Mavzu: islomga qadar diniy e'tiqodlar va tasavvurlar reja


Dinning ilk shakllari va ularning xususiyatlari



Download 69,5 Kb.
bet2/4
Sana26.05.2022
Hajmi69,5 Kb.
#609683
1   2   3   4
Bog'liq
ISLOMGA QADAR DINIY E\'TIQODLAR VA TASAVVURLAR

Dinning ilk shakllari va ularning xususiyatlari
Kishi ongida diniy dunyoqarash paydo bo‘lishi uchun tafakkur bilan bog‘liq sharoitlar talab etiladi. Masalan, abstrakt tafakkur, kuchli hishayajon, tasavvur, to‘g‘ri va noto‘g‘ri mantiqiy bog‘liqliklarni farqlash qobiliyati kabilar shular jumlasidandir. Hozirgi zamon fani xomo xabilislarning shunday imkoniyatga ega bo‘lganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega emas, lekin xomo sapiyensning dastlabki vakili – kromanyon odam voqelikni tahlil qilish, fikrlash, kundalik faoliyatida orttirgan tajribalarini yodda saqlash va avloddan-avlodga o‘tkazish singari imkoniyatlarga ega edi. Shunga qaramay, kromanyonlarning ajdodlariga nisbatan imkoniyatlari qanchalik keng bo‘lmasin, bilim va imkoniyatlari cheklanganligi bois ular tabiat kuchlari oldida ojiz bo‘lganlar.
Kromanyonlarda ko‘p yillik tajribalar asosida to‘plangan bilimlar bilan birga xayoliy fantastik qarashlar ham shakllangan. Kromanyon tafakkurining rivojlanishi diniy qarashlarning abstrakt fikrlaydigan «yarim-yovvoyi» mavjudotning ongida paydo bo‘lmaganligi, balki kishilarning jamoalarga birlashib mehnat qilishlari (ov qilish, oziqovqat topish, mehnat qurollari yasash kabi faoliyatlari) natijasida, ularning doimiy ijtimoiy muloqotlari jarayonida shakllanganligidan dalolat beradi.
Ibtidoiy jamiyatda diniy qarashlar qudratli xudolarga sig‘inish shaklida vujudga kelmagan. Odamlar ruhlarga, tabiat hodisalari (suv, olov, oy, quyosh singari)ga va mavjudotlar (ot, bug‘u, mushuk kabilar)ga sig‘inganlar. Shu bois ibtidoiy din shakllari umumiy nom bilan diniy kompleks (lotincha complexus– aloqa, birikma degan ma’nolarni anglatadi) deb ataladi. Diniy kompleks – predmetlar va mavjudotlarda g‘ayritabiiy kuchlarining mavjud ekanligiga ishonuvchi kishilarning qarashlari va maxsus harakatlari tizimi. Ibtidoiy din shakllari xilma-xil ko‘rinishga ega. Eng qadimgi diniy e’tiqod turlaridan biri totemizmdir (Shimoliy Amerika hindulari tilida ototem – uning urug‘i degan ma’noni anglatadi). Totemizm – odamlar
jamoasi (urug‘, qabila)ning hayvon, o‘simlik yoki predmetlar bilan qonqardoshlik aloqasi mavjud ekanligiga ishonishlari. Totemizmning asosiy xususiyati shundaki, totem sifatida qabul qilingan hayvon, o‘simlik yoki predmetlar urug‘ yoki qabilaning ajdodi deb tan olinadi va uni tan olgan jamoa a’zolari qarindosh hisoblanadilar. Totem hayvon, o‘simlik yoki boshqa predmetlar juda ko‘p talablarga javob berishi kerak bo‘lgan. Masalan, totem hayvon birinchi navbatda xo‘jalik uchun zarurligi va foydaliligiga qarab aniqlangan.
Totemizm odamlarning birlikni anglashlaridan paydo bo‘lgan. Bu birlikning tashqi belgisi sifatida tabiat voqeliklari qabul qilingan. Chunki odam ibtidoiy jamiyatning ilk bosqichlarida o‘zini tabiatdan ajratmagan, undagi mavjudotlar bilan o‘zini qiyoslagan. Shu asosda, odamlarda totemistik qon-qardoshlik tuyg‘usi ularning fiziologik qonqardoshliklaridan oldin paydo bo‘lgan.
Totemizm quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirgan:
– odamlar jamoalarining birligini totemi yordamida yanada mustahkamlagan. Ularni «o‘ziniki» va «begona»larga ajratish orqali insonlarning o‘zliginitushunishlariga yordam bergan;
– insonni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalagan va u bilan uyg‘un yashashga o‘rgatgan.
Totemizm milliy-davlat va jahon dinlari ta’limotlarining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sirko‘rsatgan va hozir ham uning ayrim ko‘rinishlari saqlanib qolgan. Totemizmning ta’sirini davlat ramzlarida, harbiy qisimlarning atamalarida, harbiy kiyimlarda, ayrim hayvonlarning go‘shtini iste’mol qilishning taqiqlanishi kabilarda ko‘rish mumkin.
Totemizm marosimlari bilan odamlarning maylva ehtiyojlarini cheklaydigan qoidalar tizimini ifodalovchi tabu (polineziya etnosi tilidan so‘zma-so‘z tarjimasi qat’iy taqiqlash degan ma’noni anglatadi) tushunchasi bevosita aloqador.
Tabu deb muayyan harakatlarni bajarish yoki harakatsizlikka yo‘l qo‘yishning qat’iyan man etilishiga aytiladi. Uning boshqa cheklash va taqiqlashlardan asosiy farqi shundaki, joriy qilingan qoidalarning sabablari ko‘rsatilmaydi va asoslanmaydi.
Tabu inson uchun yashirin xavf-xatarlarning mavjudligini bilish va ularning oldini olishga intilish sababli vujudga kelgan. Mazkur xavfxatarlar odamlar yoki guruhlar tabu qoidalariga amal qilsalar, o‘zligini namoyon qilmaydi. Agar qoida buzilsa, nafaqat qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan kishi, balki butun jamoa xavf-xatarga duchor bo‘lishi mumkin. Demak, tabu odamlarga xavf tug‘diruvchi mavjud, lekin ko‘zga ko‘rinmas xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida joriy qilingan.
Ibtidoiy jamiyatning diniy e’tiqod turlaridan yana biri sehrgarlikdir. Sehrgarlik deb odam, hayvon, predmet va ruhlarga g‘ayritabiiy ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan duolar, harakatlar va marosimlar tizimiga aytiladi.
U dushmanga ziyon-zahmat yetkazish, harbiy, davolash, mehnat va sevgi sehrgarliklari kabi turlarga bo‘linadi. Sehrgarlikning maqsadi hayotiy muammolarni bevosita hal qilishdan iborat. Bunda sehrgar faqat o‘z iqtidori va kuchiga tayanadi. Sehrgarlik juda keng qamrovli voqelik va undan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida foydalanish mumkin.
Sehrgarlik amaliyotida duolar yoxud harakatlarning ta’siri va samaradorligi turli shart-sharoitlarga, jumladan tashqi ta’sirlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Undagi tashqi ta’sirlarga e’tibor belgilarga ishonishni vujudga keltirdi. Bunday ishonch dastlab odamlarning muayyan harakatlariga ta’sir etuvchi shart-sharoitdan keyinchalik ularning taqdirini belgilaydigan e’tiqodga aylangan. Sehrgarlikning muhim xususiyatlaridan biri – fan bilan ayrim jihatlariga ko‘ra yaqinligi. Fan tabiat va jamiyatda yuz berayotgan voqea va hodisalarning umumiy prinsiplari va qonuniyatlarini topishga xizmat qiladi. Unda tasodiflarning oldini olishga harakat qilinadi. Sehrgarlik ham voqea va hodisalarning makon va zamonda qat’iy belgilangan tartibini ishlab chiqishga intiladi. Bir xil sabab bir xil oqibatni keltirib chiqaradi. Sehrgar belgilangan marosim va duolarni aniq bajarsa, belgilangan maqsadiga erishadi. Tasodif bo‘lishi mumkin emas. Hodisalarning ketmaketligini faqat undan kuchliroq sehrgar buzishi mumkin.
Fan kabi sehrgarlik ham voqea va hodisalarning umumiy tartibini axtarib topishga va har qanday tasodiflarning oldini olishga intiladi. Sehrgarlikning hozirgacha ijtimoiy hayotda saqlanib qolishining muhim
omillaridan biri uning zamonaviy fan yutuqlaridan keng foydalanishi yoki kishilarda shunday yolg‘on tasavvurlar hosil qilishidir.
Sehrgarlikning ta’siri rivojlangan diniy tizimlarda ham saqlanib qolgan. Islomda payg‘ambar, eshon va mullalarning g‘ayritabiiy mo‘jizalari to‘g‘risidagi hikoyalardan keng foydalaniladi. Duolar orqali g‘ayritabiiy
kuchlarga ta’sir etish mumkinligi tan olinadi. Masalan, islomda «kalimai shahodat»ning odamni turli yovuz kuchlardan himoya qilishi to‘g‘risidagi aqida mavjud.
Biz kundalik turmushimizda sehrgarlikning oq (davolaydigan) va qora (ziyon-zahmat yetkazadigan) sehrgarlik, munajjimlar bashorati, folbinlik kabi turlaridan foydalanishimiz mumkin.
Ibtidoiy odamlar predmetlarni ham g‘ayritabiiy kuchga ega deb hisoblaganlar. Ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lgan bunday e’tiqod turi fetishizm (portugal tilida fetiko– sehrli, mo‘jizakor degan ma’nolarni anglatadi) deb ataladi.
Fetishizm deb g‘ayritabiiy kuchga ega mavjudotlarga va predmetlarga sig‘inishga aytiladi. Fetishizm ruhlarning jonzodlar va predmetlarga «ko‘chib o‘tishi», narsalarda jon borligi va ularning g‘ayritabiiy kuchga
ega ekanligiga ishonishdan vujudga kelgan. Ibtidoiy odam xayolini o‘ziga jalb qilgan istalgan predmetni fetish sifatida qabul qilishi mumkin edi. Uning obyekti hisoblangan predmetlar orasida eng ko‘p tarqalganlari odam
yoki hayvonlarning suyak qoldiqlari, qabr toshlari bo‘lgan. Suyak qoldiqlari fetish egasini tabiiy ofatlardan, kasalliklardan, yovuz ruhlardan saqlaydi deb hisoblangan. Qabr toshlari vafot etgan kishining tinchligini
qo‘riqlaydigan ruhlar joylashgan predmet vazifasini o‘tagan. Qabr joylashgan hududga sig‘inish natijasida keyinchalik muqaddas qadamjolar vujudga kelgan. Bunday qadamjolarda maqbaralar, qo‘rg‘onlar qurilgan.



Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish