Mavzu: issiqlik effektining turlari. Standart sharoit va standart issiqlik effekti. Turli fizik-kimyoviy jarayonlarining issiqlik effektlari



Download 173,88 Kb.
bet8/16
Sana25.06.2022
Hajmi173,88 Kb.
#703267
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
HILOL

Kuchli va kuchsiz elektrolitlar

Suyultirilgan eritmalarda ham oz darajada dissotsilanadigan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deyiladi. Ular qatoriga ba‘zi kislotalar (masalan, sirka kislota, sianid kislota, karbonat kislota va hokazo), ba‘zi asoslar (masalan, ammoniy gidroksid, organik asoslar, suvda yomon eriydigan asoslar va hokazo) va ba‘zi tuzlar (masalan, simob sianid, simob xlorid, FeF3 va hokazo) kiradi.

Kuchsiz elektrolitlarning suvdagi eritmalarida ionlar bir – biriga deyarli ta‘sir ko’rsatmaydi.Ular o’z xossalari jihatidan suyultirilgan ideal eritmalarga o’xshab ketadi. Shuning uchun, ideal eritma qonunlarini kuchsiz elektrolitlar eritmalariga qo’llay olamiz; biroq bunda eritma ichida dissotsilanish sodir bo’lganligi tufayli zarrachalar sonining ortib ketishini nazarda tutish kerak; boshqacha aytganda, ideal eritmalar qonunlarini kuchsiz elektrolit eritmalari uchun tatbiq etishda ularning ifodalariga izotonik koeffitsient i ni kiritish kerak.

Kuchsiz elektrolit eritmalarining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi faqat eritmadagi ionlar sonigagina bog’liq; kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi uchun massalar ta‘siri qonunini tatbiq etish mumkin.

Suvdagi eritmalarda batamom dissotsilanadigan birikmalar kuchli elektrolitlar deyiladi.Ularning dissotsilanish darajasi 1 ga yaqin bo’ladi. Kuchli elektrolitlar jumlasiga deyarli barcha tuzlar, kuchli kislota va kuchli asoslar kiradi. Kuchli elektrolit eritmalarida ionlar ko’p bo’lgani sababli ionlararo tortishuv kuchlarini nazarga olmasdan bo’lmaydi.

Atom tuzilishi va kristall panjaralarning tiplari aniqlangandan keyin, 1920 yilda Arrenus nazariyasiga bir necha izoh va qo’shimchalar kiritishga to’g’ri keldi. So’ngra kuchli elektrolitlar nazariyasi yaratildi.Bu nazariyaga muvofiq ionlardan tuzilgan moddalar suvda erigan vaqtda ionlarga batmom ajraladi. Masalan, osh tuzining kristall panjarasida Na+va Cl- ionlar borligidan, osh tuzi suvga solinganda suv molekulalari manfiy qutbini Na+ ionga, musbat qutbini esa Cl- ionga qaratadi. Suv molekulalari Na+va Cl- ionlarni ikki qarama – qarshi tomonga torta boshlayli. Natijada Na+va Cl- ionlar kristall panjaradan eritmaga o’tadi. Demak, osh tuzi eritmasida faqat Na+ va Cl- ionlari bo’lib, NaCl molekulalari bo’lmaydi. Binobarin, osh tuzi eritmada to’la (100%) dissotsilangan bo’lishi kerak. Boshqa tuzlar haqida ham xuddi shu fikrni aytsa bo’ladi.Bundan ko’rinib turibdiki, kuchli elektrolitlar uchun dissotsilanish darajasi degan tushuncha o’z ma‘nosini yo’qotadi, chunki kuchli elektrolit eritmalarida dissotsilanmagan molekulalar bo’lmaydi. Lekin tajribada NaCl ning 0,1 n li eritmasi uchun α = 85% ekanligini ko’ramiz. Agar eritmaning konsentratsiyasi oshirilsa, αyana kamayadi.

Demak, kuchli elektrolitlarnig tajribada topilgan dissotsilanish darajasi va Arrenius nazariyasi asosida va yana to’la dissotsilanish nazariyasi asosida hisoblab topilgan α ga barvar bo’ladi.


Download 173,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish