MAVZU. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI
KAMAYTIRISH YO’LLARI
Kirish.
1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
2.Xarajatlarning tasniflanishi
3.Mahsulot tannarxi va uni hisoblash metodlari
4.Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy
yo’llari va omillari
Xulosa
FOYDALANILGAN ADABYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya kilish, texnik yangilash va
diversifikasiya kilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng
kulamda amalga oshirilmokda. Shu asnoda, mazkur subyektlar moliyaviy
munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish,
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport saloxiyati
yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofakiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.
Shu sababli, glabal moliyaviy inkiroz sharoitida moliya-bank tizimini qo’llab-
quvvatlash, sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini
kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni xal etish va ularning moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib xisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “ Mamlakatimizda yaratilgan
ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan
imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizasiya qilish
uchun katta mablag’ sarflaymiz, ko’p miqdordagi xorijiy investisiyalarni jalb
etamiz. Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan
to’liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo’l qo’yilayotgan
kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o’sib ketishiga olib
kelmoqda.1” Shuningdek, yurtboshimizning ushbu Jaxon moliyaviy-iktisodiy
inkirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari asarida
xamda inkirozga karshi choralar dasturining anik bo’limlari - belgilangan kompleks
chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni xal etishga karatilgan.
1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi,
chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona
foydasi va rentabelligi shuncha oshadi. Shuning uchun, keng institusional
isloxotlarni amalga oshirish omillaridan biri, korxonalarning moliyaviy
barqarorligini ta’minlash xamda xozirgi glabal moliyaviy- iktisodiy inkiroz
sharoitida sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini
kamaytirishdagi muammolarni xal etish yullarini moliyaviy-iktisodiy asoslarini
takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikish lozimligi mazkur bitiruv
malakaviy ishining dolzarbligini bildiradi.
1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi,
2) davr xarajatlari,
3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar,
4) favqulotda zararlarni oladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida eng asosiy masalalardan biri mamlakatda
jaxon talablariga javob beradigan, sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarish xisoblanadi. Bunda ko’riladigan asosiy maqsad arzonrok xamda
raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Buning uchun
ishlab chikarilayotgan mahsulot tannarxi o’rganib, uni imkon qadar pasaytirish
katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda mahsulot (ish, xizmat)lar xisobi 1999 yil 5 fevraldagi 54- sonli
karoriga ilova Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va Sotish
xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’ri
sidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Bugungi kunda amalda bo’lgan ushbu Nizomga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)ni
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradigan moddalar sirasiga o’zgartirishlar
kiritilgan. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini aniqlashdan
maqsad:
1. Buxgalteriya xisobi schyotida jami xarajatlar tug’risida to’liq va aniq
ma’lumotlarga ega bo’lish, korxona faoliyatini rentabelligi va bozor iqtisodiyoti
sharoitida raqobatbardoshliligini aniqlash;
2. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini anik xisob-kitobini kilish;
3. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlarni aloxida tarkiblash va ularni
moliyaviy natijaviylikka boglash;
4. Ishlab chiqarish xarajatlarini yuzaga chikishi va javobgarlik markazlari bo’yicha
xisobga olish va nazorat kilish;
5. Solik to’lanadigan bazani anik xisob-kitobini yurtish va bu orqali ishlab chiqarish
xarajatlari xamda korxona sarflarini Boshqarishni tashkil etishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab
chikarayotgan mahsulotlari tannarxini tahlil kilishda quyidagilarga alohida e’tibor
qaratiladi:
-Ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganish va ularning holati ga baho berish;
-Mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha belgilangan rejani bajarilishi va
dinamikasini nazorat kilish;
-Ishlab chiqarish xarajatlarini iktisodiy elementi va kalkulyasion moddalari
bo’yicha o’rganish va ularga baho berish;
-Mehnat unumdorligi bilan ish xaqi xarajatlari urtasidagi nisbatni o’rganish ;
-Tannarxning o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni mikdor
jixatidan xisoblash; -
-Ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo’yicha tahlil etish;
-Tannarxni pasaytirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va xakozo.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va cotish xarajatlarining tarkibi
xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq
ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olishning umumiyligi ta’minlangan.
Buning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va cotish xarajatlarini
rejalashtrish, tahlil etish va nazorat kilishga imkoniyat tugiladi.
Mazkur Nizom buxgalteriya xisobi maqsadlarida va Soliqqa tortish maqsadlarida
xarajatlarni xisoblash tartiblaridagi farqlanishlarini xisobga olib ishlab chikilgan.
Bunda tahlil kilishning asosiy maqsadi Xo’jalik yurituvchi subyektlarning bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatga bardoshligini aniqlashdir.
Nizomda buxgalteriya xisobi bo’yicha foyda bilan Soliqqa tortiladigan foyda
urtasidagi tafovutlarga izox berilgan.
Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya xisobidagi foydadan farq kilishining sababi
shundaki, davlat solik siyosatiga muvofiq amaldagi solik konunchiligi bo’yicha
korxona xarajatlarining bir qismi Soliqqa tortiladigan bazaga kirmaydi.
Nizomda moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy koidalari va xarajatlarni
guruxlash berilgan.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va
moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat
moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari:
– mahsulot tannarxi:
-Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
-mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar
(ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni
urash, joylash uchun materiallar va h.k);
-ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;
-tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);
-energiya va yoqilg’ining hamma turlari;
-materiallarning tabiiy kamayishi.
-Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:
-bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;
-qo’shimcha to’lovlar;
-ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.
-Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:
-ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;
-nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar.
Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi:
-asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar:
-ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar;
-ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;
-asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;
-o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar;
-ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi.
-davr xarajatlari:
Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar:
-tovarlarni tashish xarajatlari;
-savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari;
Ma’muriy xarajatlar:
-boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari;
-ularga sug’urta ajratmalari;
-xizmat avtomobillarini asrash;
-boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi va h.k.
-boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi;
-xizmat safari xarajatlari.
Boshqa operasion xarajatlar:
-kadrlar tayyorlash;
-qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish;
-maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati to’lovlari va
h.k.
-moliyaviy faoliyat xarajatlari:
-banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar;
-uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar; valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va
zararlar;
-korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari.
-favqulodda zararlar:
-bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi. Yuqoridagilardan ko’rinib
turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik
va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda
summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladiDavr
xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar
bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.Bularga ishlab chiqarishni
boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-
tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari
bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki
davr, vaqt bilan bog’liq. Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va
sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir.
Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining
o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat
unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning
tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi,
brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi.Tannarxning
pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni
yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi,
mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini
yuksaltirishga imkon yaratadi.Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha
klassifikasiyalanadi.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
-Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
-Yordamchi va boshqa materiallar;
-Yoqilgi;
-Energiya;
-Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
-Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
-Asosiy fondlar amortizasiyasi;
Boshqa pul xarajatlari.
Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar kishi
mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini
ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur
pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish,
pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu
kabi xarajatlar).
Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha klassifikasiya
qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik mahsulot uchun
xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi xarajatlar
klassifikasiyalanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab asosiy
va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik jihatdan
boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham
(jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi.
Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli doimiy
xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab
o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, asosiy
ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga
qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu
xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi.
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita va
bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga
to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda qandaydir
to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional ravishda taqsimlanadi.
Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan
korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma
xarajatlar ham o’sha mahsulot tannarxiga kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlaridan biri
o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bo’lishidir.
Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab
chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham
lekin iste’mol xususiyati o’zgarmagan mahsulotlar kiradi.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va
elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish
sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat
mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. Mehnat
unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab
chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir
mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu
holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining
umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal
o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab
chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning
ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab
sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan
almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni
qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa
tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini
kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun
ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot
tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari - sanoat korxonalari faoliyati muhim iqtisodiy
ko'rsatkich. ishlab chiqarish qiymati ifoda korxona xarajatlarini bevosita ishlab
chiqarish va bu mahsulotlar savdosi bilan bog'liq. Boshqa so'zlar bilan aytganda,
iqtisodiy u mahsulot ishlab chiqarilgan turadi nima anglatadi. Bu ko'rsatkich
mehnat xarajatlarini (ish haqi) va o'tgan mehnat (xom ashyo, materiallar, yoqilg'i,
materiallar va boshqa resurslarni qiymati, asosiy fondlarni amortizatsiya)
xarajatlarini o'z ichiga oladi.
Sistematik qiymati kamaytirish yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va ishchilar
farovonligini yaxshilash uchun mablag 'ozod qiladi. Bu foyda o'sishi muhim
manbaidir. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy
shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab
chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot
tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan,
texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir
ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda
kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan
solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng
avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak.
Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi
mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni
aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo
to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-
ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga
bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan
foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish
mumkin:
-tashkiliy-texnikaviy rezervlar;
-ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan
imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin
pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish
kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish,
rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy
mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan
oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga
qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo,
hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish,
foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan
foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda
esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona
bo’limlariga etkaziladi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida
yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan
ko’rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat
ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini
pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri
hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-
sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror
bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining
puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.
Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy
funksiyani bajaradi:
-bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi
-hisob-kitob, ulchov funksiyasi
-iqtisodiy regulyator funksiyasi
-raqobat vositasi funksiyasi
-ijtimoiy himoya funksiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
-demping narx
-nufuzli narx
-milliy narx
-arzonlashtirilgan narx
-jahon narxi
-yashirin narx
-erkin narx
-standart narx
-kontrakt (ulgurji) narx
-chakana narx
-o’zgaruvchan narx
-limit narx
-muvozanat narx
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham
darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni
rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina
emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham
rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu
daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati
ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish
iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning
narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab
chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni
iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi
bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga
qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har
qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim
mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq
tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim
segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-
ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx
siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini
ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof
monopoliya.
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx
bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida
firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zo’r beradi, mahsulot sotish,
tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga
katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1. Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar,
bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan
narx)
2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari,
raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
-narxlashtirish masalasi qo’yiladi,
-talabi aniqlanadi,
-xarajatlari baholanadi,
-raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
-narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
-oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.
«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning
tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng
oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng
chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan
pirovard natijada iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana
savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini
qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan
qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni
hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma
mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning
alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda
amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to’xtatish
xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan
sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim
tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar.
Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha
ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z yashash
davrini ham o’taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o’zgartirishlar
kiritadi.
Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni
ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati
hali etarli darajada ma’lum emas.
Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga
ham bog’liq. Bu daraja esa uchga bo’linadi:
-eng yangi mahsulot;
-texnikaviy ilg’or mahsulot;
-original bo’lmagan (yangi taqlidiy) va o’rinbosar mahsulotlar.
Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy
masala «Qaymog’ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan
iboratdir.Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning
munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada
tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini o’rganadilar. O’ziga o’xshash o’rinbosarlari
bo’lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif
etiladi. Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx
darajasi muqobil tovarlar o’rtasida mavjud bo’lgan sifat va miqdorga qarab
o’zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o’sishi bosqichidan to’yinish bosqichiga
harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni
strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
To’yinish bosqichida narxlarni ko’tarish odatda talabning ko’payishi emas, balki
ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibatidir. SHu sababli
mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo’yiladi yoki tovarlar sotish hajmini
ko’paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Yo’qolib ketayotgan mahsulotlarga narx belgilash.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash yo’li
qo’llaniladi.Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma-bosqich
pasaytirish strategiyasi jami g’amlamalar sotib tugatilgunga qadar amalga
oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo’lida qo’shimcha xarajatlar,
xususan mahsulot sotishni rag’batlantirish xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa
ilgarigi darajada saqlab qolinadi. Raqiblarning bozorni tashlab chiqib ketishiga
qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu
mahsulotga hali muhtoj bo’lgan muayyan bozor segmenti saqlanib qoladi. Bu esa
mahsulot yashash davrining so’nggi bosqichi davrida bozorda qolgan firmaga o’z
narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.Savdo-sotiq faoliyatida marketing
mutaxassislari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu
«qaymog’ini olish» va «kirib olish» siyosatidir«Qaymog’ini olish» va «Kirib olish»
siyosatlari narx belgilashning favqulodda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Uning
birinchisi – qimmat narxlar, ikkinchisi – arzon narxlar strategiyasidir.«Qaymog’ini
olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o’rnatib
asta-sekin uni tushirib boradi. «Qaymog’ini olish» siyosatidan aksariyat bozorga
yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori
darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentasiya natijasida asosiy deb e’tirof
etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to’yinishidan so’ng iste’molchilarni jalb qilish
maqsadida narx pasaytiriladi. SHunday yo’l bilan to’liq daromad eng ko’p
miqdorga etkaziladi. SHu sababli yagona yo’l – tovar sotish bozorlarini
kengaytirish, yangi segmentlar izlashdir
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va
elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish
sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat
mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va
ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali
har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak
bo’ladi.
Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo
ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga
nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab
chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan
mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi
qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab
sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan
almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni
qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa
tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini
kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun
ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot
tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini
takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va
mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini
pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika
taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir
ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda
kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan
solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng
avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak.
Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi
mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni
aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo
to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-
ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga
bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan
foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish
mumkin: - tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan
imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin
pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish
kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish,
rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy
mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan
oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga
qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo,
hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish,
foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan
foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda
esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona
bo’limlariga yetkaziladi. Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat
va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida
hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. Shunga qaramay, mahsulot tannarxi
sanoat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti
tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish
rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta,
boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning
narxi barqaror bo’lganda) uni Sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
3.2. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari Mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish
usulining konuniyatidir. U Mehnat unumdorligining tuxtovsiz o’sishi,
Mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va Mehnat
resurslaridan rasional foydalanish, Xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi
bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib
bormokda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizi absolyut xajmni oshirib
yuboradi.
Ya’ni korxonada ishlab chikarilayotgan mahsulotning tannarxini 1 %ga kamaytirish
evaziga korxona ancha mikdorda moliyaviy resurslarini iktisod kilishga erishadi. Bu
xar qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb masalalrdan biri xisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yullarini keltiramiz. Ishlab chiqarish
xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish
katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy kilish va mahsulot tayyorlash
texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir
ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaralirok foydalanish, buyumlarni
tayyorlashga ketadigan Mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirish xamda kullanilayotgan texnikadan
foydalanishni xisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga
erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida utgan va jonli
Mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan utgan Mehnatni
tejash xuddi shu mikdordagi xom- ashyo va materiallardan ko’prok mahsulot
ishlab chiqarish imkonini beradi; jonli mehnat sarfini tejash mahsulot
unumdorligini oshirish imkonini beradi, ya’ni xar bir ishchiga xisoblanaganda
ko’prok mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika tarakkiyoti
yordam beradi. Yangi texnika va ilg’or texnologiya ishlab chiqarishni Boshqarishni
takomillashtirish asosida Mehnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.
Moddiy va pul mablag’larini sarflashda kat’iy iktisodiy tejashga rioya kilish katta
ahamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga doir sarflarini kamaytirish, material
shuningdek ishlab chiqarish chikindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida
ruy beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik
darajasini oshirish, ish xaqi fondini rasional sarflash sex va umumzavod
xarajatlarini kamaytirish - bularning barchasi u yoki bu darajsida mahsulotning
arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi.Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material,
yokilgi va energiya yetkazib berishning o’zilib kolishi ishlab chiqarish ritmini
bo’zishga bekor turtib kolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va okibat
natijada unumsiz xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotga xaddan tashqari
normativdan ortikcha zapaslarni bo’lishi xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zahira
kupayib ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi,
ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga Mehnatni tashkil etishda
takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. Xar qanday texnikadan xatto yangisidan xam
ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil kilmay turib, maksimal ravishda foydalanish
mumkin emas. Shuning uchun texnologik prosesslarni mexanizasiya va
avtomatlashtirish bilan bir katorda, Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta
e’tibor berish kerak.
Mahsulot tannarxini pasaytirishda xisobotning roli kattadir. Xisob olib borish
yokilgi va energiyadan, xom ashyo va materiallardan rasional foydalanishga
yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamgarmasini oshirish ikonini
beradi.
Kolektivning kuchini yetishtirilladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga
karatish uchun ishlab chiqarishga kilinadigan xarajatlarni to’g’ri rejalashtirish va
xisobga olish zarur. Iktisod kilish yullarni aniqlash ortikcha xarjatlarning sababini
ochib tashlash uchun bu xarjatlarni doimi tahlil kilib turish kerak. Ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini tahlil kilish ishlab chiqarish
rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarning
takomillashtirshiuchun muxim ahamiyatga ega. Lekin tahlil faqatgina tannarxning
pasaytirsh rejasini bajarilishiga kuyilgan baho bilan chegaralanmaydi, u ishlab
chiqarish xarajatlarini yanada kamaytirish uchun taxlikiy va texnikaviy xarakatlarni
xam kurishi kerak.
Mahsulot ishlab chiqarishni tahlil kilishning ishchilarning aktiv ishtirok etishlari
uni pasaytirishning muxim yulidir.
Xarajatlar korxonaga bog’liq bulmagan omillarga karab o’zgaradi.
Masalan;
resurs narxi xar xil xizmat xakkining tebranishi korxona xoxishidan kat’iy nazar
xarajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish kulami kengaysa, resurslar
sarfi kiskaradi, chunki ular kamrok isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya
joriy etilganda xarajatlar keskin kiskaradi. O’rtacha xarajatlar Mehnat unumliga
nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mehnatni unumigning ortishi xam
moddiy xam Mehnat sarfini kiskartiradi bozordagi narx binobarin tovar barqaror
sharoit Mehnat unumdorligi xarajatlari pasaytirish orqali foydani kupaytiradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning
asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy
elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar qanchalik kiskarib borsa,
shunga mos foyda oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yo’nalishlaridan biri bu fan texnika
tarakkiyotining yutuklaridan okilona foydalanishga erishishdir. Fan texnika
tarakkiyoti yutuklaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom-
ashyo materiallaridan yokilgi resurslaridan yanada tularok foydalanishga imkon
beradi. Shuningdek yangi unumdorligi yukori bo’lgan samarador mashina,
dastgoxda yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish
pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit
yaratadi. Fan texnika tarakkiyoti ning 20-asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati
prinsipal yangi texnologik usulga utilishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud
texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yukori iktisodiy
samaradorligida emas, balki sifat nuktai nazaridan moddiy ne’matlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir. Xarajatlarni pasaytirish asosiy
yo’nalishlardan biri bu ishlab chiqarish va Mehnat tashkil etishning
takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yukotishlarni kamaytirish
yuli bilan xarjatlarni pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli Mehnatni iktisod
kilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi.
Samaradorlik iktisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim extiyojlarini
kondirishga karatilgan mahsulotlar kobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik mikdoriy
ulchov darajsiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yukori samaradorlik
kupincha imkoniyatlari bilan birgalikda istyemol kilishdan xosil bo’lgan
samaradorlikning yuksalishini izoxlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng
yukori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izoxlash kiyin emas. Xar bir
istyemol kilinayotgan yangi tovar o’zining eng yukori samaradorlik darajasiga teng
samaradorlik darajasini kengaytiradi.
Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi konunga ko’ra navbatdagi xar bir istyemol
kilinayotgan ne’matni yukori samaradorlik darajsi oldingi bosqichga nisbatan past
bo’ladi.
Demak, bir ulchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha . ne’matlar xosil kilish samarasi
oldingi bosqich da olingan natijalardan pastrok bo’ladi.
Iktisodiy samaradorlik bir necha iktisodiy kursatgichlar orqali tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha jo’ziy kursatgichlar orqali tavsiflanadi.
Samaradorlikning umumiy kursatgichi Mehnat unumdorligidir. U umummahsulot
mikdorining jonli Mehnat sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli Mehnat sarfi kunlarda
soatlarda xisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga Mehnat sigimi degan
samaradorlik kursatgichi xam kullanadi. Mehnat sigimi jonli Mehnatni mahsulot
mikdoriga nisbatan orqali aniklanadi. Mahsulotning material sigimi degan iktisodiy
kursatgich xam bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmokda..
Material sigimi moddiy ashyolar sarfini mahsulot mikdori ga nisbatan orqali
aniklanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond sigimi yoki
fondlar kaytimi kursatgichlari orqali ulchanadi. Kurinib turibdiki jo’ziy kursatgichlar
samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda
mahsulotlar mikdori kursatgichlari urnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot,
jami ichki mahsulot, sof mahsulot, qo’shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan
biri foyda milliy daromad kabi kategoriyalar kullaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniksa, respublikamizning xozirgi sharoitida
samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, xozirgi davrda
kupgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi,
zamonaviy texnologiya yetishmaydi, kadrlar malakasi yukori emas. Shuning uchun
resurslardan tejamli foydalanish, Mehnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy
sarmoyalarni eng zarur soxalarga joylashtirish yukori malakali kadrlar tayyorlash
kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab kilinadi.
Lekin oxirgi yillarda mamlakatimizda mamlakatimizda inkirozga karshi choralar
dasturi asosida qilingan ishlar natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 18
foizga tushirishga erishildi. Bu jaxon moliyaviy iktisodiy inkirozi kechayotgan bir
paytda juda katta natijadir. Bunday ishlar albatta korxonalar barqarorligini yanada
oshiradi. Chunki ishlab chiqarish tannarxi pasaytirilsa, mahsulot Sotish bahosi xam
nisbatan pasaytirilishi mumkin, bu esa bunday sharoitda mamlakatimizdagi
iste’molchilari uchun ayni muddao bo’ladi.
Olmaliq kon - metallurgiya kombinati , “O’zmetakom” aksiyadorlik ishlab
chiqarish birlashmalari, «O’zeltexsanoat» uyushmasi, “O’zkurilishmateriallari”
kompaniyasi singari va Boshqa korxona va tarmoqlarda mahsulot ishlab
chiqarish tannarxi 20-25 foizga kamaydi.
Bu korxonalar ishlab chikaradigan tayyor mahsulotlari Boshqa ishlab chiqarish
korxonalari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Masalan Olmlik kon-
metalurgiya kombinati ishlab chikarayotgan mis katodi va Boshqa mahsulotlari
O’zkabel korxonasida turli elektr o’zatuvchi simlar ishlab chiqarishda xom ashyo
bo’lib xizmat qiladi. Demak yukorida bir korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
tannarxining pasayishi, ikkinchi korxonaning xam mahsulot ishlab chiqarish
tannarxi pasayishiga olib keladi.
Inkirozga karshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yo’nalishlardan biri -
mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni xar tomonlama
qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, eksport saloxiyatini mustaxkamlash buldi.
Bu esa bunday korxonalar yanada barqaror ishlashida muxim ahamiyat kasb etdi.
Buning uchun korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish uchun
ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida kat’iy choralar kurildi. Energiya manbalari va
kommunal xizmatlar narxlarining asossiz oshishiga yul kuymaslik, Sanoat
korxonalarda texnologik jarayonlarni optimallashtirish xisobidan mahsulot
tannarxini pasaytirish, eksport narxlarini shakllantirishga doir yangi mexanizmlarni
joriy etish, bank kafolatlari muddatlarini o’zaytirish, qo’shimcha . qiymat soligini
kaytarish muddatini qisqartirish va Boshqa rag’batlantirish choralari shular
jumlasidandir.
Demak mamlakatimizda inkirozga karshi choralar dasturidan kelib chikib, Sanoat
korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi urganilib, mahsulot
tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlarni asossiz oshirilishiga yul kuyilmagan. Bu esa
korxonalarning moliyaviy holati yanada yaxshilanishiga turtki bo’lgan.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida korxonalarni qo’llab
quvvatlash maqsadida, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda
imtiyozli kreditlar berilishi xam muxim ahamiyatga egadir. Inkirozga karshi
dasturdagi amalga oshiririladigan yo’nalishlardan biri xam shundan iborat buldi.
Ya’ni mahsulot eksport qiladigan korxonalarga mamlakatimiz banklari tomonidan
imtiyozli kreditlar berildi. Bu esa ularning yanada barqaror ishlab chiqarishga
yordam berdi. Birgina utgan yilning o’zida bu korxonalarga aylanma mablag’larini
kupaytirish uchun umumiy mikdori 233 milliard so’mdan iborat imtiyozli kreditlar
berildi. Ma’lumki eksport kiluvchi korxonalar mahsulot eksport kilganda, xar doim
xam ishlab chiqarish bir xil boravermaydi. Chunki bunday sharoitda sotilgan
mahsulot puli o’z vaktida kelib tushmasligi yoki ishlab chikarilgan mahsulotga
talab oshishi yoki bulmasa ko’prok mahsulot ishlab chiqarish uchun texnika-
texnologiyalarning yetishmasligi natijasida korxonlarda vaktinchalik mahsulot
ishlab chiqarish tuxtab kolishi yoki belgilangan mikdorni ishlab chiqarishga
ulgurmasligi mumkin. Bunda banklarning imtiyozli kredilar berilishi korxonalar
uchun juda katta yordam bo’ladi. Bunda birinchidan ishlab chiqarish tezlashadi, bu
degani birinchidan Mehnat unumdorligi oshadi, ikkinchidan asosiy vositalar
rentabelligi oshadi. Bu ikkita ko’rsatkichlar xam bevosita korxona mahsulot ishlab
chiqarish tannarxiga kiruvchi o’zgarmas xarajatlarga bog’liqdir. Buning natijasida
esa korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada pasayadi.
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan
chora-tadbirlar natijasida ularning barqaror ishlashini ta’minlashga, 2011 yilda
eksport mahsulotlari hajmi 2010 yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga oshirishga
erishdik. Bu esa mamlakatimizda korxonalar iktisodiy tarakkiyotiga ijobiy ta’sirini
ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chikarilayotgan mahsulotlarni jaxon bozoriga
tanitadi. Bu esa o’z-o’zidan keyinchalik xorijiy davlatlarning mamalakatimiz bilan
turli yo’nalishlarda o’zaro manfaatli ishlar kilishiga zamin yaratadi.
Xulosa
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya kilish, texnik
yangilash va diversifikasiya kilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari
keng ko’lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o’sishiga bevosita
ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan
olib borilgan ishlar, inkirozga karshi choralar dasturining ishlab chikilishi bunday
salbiy natijalarning o’z vaktida oldini olishga erishildi. Xozirgi kunda butun jaxon
iktisodchi olimlari, yetakchi mutaxasislar tomonidan mamlakatimizda inkirozga
karshi olib borilayotgan ishlarga ijobiy baholar berilib, O’zbek modeli qanchalik
to’g’ri ekanligini tan olmokdalar, xamda mamlakatimiz tajribasini o’rganish
muxim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamokdalar. Mamlakatimiz jaxonda moliyaviy-
iktisodiy inkirozdan talofatsiz chikkan sanokli davlatlardan biri bulishga erishdi.
Sanoat korxonalarda xar doim xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxini
takomillash uni pasaytirishga karatilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda
bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlardja balki tashqi
bozorlarda, o’z raqobatbardoshligini oshirishga xarakat qiladi. Lekin bu ishlar,
ya’ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati jaxon
moliyaviy- iktisodiy inkirozi sharoitida tobora oshdi. Buning uchun
mamlakatimizda korxonalarni, ayniksa xorijga mahsulot eksport kiluvchi
korxonalarni xar tomonlama kullab quvvatlash maqsadida imtiyozlar,
rag’batlantirishlar berildi. Inkirozga uchrab bankrot bo’lgan korxonalarni kayta
ishga tushirishga davlat tomonidan turli choralar kurildi.
Mamlakatimizda inkirozga karshi choralar dasturida eng ahamiyatli ishlardan
biri, mamlakatimiz banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida,
davlatimiz tomonidan ularning ustavini keskin oshirildi. Bu esa banklarning
korxonalar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning
banklardagi pul mablag’larining tez va o’z vatida aylinishi ta’minladi. Bu esa
korxonalarning ishlab chiqarishini o’z vaktida bo’lishini ta’minlaydi. Bundan
tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera
olish imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda kup korxonalar, ayniksa
xorijga mahsulot eksport kiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga
muvaffak buldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi xamda
sifati oshirildi. Eksportyor canoat korxonalarda mahsulot sotilishida pul
mablag’lari o’z vatida kelib tushmasligi natijasida vaktinchalik ishlab chiqarishning
o’zilishi oldi olindi. Buning natijasida esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona
o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi.
Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy
ya’ni o’zgarmas xarajatlar xajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot
tannarxi kamaytirilishiga erishildi.
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona
moliyaviy holati ning yukoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot
ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi
mahsulot sifatini xamda xajmini oshirib, juda kup ijobiy natijalarni keltirib
chikaradi. Bulardan eng asosiysi Mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda
mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri Mehnatga xak to’lash
xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab
chikaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga
xak to’lash xarajatlari xisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi
xodimlardan samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini kupaytirish xamda
mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida
korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi.
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amartizasiya xisoblash uchuli xam
ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir
sharoitida amartizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o’ziga xos ijobiy
tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amartizasiya usulini
kullash, bir tomondan vaktinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada,
lekin amartizasiya xisobi natijasida korxonaga kup pul mablag’lari kelib tushadi. Bu
esa yukorida aytib utganimizdek kup ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa
tomondan esa
boshlang’ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko’p mikdordan amartizasiya xisoblash
natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amartizasiya xisoblaydi
va mahsulot tannarxi kamayadi.
Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi
ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu
ajratma xam korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo’lib, Mehnatga xak to’lash
xarajatlariga to’g’ri proporsional xisoblanadi. Agarda korxona Mehnatga xak
to’lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida mazkur xarajatning
xam samaradorligiga erishgan bo’ladi.
Demak korxonalar xar qanday vaziyatda, jumladan iqtisodiyotni
modernizasiyalash sharoitida mahsulot sifati xamda xajmini oshirishi, turli davlat
tomonidan berilayotgan imtiyozlardan okilona foydalanishi, ishchi va
xodimlaridan yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish
tannarxini kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini
yanada oshiradi.
Yukoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi takliflarini
keltirdik:
1.Sanoat korxonalarda xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish, ya’ni
ulardan ortikcha isrofgarchilikka yul kuyilmasligi lozim. Aks xolatda korxonaning
xom ashyo va materiallarga bo’lgan xarajatlarini oshirib mahsulot ishlab chiqarish
tannarxini oshiradi. Agarda ulardan okilona foydalanishni yo’lga kuyilsa mahsulot
ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga erishgan bo’ladi.
2.Korxona ishchi xodimlaridan samarali foydalanishni yo’lga kuyish orqali Mehnat
unumdorligini oshirish lozim. Ulardan mahsulot ishlab chiqarishda sifat va
mikdorining yaxshilashi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Mehnat unumdorligi
qancha oshsa mahsulot tannarxi xam shuncha kamayadi.
3.Asosiy vositalardan samarali foydalanishni yo’lga kuyish lozim. Ishlab
chiqarishda kam samara berayotgan asosiy vositalarni Sotishi yoki Boshqa Xo’jalik
yurituvchi subyektlarga ijaraga berish lozim. Natijada amartizasiya kamxisoblanib,
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yanada kamaytiradi.
4.Uzluksiz ravishda korxonada barcha xisob kitoblarni olib borish xamda tahlil
kilish lozim. Amartizasiya xisoblash usulining eng maqbulinitanlash kerak. Eng
maqbul deganda shu korxonaning shu davrdagi sharoitidan kelib chikadi.
Tezlashtirilgan amartizasi usulini tanlashi natijasida korxonaga ko’prok pul
mablag’lari keladi. Buning natijasida korxona turli operasiyalarini moliyalash
imkoniga ega bo’ladi yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan zamonaviy
texnikani tezrok olishga imkoni bo’ladi. Bu esa keyinchalik ishlab chiqarish
tannarxi pasayishiga imkon yaratadi.
5.Banklar tomonidan takdim etilayotgan imtiyozli kreditlardan samarali
foydalanish lozim. Bunda korxona ishlab chiqarishdja turli o’zilishlarni oldini olib
o’z vaktida ishlab chiqarishni amalga oshirib, realizasiya kilishi mumkin bo’ladi.
imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish natijasida Mehnat unumdorligi xam
oshadi. Bu esa mahsulot tannarxining pasayishiga zamin yaratadi.
6Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot realizasiya kilishda, eng
maqbul to’lov usuli oldindan to’lashni ta’minlash lozim. Bu esa korxonada
debitorlik karzlarini oshib ketish oldini oladi va ishlab chiqarish bir maromda
borishini ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - Toshkent: O’zbekiston,
2. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’ri sida”gi qonun
3. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’ri sida”gi qonun
4.
www.finance.uz
5.
www.menegment.uz
6. Soliq to’g’risidagi qonun
Do'stlaringiz bilan baham: |