Mavzu: Islomda ijtimoiy himoya tizimi Reja: Kirish Asosiy qism



Download 137 Kb.
bet6/8
Sana19.05.2022
Hajmi137 Kb.
#604735
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Islomda ijtimoiy himoya tizimi

Islomda zakot masalalari

Mashhur olim Tomas Orland uzining «Islomga davat» nomli kitobida quyidagilarni aytadi: «Haj nizomi bilan birga zakotni ham boshqa bir farz ekanini kuramiz. Bu musulmonga Allohning, «Albatta, mo’minlar birodardirlar» degan so’zini eslatib turadi.
Zakot go’zal bir sifatda yuzaga chiqadigan diniy nazariyadir. U kishini dahshatga soladigan darajada ajoyib. Islom jamiyatida yangi musulmonga nisbatan uning jinsi, rangi va utmishidan qatiy nazar shafqat qilishda namoyon bo’ladi. U mo’minlar jumlasiga qabul qilinadi va boshqa musulmonlar bilan bir qatorda uz joyini topadi».
Miyud Rush bulsa quyidagilarni aytadi: «Olamni mashgul qilib turgan ikki ijtimoiy muammoning hal qilinishini Islomda topdim;
Birinchisi, Quronning «Albatta, mo’minlar birodardirlar» degan gapidir. Bu – ishtirokiy-sosializmning eng guzal asosidir.
Ikkinchisi, har bir mol egasiga zakotni farz qilishdir. Hamda faqirlarga agar boylar berishga monelik qilsalar, uni kuch bilan bulsa ham, olish haqqini berilganidir. Bu – boshdoqlikning davosidir».
«Islom va arab sivilizasiyasi» nomli kitobida ajnabiy olimlardan birining ushbu gaplari keltiriladi:
«Bu (zakot) soliq diniy farz bulib, uni hamma ado qilishi lozimdir. Zakot umumiy ijtimoiy nizomdir. U ila Muhammadiy davlat faqirlarga madad beradi va ularni boy qiladi. Bu yaxshi nizom asosida, istibdod va majburlashga, vaqtinchalik tadbirga suyanmay buladigan ishdir.
Islom ushbu qoyilmaqom nizomga bashariyat tarixida birinchi bulib asos solgan. Zakot soligi boy, tojir va mol egasi bulgan tabaqalardan davlat tomonidan olinib, miskin va ojizlarga beriladi. U bir davlatda yashovchi odamlar orasidagi tusiqni parchalab tashlab, millatni bir odil ijtimoiy doirada birlashtiradi. Shu orqali Islom nizomi «uzim bulay» fikri asosida emasligiga yorqin dalildir».
Mashhur Fransuz sharqshunosi Moshnyun aytadi: «Islom tenglik fikrini yuzaga chiqarish buyicha har qancha faxr qilsa oz. Bu narsa zakotni farz qilinishida uz aksini topgan bulib, har bir shaxs uni Baytul Molga beradi. Bu riboxurlik asosidagi qarzlar va birlamchi, zaruriy hojatlarga solinadigan soliqlardan tamoman boshqachadir. U shu bilan bir vaqtda ham yakka mulkchilik, ham tijoriy sarmoya yonini oladi. Yana bir marta Islom kapitalistik va kommunistik nazariyalar orasidagi urtacha yulni tutadi».
Mashhur italyan yozuchisi Vogliriy uzining «Islom himoyasi» kitobida quyidagilarni yozadi:
«Barcha dinlar sadaqalarning katta axloqiy va ijtimoiy ahamiyati borligini etirof qilganlar. Uni rahm-shafqatning hissiy tabiri sifatida ado etishni tavsiya qilganlar. Lekin faqat Islomgina majburiy sadaqani joriy qilish ulugvorligini uzida mujassam qilgan. Bu bilan u Masihning talimotlarini dunyoda tatbiq qilgan. Har bir musulmon qonun hukmi buyicha uz boyligidan bir bulagini faqirlar, muhtojlar, musofir va gariblar foydasiga ajratmogi lozim. Ushbu diniy majburiyat insonni insoniylikdan ham chuqurroq hissiy imtihon qiladi. Uning ruhini baxillikdan tozalaydi va uni ilohiy mukofot tomon undaydi».
Bunga o’xshash gaplar juda ham kup.
Musulmon ulamolar esa Islom nimaligini, zakot nimaligini yaxshi bilganlari tufayli va musulmonlarning Islomdan ham, zakotdan ham uzoqdaliklarini bilganlaridan kelib chiqib dard va hasrat bilan suz yuritadilar. Keling, ulardan bazi birlarining mulohazalariga quloq soliq kuraylik:
Sayyid Muhammad Rashid Rizo hazratlari uzlarining «Manor» tafsirlarida ushbularni yozadilar: «Islom boshqa barcha dinlar va shariatlardan uzining zakotni farz qilishi bilan ajrab turadi. Bu haqiqatni barcha millatlarning hukamo va uqalolari (donishmandlari) ham etirof qiladilar. Agar musulmonlar uz dinlaridagi ushbu ruknni qoim qilganlarida edi, Alloh ularning uzlarini kup, rizqlarini keng qilib quyganidan keyin ichlarida birorta ham faqir yoki qarzdor qolmas edi».
Abu Alo Mavdudiy rohmatullohi alayhi quyidagilarni yozadi: «Haqiqatda Islom boylikni jamiyatdagi bir joyda jam bulib qolmasligini xohlaydi. Boylikdan toleyi ochiqligi yoki uddaburonligi tufayli kup nasibaga ega bulganlar uz ehtiyojidan ortigini infoq qilmay bosib olib yotishlari kerak emas. Balki ular tolelari kulmaganligi tufayli etarli nasibaga ega bulmagan birodarlariga boylikdan berishlari kerak.
Shu maqsadda Islom uzining oliymaqom axloqiy talimotlari ila, bir tomondan tasirli targib qilish va qurqitish ila sahiylik, quli ochiqlik va haqiqiy ijtimoiy hamkorlik ruhini vujudga keltiradi. Toki odamlar uzlarining tabiiy mayllari ila ortiqcha boylikni uzlaricha behuda ushlab turishni yoqtirmaydigan bulishsin va uzlaricha infoq qiladigan bulishsin.
Boshqa tomondan esa odamlarning mollaridan malum miqdorni jamiyat saodati va manfaati uchun olishni farz qiladi. Ushbu «malum miqdor» zakotdir. Zakotning islomiy-iqtisodiy nizomda qanchalik katta ahamiyatga ega ekani sizga malum bulsa kerak. Zakot Islomda namozdan keyingi eng muhim rukndir. Quronda ochiq-oydin aytilishicha, «kim mol tuplasa, zakotini bermaguncha, uning moli halol bulmaydi. Bas, unda: «Ularning mollaridan alarni poklash va tozalash uchun ol»», deyilgan.
«Zakot» suzining uzi inson jamlagan boylikning undan 2,5 foizini har yili Xudoning yulida chiqarmaguncha pok bulmasligiga dalolat qiladi. Alloh boydir. Sizning molingiz Unga etib bormaydi. U sizning molingizga muhtoj ham emas. «Allohning yuli»dan maqsad faqirlarni saodatmand qilish uchun harakat qilish va millatning hamma tabaqalariga naf beradigan xayriya ishlarni kuproq qilishdan iborat, xolos.
Alloh: «Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, unda omil bulganlarga, qalblari ulfat qilinganlarga, qullarga, qarzdorlarga, Alloh yuliga va vatangadolarga», degan.
Mana shu narsa-musulmonlarning ijtimoiy hamkorlik jamiyatlaridir. Mana shu narsa – ularning ijtimoiy taminot shirkatlaridir. Mana shu – ularning ehtiyot mollaridir. Mana shu – ulardan ishsizlariga kafolot boyligidir. Mana shu narsa – ojizlarga, bemorlarga, etimlarga, tullarga, beriladigan yordam, gamxurlik va hollaridan xabar olishdir. Buning ustiga, bu narsa musulmonni ertaning gamini eyishdan qutqaradi.
Islomning tabiiy va sodda goyasi bunday: «Agar sen bugun boy bulsang, uzingdan boshqaga yordam ber, agar ertaga sen muhtoj bulsang, senga boshqa kishi yordam beradi».
Shu asosda sen uz xayolingni: «Ertaga faqir bulib qolsam, holim ne kechar ekan», degan fikr ila mashgul qilmaysan. Shuningdek, ertaga ulib oxiratga ravona bulsang, xotining, bola-chaqang ne kuyga tushishlarini uylab, tashvish qilmaysan.
Uzingga bir musibat etsa, bemor bulsang, yonginga yoki suv toshqiniga duchor bulib qolsang, holing ne kechishini uylab tashvish qilmaysan. Safarga chiqaningda moling tugab qolsa, nima qilishga bosh qotirib yurmaysan. Zakot seni bunga o’xshash hollardan abadiy ravishda qutqaradi.
Uzing tuplagan molning ikki yarim foizini Allohning sugurta muassasiga bersang buldi. Keyin barcha ofatlardan emin bulib yuraverasan. Sen hozir mazkur molga muhtoj emassan. Uni hozir muhtoj bulib turganlarga berib tur. Ular uni uz hojatlariga ishlatib tursinlar. Ertaga bu mablag tulaligicha sening uzingga qaytib keladi. Balki sening yoki sening farzandlaringning hojati tushib qolsa, hozirgisidan ham kuproq bulib qaytib keladi».
Sayyid Abul Hasan Nadaviy esa jumladan, quyidagilarni yozadilar: «Zakotning farzliligi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mujizakor va hikmatli lafzlari ila belgilangan shariy sifatidir. U Zot sollallohu alayhi vasallam: «U (zakot) boylardan olinadi, kambagallarga beriladi», deganlar. Zakotning asl shariy holati shundoq bulgan va qiyomatgacha shundoq bulib qoladi. U shartlari mavjud bulgan va muayyan nisobga ega bulgan boylardan olinadi va Quronda tayin qilingan toifalarga taqsimlanadi. Alloh u toifalarni aniqlashni qonun, hokim yoki olimning fikriga havola qilib quymadi. «Albatta, sadaqalar faqirlarga…» oyati ila bayon qildi. Shariatda, Paygambar alayhissalomning hadislarida bayon qilinganidek, zakotni u yigilgan yurtning kambagallariga taqsimlab berish afzaldir.
Alloh Uzining boy-badavlat bandalariga farz qilgan zakot millat uchun lutfu marhamat bulgan. U eng ulkan nemat bulmish paygambarlikning natijasi bulgan. Agar uni soliq, deb atashimiz lozim bulsa, eng oz, eng engil soliq bulgan. Eng barakali va eng foydali soliq bulgan. Chunki u boylardan olinib kambagallarga berilgan».
Bunga o’xshash ajoyib fikrlarni kuplab keltirish mumkin.
Zakot kitobidagi gaplarni uqib, «kambagal bulish ham maza ekan-da, boylar uzi senga zakotini keltirib berib tursa», degan xayolga bormaslik kerak. Chunki, urganib utganimizdek, Zakotni kim kuringanga, har bir kambagalga ham berilavermaydi, balki surab-surishtiriladi. Bir necha shartlarni uzida mujassam qilgan kishigagina beriladi. Shu bilan birga, zakot olish sharafli ish emasligi doimiy ravishda eslatilib, u odamlarning kiri ekanligi takidlab turiladi.
Shuningdek, doimiy ravishda iffatli bulib birovdan narsa olishdan uyalish, uz peshona teri bilan kun kurishiga targib qilib turiladi.


Xulosa
Muqaddas Islom dinimizda o'zaro mehribonlik, saxiylik, qiynalgan kimsaga yordam berish va hojatbarorlik kabi xislatlarga keng targ'ib qilinadi. Darhaqiqat, inson nafaqat o'zi haqida o'ylashi, balki o'zgalar dardi bilan ham hamnafas bo'lib yashashi kerak. Chunki, Alloh taolo chin mo'min-musulmonlarni Qur'oni karimda shunday ta'riflagan:
“Albatta, mo'minlar dinda o'zaro birodardirlar. Bas, sizlar ikki birodaringiz o'rtasini tuzatib qo'yingiz va Allohdan qo'rqingiz, shoyad, rahm qilinsangiz” (Hujurot surasi, 10-oyat).
Yana bir oyati karimada shunday keladi:
“Mo'minlar va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar: (odamlarni) yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar...” (Tavba surasi, 71-oyat).
Bu borada Payg'ambarimiz sallalohu alayhi vasallam ham o'z ummatlarini sifatlab shunday deganlar: “Mo'min mo'minga nisbatan bir-birini mustahkam tarzda ushlab turgan bino singaridir”(Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, biz jamiyatda yashar ekanmiz, kundalik hayotimizda qo'ni-qo'shni, do'stu yorlar va turli insonlar bilan muloqotda bo'lamiz. Ularning orasida boshiga musibat tushgan, qarzga botgan, og'ir dardga uchragan va boshqa qiyinchiliklarga duch kelgani bo'ladi. Bunday holatdagi insonlarni dardini eshitish va imkon
darajasida ko'mak berish mo'minlik vazifasi hisoblanadi.
Payg'ambirimiz sallalohu alayhi vasallam boquvchisi yo'q va miskinlarga yordam bergan kimsa haqida shunday deganlar: “Beva va miskinlarni boqish yo'lida sa'y-harakat qiluvchi kishi xuddi Alloh yo'lida jiddu jahd qiluvchi kishidek va kunduzi ro'zador kechasi esa ibodatda qoim bo'lgan kishidek(ajr-savobga ega bo'ladi)” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Qavmu qarindosh va mahalla ko'y ichida boquvchisi yo'q, qiynalganlarga taom berish, ularni holidan xabar olib mashaqqat va tashvishlarini aritish ham mo'minning og'irini yengil qilishga kiradi.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish