- Ilmiy bilishning umumilmiy usullari
- Ilmiy bilish - inson aqlining narsalar mohiyatiga, ularning qonuniy aloqalari va munosabatlari dunyosiga kirib borishining murakkab dialektik jarayonidir. Ilmiy bilishsiz tabiat va ijtimoiy hayotni samarali o’zgartirish mumkin emas. Ma’lumki, dunyoni bilish haqidagi masala falsafaning asosiy masalasi hisoblanadi.
- Bilish jarayonida inson (bilish sub’ekti) va mavjud borliq (bilish ob’ekti) o’zaro aloqada bo’ladi. Inson olamni o’rganadi, shuning uchun ham u olgan barcha bilimlar ob’ektiv borliqning shunchaki tasviri emas, balki sub’ektiv tasviridir. Buning ma’nosi shuki, bilish jarayonida ob’ektivlik va sub’ektivlik orasida ziddiyat yuzaga keladi. Bunda bilimlar tobora haqqoniy bo’lib boradi, ya’ni bilishning rivojlanishi, ob’ektiv olam to’g’risidagi bilimlarning chuqurlashuvi muqarrar ravishda borliqni yana ham adekvat tarzda aks ettirish jarayoniga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |