II. O’quv faning maqsadi va vazifalari.
“Ishlab chiqarishni konstruktorlik texnologik asoslari” fanining asosiy maqsadi – tikuv buyumlarini sanoatda ishlab chiqarish uchun loyihalash, loyiha bosqichlarini, loyiha-konstruktorlik hujjatlarini tuzishning tartib qoidalarini, barcha loyiha bosqichlarida kiyim yuqori sifatini ta’minlashning sir-asrorini urganish, loyiha-konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishning perspektiv va zamonaviy usullarini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar ni shakillantirishdan iborat. Shu bilan birga tikuv buyumini loyihalashning avtomatlashgan sistemasi sharoitida bajarish imkoniyatidan kelib chiqqan holda kiyim yangi modellarini yaratish va chizma-konstruktorlik ishlariga ijodiy yondashishdir.
Fanning vazifasi – talabani ushbu fan bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini diplom loyihasi va bitiruv malaka ishlarini bajarish bilan real sharoitga qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |