Pirogen moddalarni xossalari
Pirogenlar organizmga toksik ta’sir etmaydi. Organizmga ularni bir yoki ko‘p marotaba kiritishganda ham toksik ta’siri kuzatilmaydi. Bundan tashqari, ular antigenlik xususiyatni ham namoyon qilmaydi, qilgan taqdirda ham juda sust, shuning uchun klinikada keng qo‘llash imkonini beradi.
Tolerantlikni rivojlanishi, organizmga ekzogen pirogen moddalarni ko‘p marotaba, oz-oz dozada kiritilganda ro‘y beradi.
Patogenez
Isitma patogenezida birlamchi pirogen moddalardan, ikkilamchi pirogenlarni hosil bo‘lishi yotadi. Bu jarayon, avvalom bor makrofagotsitlarda boshlanib, neyrofil granulotsitlarda o‘z nihoyasiga etadi.
Ikkilamchi pirogen moddalarni sinetezi in vitro usulida tajribada olingan. Agar, birlamchi pirogen moddalarni leykotsitlar o‘sayotgan muxitga yuborilsa, u erdan tezlikda shunday modda sintez qilinadiki, agar uni hayvon organizmiga yuborilsa, ushbu organizmda isitma kuzatiladi.
Ikkilamchi pirogen moddalarni sintezi leykotsitlar genomida kodlashgan bo‘ladi. Agar aktinomitsin D yoki puramitsin moddalari bilan oqsillar sintezi bloklansa, ikkilamchi pirogenlar sintez qilinmaydi. Leykotsitlardan ikkilamchi pirogenlarni sintezlanishi, birlamchi pirogenlar ta’sirida bo‘ladi, chunki ular leykotsitlarda metobolitik jarayonlarni kuchaytiradi. Bunday ta’sir retseptorlar orqali, toksinlarni makrofaglarga fagotsitoz yoki pinotsitoz yo‘li bilan kirishidan yuzaga chiqadi.
Oxirgi paytda, endogen (ikkilamchi) pirogenlar to‘g‘risidagi tasavvurlar tubdan o‘zgardi. Tasdiqlanishicha, interleykin-1, isitma chaqirish bilan bir qatorda, boshqa ko‘plab ta’sirlarni ham yuzaga chiqaradi.
Interleykin-1 asosan nerv tizimiga, shuningdek nishon hujayralar, limfotsit, gepatotsit, fibroblastlar, siniviotsitlar, miotsitlarga ta’sir etadi. Birlamchi pirogenlar makrofag va neytrofillarga ta’sir etadi, natijada interleykin-1 sintezlanadi, ularning nishon hujayralarini ko‘pligini bilamiz. Ulardan biri termoregulyasiya markazi joylashgan gipotalamusdir. Interleykin-1 markaz neyronlari bilan kontakt hosil qilgandan so‘ng, termoretseptorlarda fosfolipaza A2 aktivlashadi. Ushbu ferment plazmatik membranadagi fosfolipidlardan, aroxidon kislotani ajralishini ta’minlaydi, ushbu kislotadan esa E guruxidagi prostaglandinlar sintezlanadi. Prostaglandin ta’sirida haroratni sezishga “o‘rnatilgan nuqta” sezuvchanligi pasayadi, natijada tanadan kelayotgan normal harorat “o‘rnatilgan nuqta” tomonidan past deb qabul qilinadi, bu xolatda standart reaksiya yuzaga keladi, ya’ni issiqlik hosil bo‘lishi kuchayib, issiqlik ajralishi susayadi, oxir oqibat isitma yuzaga keladi.
Isitma patogenezi sxema orqali quyidagicha tushintiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |