‘xtatilishi suvning mumkin bo‘lmagan sovib qolishiga va uning oqizib yuborish zaruriyatiga olib keladi. Tarqatuvchi quvurlardagi suvning sovib qolishini mahalliy tizimda issiqlik tashuvchining uzluksiz yoki kam muddatli tabiiy yoki majburiy sirkulyasiyasi orqali oldini olish mumkin.
Tabiiy sirkulyasiya ko‘proq yuqoridan taqsimlanuvchi tizimlarda samaralidir, chunki berk konturda harakatdagi yirkulyasiya tabiiy holda sodir bo‘ladi(III.4-rasm).
Suvning tabiiy harkatlanishi issiq va sovugan suvlarning zichligi farqidan hosil buladi. Odatda suvning zichliklari farqi unchalik katta bo‘lmaydi, shu sabali kerakli sirkulyasion bosim bosh tirgakning 1issiqlik izolyasiyasi bilan va tarqatuvchi quvurlarning 3,4,5 izolyasiyasiz o‘rnatilishi bilan amalga oshiriladi. Natijada suvning haroratlar farqi (suv isitgichdan chiqishda va unga kirishda) maksimal darajaga etadi. Suvning tabiiy harkatlanishi issiq va sovugan suvlarning zichligi farqidan hosil buladi. Odatda suvning zichliklari farqi unchalik katta bo‘lmaydi, shu sabali kerakli sirkulyasion bosim bosh tirgakning 1issiqlik izolyasiyasi bilan va tarqatuvchi quvurlarning 3,4,5 izolyasiyasiz o‘rnatilishi bilan amalga oshiriladi. Natijada suvning
haroratlar farqi (suv isitgichdan chiqishda va unga kirishda) maksimal darajaga etadi