Mavzu: Islomiy madaniyat va milliy falsafiy tafakkur



Download 44,98 Kb.
bet6/7
Sana10.07.2022
Hajmi44,98 Kb.
#770614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Islomiy madaniyat va milliy falsafiy tafakkur

Abu Hanifa an-Nu`mon hanafiya mazhabiga asos solgan, barcha islom tarqalgan xududlarda o`z mavqeiga ega bo`lgan. Bu mazhabning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti orr y.) ning «Tavhid» va «Ta`vilot» asarlarida va Burhoniddin al-Marg`inoniy (1123-1197) ning «Hidoya» to`plamida o`zining yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga keng o`rin berilgan.
Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislarlar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz H.larini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.
Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon H.lar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan xadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (qarang Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta H. toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Paygʻambar hayot vaqtlarida hadislarni yozib olish odat boʻlmagan. Ayrim sahobalarning fikricha, Paygʻambarning oʻzlari hadislarini yozma qayd etishni man qilganlar. «Mendan Qur’ondan boshqa hech narsa yozmanglar, agar kimki biror narsa yozgan boʻlsa, oʻchirib tashlasin. Mendan faqat hadis aytinglar, xolos. Buning hech zarari yoʻq», deb uqdirganlar avvaliga Paygʻambar alayhissalomning oʻzlari. Soʻngra Paygʻambarning oʻzlari Abdulloh ibn Amr ibn al-Ossga izn qilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila boshlagan. Paygʻambar vafot etganlaridan soʻng maʼlum darajada tortishuv va munozaralardan keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila boshlandi.Masalan, sahobalardan Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yoʻl-yoʻriqlari («Manosik al-haj») xususidagi hadislardan bir kichik kitob bitgan boʻlsa, Samara ibn Jundab esa Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida oʻz oʻgʻillariga bir vasiyatnoma yozib qoldiradi. Tobeʼinlar davrida esa hadislarni kitobat etishga qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uning kitobatini qoʻllab-quvvatlagan tobeʼiynlar esa aksariyatni tashkil etardi. Ushbu davrda, yaʼni sahobalar va tobeʼiynlar davrida ikki xil fikr qaror topib, hadislarni ham yozma, ham ogʻzaki tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Bugungi madaniy dunyoda «madaniyatli» deganda kimni va nimani tushunamiz?! Kim va qaysi holatlar, qaysi fazilatlar madaniyat namunasi bo‘la oladi?!
Kiyinishidan tortib yurishigacha zamonaviy, zamonaviy vositalarning barchasidan unumli foydalanayotgan, uni turmush tarziga aylantirgan, uyi to‘la zamonaviy vositalar, hayoti, faoliyati zamonning eng so‘nggi rusumdagi texnik, axborot, maishiy vositalari bilan yaxlitlashib ketganlarni biz to‘la ma’noda, ikkilanmay «madaniyatli» deya bilamizmi?
Umuman, zamonoviylik madaniyatni bildiradimi?
Agar yo‘q desangiz, unda madaniyatli kim va biz hozir to‘la ma’noda madaniyatlimizmi?
Madaniyatni va madaniy didni himoya qilolyapmizmi?
Ko‘chada ana shunday yigitlarni ko‘p uchrataman.
Ular kiyinishidan tortib o‘zini tutishigacha o‘ta zamonaviy.
Qo‘llarida naq kompyuetrning o‘zi deyish mumkin bo‘lgan mobil telefonlar. Kiyimlari ham allambalo – bejirim, sochlari ham bugungi zamonga mos hurpaygan. Ko‘irshganda boshlarini bir-biriga urib ko‘rishishadi. Mashinasidan tortib paypog‘igacha zamonoviy andazada – eng so‘nggi modada. Eshitayotgan qo‘shig‘i ham repmi, yana bir balolar. Ustiga-ustak, ular hech narsadan uyalishmaydi, qo‘shiqlarni baland qo‘yib ketaverishadi – go‘yo boshqalar ham shu qo‘shiqni eshitishga mahkum qilinganday. Istihola ular uchun eskilik sarqiti bo‘lib boryapti.
«Bu qo‘shiqni qanday eshityapsan?!» – desangiz, madaniyatsizga qaraganday qarashadi.
Gap-so‘zlarida ham o‘ziga xos jargonlar paydo bo‘lyapti. Odam tushunmay qoladi – qaysi tilda gaplashayapti bular?
Men ko‘chada qoida buzgani uchun to‘xtatilgan zamonaviylarni ko‘rdim.
Ular davlat xodimi bilan ham zamonaviy gaplashishadi – agar o‘jarroq xodim bo‘lsa, darrov zamonaviy telefonlarini ishga solishadi – ayni holatda ular davlatga bo‘lgan hurmatlarini shu tariqa ifodalashadi. Har qalay, yo‘l harakati xavsizligi xodimi o‘sha yerdagi davlat vakili. Unga bo‘lgan munosabat davlatga bo‘lgan munosabatni bildiradi. Ammo mazkur munosabat ham «zamonaviylar» nazarida eskirib qolayotganga o‘xshaydi.

Download 44,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish