Ixtisoslashuvning uch turi-bu qism, texnologik yoki yarim mahsulot va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko’rinishlari bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste’moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi. - Ixtisoslashuvning uch turi-bu qism, texnologik yoki yarim mahsulot va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko’rinishlari bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste’moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi.
Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o’rinlashuvi uncha sezilmaydi va aksincha ularning tarqoq holda joylashuvi kuzatiladi. Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqariladigan mahsulotning murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko’p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvada yengil avtomobil yoki Lixachyov nomli zavod, Tolyattidagi Volga avtomobil zavodi, Asakadagi “UzDEU” korxonalari va shunga o’xshashlar yuzlab korxonalar bilan hamkorlik qiladi. Modomiki asosiy yakunlovchi yoki yig’uvchi bosh korxona ko’p joydan asbob-uskunalar, detall va jihozlar olar ekan, u transport geografik jihatdan qulay nuqtada o’rinlashuvi zarur. - Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o’rinlashuvi uncha sezilmaydi va aksincha ularning tarqoq holda joylashuvi kuzatiladi. Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqariladigan mahsulotning murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko’p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvada yengil avtomobil yoki Lixachyov nomli zavod, Tolyattidagi Volga avtomobil zavodi, Asakadagi “UzDEU” korxonalari va shunga o’xshashlar yuzlab korxonalar bilan hamkorlik qiladi. Modomiki asosiy yakunlovchi yoki yig’uvchi bosh korxona ko’p joydan asbob-uskunalar, detall va jihozlar olar ekan, u transport geografik jihatdan qulay nuqtada o’rinlashuvi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |