Mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo’llari



Download 86,5 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi86,5 Kb.
#373893
Bog'liq
mikroiqtisodiyot


MAVZU. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO’LLARI

Kirish.

1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

2.«URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma korxonasi Xarajatlarning tahlili

3.Mahsulot tannarxi va uni hisoblash metodlari

4.Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va omillari

Xulosa

FOYDALANILGAN ADABYOTLAR RO’YXATI

KIRISH


Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya kilish, texnik yangilash va diversifikasiya kilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng kulamda amalga oshirilmokda. Shu asnoda, mazkur subyektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport saloxiyati yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofakiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.

Shu sababli, glabal moliyaviy inkiroz sharoitida moliya-bank tizimini qo’llab- quvvatlash, sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni xal etish va ularning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib xisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “ Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizasiya qilish uchun katta mablag’ sarflaymiz, ko’p miqdordagi xorijiy investisiyalarni jalb etamiz. Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to’liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o’sib ketishiga olib kelmoqda.1” Shuningdek, yurtboshimizning ushbu Jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari asarida xamda inkirozga karshi choralar dasturining anik bo’limlari - belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni xal etishga karatilgan.

1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi. Shuning uchun, keng institusional isloxotlarni amalga oshirish omillaridan biri, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash xamda xozirgi glabal moliyaviy- iktisodiy inkiroz sharoitida sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishdagi muammolarni xal etish yullarini moliyaviy-iktisodiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chikish lozimligi mazkur bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini bildiradi.

1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi,

2) davr xarajat­lari,

3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar,

4) favqulotda zararlarni oladi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida eng asosiy masalalardan biri mamlakatda jaxon talablariga javob beradigan, sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish xisoblanadi. Bunda ko’riladigan asosiy maqsad arzonrok xamda raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Buning uchun ishlab chikarilayotgan mahsulot tannarxi o’rganib, uni imkon qadar pasaytirish katta ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda mahsulot (ish, xizmat)lar xisobi 1999 yil 5 fevraldagi 54- sonli karoriga ilova Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va Sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’ri sidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Bugungi kunda amalda bo’lgan ushbu Nizomga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradigan moddalar sirasiga o’zgartirishlar kiritilgan. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini aniqlashdan maqsad:

1. Buxgalteriya xisobi schyotida jami xarajatlar tug’risida to’liq va aniq ma’lumotlarga ega bo’lish, korxona faoliyatini rentabelligi va bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshliligini aniqlash;

2. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini anik xisob-kitobini kilish;

3. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlarni aloxida tarkiblash va ularni moliyaviy natijaviylikka boglash;

4. Ishlab chiqarish xarajatlarini yuzaga chikishi va javobgarlik markazlari bo’yicha xisobga olish va nazorat kilish;

5. Solik to’lanadigan bazani anik xisob-kitobini yurtish va bu orqali ishlab chiqarish xarajatlari xamda korxona sarflarini Boshqarishni tashkil etishdan iboratdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chikarayotgan mahsulotlari tannarxini tahlil kilishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

-Ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganish va ularning holati ga baho berish;

-Mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha belgilangan rejani bajarilishi va dinamikasini nazorat kilish;

-Ishlab chiqarish xarajatlarini iktisodiy elementi va kalkulyasion moddalari bo’yicha o’rganish va ularga baho berish;

-Mehnat unumdorligi bilan ish xaqi xarajatlari urtasidagi nisbatni o’rganish ;

-Tannarxning o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni mikdor jixatidan xisoblash; -

-Ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo’yicha tahlil etish;

-Tannarxni pasaytirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va xakozo.

Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va cotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olishning umumiyligi ta’minlangan.

Buning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va cotish xarajatlarini rejalashtrish, tahlil etish va nazorat kilishga imkoniyat tugiladi.

Mazkur Nizom buxgalteriya xisobi maqsadlarida va Soliqqa tortish maqsadlarida xarajatlarni xisoblash tartiblaridagi farqlanishlarini xisobga olib ishlab chikilgan. Bunda tahlil kilishning asosiy maqsadi Xo’jalik yurituvchi subyektlarning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatga bardoshligini aniqlashdir.

Nizomda buxgalteriya xisobi bo’yicha foyda bilan Soliqqa tortiladigan foyda urtasidagi tafovutlarga izox berilgan.

Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya xisobidagi foydadan farq kilishining sababi shundaki, davlat solik siyosatiga muvofiq amaldagi solik konunchiligi bo’yicha korxona xarajatlarining bir qismi Soliqqa tortiladigan bazaga kirmaydi.

Nizomda moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy koidalari va xarajatlarni guruxlash berilgan.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)­ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:

Ishlab chiqarish xarajatlari:

– mahsulot tannarxi:

-Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:

-mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);

-ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;

-tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);

-energiya va yoqilg’ining hamma turlari;

-materiallarning tabiiy kamayishi.

-Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:

-bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;

-qo’shimcha to’lovlar;

-ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.

-Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:

-ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;

-nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar.

Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi:

-asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.

Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar:

-ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar;

-ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;

-asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;

-o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar;

-ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi.

-davr xarajatlari:

Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar:

-tovarlarni tashish xarajatlari;

-savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari;

Ma’muriy xarajatlar:

-boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari;

-ularga sug’urta ajratmalari;

-xizmat avtomobillarini asrash;

-boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi va h.k.

-boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi;

-xizmat safari xarajatlari.

Boshqa operasion xarajatlar:

-kadrlar tayyorlash;

-qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish;

-maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati to’lovlari va h.k.

-moliyaviy faoliyat xarajatlari:

-banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar;

-uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar; valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar;

-korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari.

-favqulodda zararlar:

-bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladiDavr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisobla­nadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq. Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi.Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.

Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:

-Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);

-Yordamchi va boshqa materiallar;

-Yoqilgi;

-Energiya;

-Asosiy va qo’shimcha ish haqi;

-Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;

-Asosiy fondlar amortizasiyasi;

Boshqa pul xarajatlari.

Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar kishi mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar).

Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi xarajatlar klassifikasiyalanadi.

Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi.

Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi.

Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).



Jadvalda «URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma korxonasi tomonidan sotilgan mahsulot tannarxining 2018-2019 yillar davomida o’zgarish tendensiyasini ko’rishimiz mumkin. Qo’shma korxonada yillar davomida mahsulot ishlab chiqarish va Sotish xajmi kamayib borgan, ya’ni bu 2018 yilda 7854061,7 ming so’m bo’lsa, 2019 yilga kelib bu mikdor 6068221,2 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 77,3 % ga kamaygan. Shunga mos ravishda ishlab chiqarishda sarflangan moddiy xarajatlar 2018 yilda 5419302,57 ming so’m bo’lsa, bu mikdor 2019 yilga kelib 4247754,84 ming so’mga aylangan. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan

43

mehnatga xak to’lash xarajatlari 2018 yilda 1256649,87 ming so’m bo’lsa, bu mikdor 2019 yilga kelib 940574,286 ming so’mga aylangan. Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari 2018 yilda 282746,221 ming so’m bo’lsa, bu mikdor 2019 yilga kelib 212387,742 ming so’mga aylangan. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 2018 yilda 785406,17 ming so’m bo’lsa, bu mikdor 2019 yilga kelib 546139,908 ming so’mga aylangan. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar 2018 yilda 109956,864ming so’m bo’lsa, bu mikdor 2019 yilga kelib 121364,424 ming so’mga aylangan. Bundan ko’rinadiki qo’shma korxonada mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot xajmi kamayishi xisobiga kamaygan. Umuman olganda bu ko’rsatkichlarning xar biri shu yillar davomida kamayish tendensiyasiga ega. Faqatgina amartizasiya xarajatlari to’g’ri chizikli usulda xisobga olib borilganligi uchun uncha katta o’zgarish bo’lmagan. Bunda 2019 yil asosiy vositalarni kayta baholash xamda yangi ishlab chiqarish uchun asosiy vositalar olinganligi xisobiga shu yilda unga nisbatan xisoblangan amartizasiya summasi xam oshishi kuzatilgan. Mahsulot ishlab chiqarish xajmi ma’lumotlardan ko’rinadiki 2018 yilda oldingi yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish xamda Sotish xajmi ko’proq oshgan bo’lsa, 2019 yilda o’tgan yilga nisbatan mahsulot Sotish xajmi pasayib borganligini ko’rishimiz mumkin. Demak, shuni aytish mumkinki “URG-ANTEP-YASHAM” qo’shma korxonasida 2018 yilda mahsulot ishlab chikarish xamda Sotish belgilangan tartibda olib borilib, mahsulot Sotish xajmini oshirishga erishilgan. Buni ijobiy baholashimiz mumkin. Chunki, mahsulot ishlab chiqarish va Sotish xajmining oshishi, mahsulot tannarxini oshirish xisobiga emas balki, mahsulot tannarxini kamaytirib, uning sonini oshirishga erishilgan. Buning natijasida korxonada ushbu davrda korxona faoliyati samaradorligi oshgan, mehnat unumdorligi oshgan va asosiy vositalar yanada yangilangan. Korxonaning bunda faoliyatini ijobiy faoliyat yuritilayotgan deb baho berishimiz mumkin.Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda qandaydir to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional ravishda taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma xarajatlar ham o’sha mahsulot tannarxiga kiradi.



Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlari­dan biri o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bo’lishidir. Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham lekin iste’mol xususiyati o’zgarmagan mahsulotlar kiradi.

Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari

Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.

Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.

Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.

Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.

Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ishlab chiqarish xarajatlari - sanoat korxonalari faoliyati muhim iqtisodiy ko'rsatkich. ishlab chiqarish qiymati ifoda korxona xarajatlarini bevosita ishlab chiqarish va bu mahsulotlar savdosi bilan bog'liq. Boshqa so'zlar bilan aytganda, iqtisodiy u mahsulot ishlab chiqarilgan turadi nima anglatadi. Bu ko'rsatkich mehnat xarajatlarini (ish haqi) va o'tgan mehnat (xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, materiallar va boshqa resurslarni qiymati, asosiy fondlarni amortizatsiya) xarajatlarini o'z ichiga oladi.

Sistematik qiymati kamaytirish yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va ishchilar farovonligini yaxshilash uchun mablag 'ozod qiladi. Bu foyda o'sishi muhim manbaidir. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.

Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.

Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.

Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.

Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.

Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.

Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin:

-tashkiliy-texnikaviy rezervlar;

-ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.

Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.

Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;

2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;

3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;

4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.

Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi.

Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.

Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.

Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:

-bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi

-hisob-kitob, ulchov funksiyasi

-iqtisodiy regulyator funksiyasi

-raqobat vositasi funksiyasi

-ijtimoiy himoya funksiyasi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:

-demping narx

-nufuzli narx

-milliy narx

-arzonlashtirilgan narx

-jahon narxi

-yashirin narx

-erkin narx

-standart narx

-kontrakt (ulgurji) narx

-chakana narx

-o’zgaruvchan narx

-limit narx

-muvozanat narx

Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi.

Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.

Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.

Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.

Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.

Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari

Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mav­judki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqador­ligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’min­laydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.

Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.

Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislat­lariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.

Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:

1. Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan narx)

2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).

3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.

Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:

-narxlashtirish masalasi qo’yiladi,

-talabi aniqlanadi,

-xarajatlari baholanadi,

-raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,

-narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,

-oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi.

«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgi­lashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.

«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.

Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiya­si agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.

Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.

Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z yashash davrini ham o’taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o’zgartirishlar kiritadi.

Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali etarli darajada ma’lum emas.

Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bog’liq. Bu daraja esa uchga bo’linadi:

-eng yangi mahsulot;

-texnikaviy ilg’or mahsulot;

-original bo’lmagan (yangi taqlidiy) va o’rinbosar mahsulotlar.

Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy masala «Qaymog’ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir.Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini o’rganadilar. O’ziga o’xshash o’rinbosarlari bo’lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar o’rtasida mavjud bo’lgan sifat va miqdorga qarab o’zgaradi.

Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o’sishi bosqichidan to’yinish bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.

To’yinish bosqichida narxlarni ko’tarish odatda talabning ko’payishi emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibati­dir. SHu sababli mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo’yiladi yoki tovarlar sotish hajmini ko’paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.

Yo’qolib ketayotgan mahsulotlarga narx belgilash.

Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash yo’li qo’llaniladi.Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami g’amlamalar sotib tugatilgunga qadar amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo’lida qo’shimcha xarajatlar, xususan mahsulot sotishni rag’batlantirish xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi. Raqiblarning bozorni tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu mahsulotga hali muhtoj bo’lgan muayyan bozor segmenti saqlanib qoladi. Bu esa mahsulot yashash davrining so’nggi bosqichi davrida bozorda qolgan firmaga o’z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog’ini olish» va «kirib olish» siyosatidir«Qaymog’ini olish» va «Kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favqulodda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Uning birinchisi – qimmat narxlar, ikkinchisi – arzon narxlar strategiyasidir.«Qaymog’ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o’rnatib asta-sekin uni tushirib boradi. «Qaymog’ini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentasiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to’yinishidan so’ng iste’molchilarni jalb qilish maqsadida narx pasaytiriladi. SHunday yo’l bilan to’liq daromad eng ko’p miqdorga etkaziladi. SHu sababli yagona yo’l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlashdir

Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.

Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi.

Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.

Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.

Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.

Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.

Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.

Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.

Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.

Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy- ekologik rezervlar kiradi.

Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.

Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.

Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin: - tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.

Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.

Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;

2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;

3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;

4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.

Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga yetkaziladi. Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. Shunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) uni Sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi. 3.2. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining konuniyatidir. U Mehnat unumdorligining tuxtovsiz o’sishi, Mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va Mehnat resurslaridan rasional foydalanish, Xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib bormokda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizi absolyut xajmni oshirib yuboradi.

Ya’ni korxonada ishlab chikarilayotgan mahsulotning tannarxini 1 %ga kamaytirish evaziga korxona ancha mikdorda moliyaviy resurslarini iktisod kilishga erishadi. Bu xar qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb masalalrdan biri xisoblanadi.

Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yullarini keltiramiz. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy kilish va mahsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaralirok foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan Mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi.

Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirish xamda kullanilayotgan texnikadan foydalanishni xisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida utgan va jonli Mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan utgan Mehnatni tejash xuddi shu mikdordagi xom- ashyo va materiallardan ko’prok mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi; jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi, ya’ni xar bir ishchiga xisoblanaganda ko’prok mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika tarakkiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilg’or texnologiya ishlab chiqarishni Boshqarishni takomillashtirish asosida Mehnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.

Moddiy va pul mablag’larini sarflashda kat’iy iktisodiy tejashga rioya kilish katta ahamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga doir sarflarini kamaytirish, material shuningdek ishlab chiqarish chikindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida ruy beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish xaqi fondini rasional sarflash sex va umumzavod xarajatlarini kamaytirish - bularning barchasi u yoki bu darajsida mahsulotning arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi.Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yokilgi va energiya yetkazib berishning o’zilib kolishi ishlab chiqarish ritmini bo’zishga bekor turtib kolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va okibat natijada unumsiz xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotga xaddan tashqari normativdan ortikcha zapaslarni bo’lishi xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zahira kupayib ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga Mehnatni tashkil etishda takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. Xar qanday texnikadan xatto yangisidan xam ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil kilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik prosesslarni mexanizasiya va avtomatlashtirish bilan bir katorda, Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish kerak.

Mahsulot tannarxini pasaytirishda xisobotning roli kattadir. Xisob olib borish yokilgi va energiyadan, xom ashyo va materiallardan rasional foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamgarmasini oshirish ikonini beradi.

Kolektivning kuchini yetishtirilladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga karatish uchun ishlab chiqarishga kilinadigan xarajatlarni to’g’ri rejalashtirish va xisobga olish zarur. Iktisod kilish yullarni aniqlash ortikcha xarjatlarning sababini ochib tashlash uchun bu xarjatlarni doimi tahlil kilib turish kerak. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini tahlil kilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarning takomillashtirshiuchun muxim ahamiyatga ega. Lekin tahlil faqatgina tannarxning pasaytirsh rejasini bajarilishiga kuyilgan baho bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish xarajatlarini yanada kamaytirish uchun taxlikiy va texnikaviy xarakatlarni xam kurishi kerak.

Mahsulot ishlab chiqarishni tahlil kilishning ishchilarning aktiv ishtirok etishlari uni pasaytirishning muxim yulidir.

Xarajatlar korxonaga bog’liq bulmagan omillarga karab o’zgaradi.

Masalan;

resurs narxi xar xil xizmat xakkining tebranishi korxona xoxishidan kat’iy nazar xarajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish kulami kengaysa, resurslar sarfi kiskaradi, chunki ular kamrok isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy etilganda xarajatlar keskin kiskaradi. O’rtacha xarajatlar Mehnat unumliga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mehnatni unumigning ortishi xam moddiy xam Mehnat sarfini kiskartiradi bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit Mehnat unumdorligi xarajatlari pasaytirish orqali foydani kupaytiradi.

Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar qanchalik kiskarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yo’nalishlaridan biri bu fan texnika tarakkiyotining yutuklaridan okilona foydalanishga erishishdir. Fan texnika tarakkiyoti yutuklaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom-ashyo materiallaridan yokilgi resurslaridan yanada tularok foydalanishga imkon beradi. Shuningdek yangi unumdorligi yukori bo’lgan samarador mashina, dastgoxda yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan texnika tarakkiyoti ning 20-asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati prinsipal yangi texnologik usulga utilishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yukori iktisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuktai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir. Xarajatlarni pasaytirish asosiy yo’nalishlardan biri bu ishlab chiqarish va Mehnat tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yukotishlarni kamaytirish yuli bilan xarjatlarni pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli Mehnatni iktisod kilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi.

Samaradorlik iktisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim extiyojlarini kondirishga karatilgan mahsulotlar kobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik mikdoriy ulchov darajsiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yukori samaradorlik kupincha imkoniyatlari bilan birgalikda istyemol kilishdan xosil bo’lgan samaradorlikning yuksalishini izoxlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng yukori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izoxlash kiyin emas. Xar bir istyemol kilinayotgan yangi tovar o’zining eng yukori samaradorlik darajasiga teng samaradorlik darajasini kengaytiradi.

Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi konunga ko’ra navbatdagi xar bir istyemol kilinayotgan ne’matni yukori samaradorlik darajsi oldingi bosqichga nisbatan past bo’ladi.

Demak, bir ulchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha . ne’matlar xosil kilish samarasi oldingi bosqich da olingan natijalardan pastrok bo’ladi.

Iktisodiy samaradorlik bir necha iktisodiy kursatgichlar orqali tavsiflanadi.

Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha jo’ziy kursatgichlar orqali tavsiflanadi.

Samaradorlikning umumiy kursatgichi Mehnat unumdorligidir. U umummahsulot mikdorining jonli Mehnat sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli Mehnat sarfi kunlarda soatlarda xisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga Mehnat sigimi degan samaradorlik kursatgichi xam kullanadi. Mehnat sigimi jonli Mehnatni mahsulot mikdoriga nisbatan orqali aniklanadi. Mahsulotning material sigimi degan iktisodiy kursatgich xam bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmokda..

Material sigimi moddiy ashyolar sarfini mahsulot mikdori ga nisbatan orqali aniklanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond sigimi yoki fondlar kaytimi kursatgichlari orqali ulchanadi. Kurinib turibdiki jo’ziy kursatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda mahsulotlar mikdori kursatgichlari urnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami ichki mahsulot, sof mahsulot, qo’shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda milliy daromad kabi kategoriyalar kullaniladi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniksa, respublikamizning xozirgi sharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, xozirgi davrda kupgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi, zamonaviy texnologiya yetishmaydi, kadrlar malakasi yukori emas. Shuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, Mehnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur soxalarga joylashtirish yukori malakali kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab kilinadi. Lekin oxirgi yillarda mamlakatimizda mamlakatimizda inkirozga karshi choralar dasturi asosida qilingan ishlar natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 18 foizga tushirishga erishildi. Bu jaxon moliyaviy iktisodiy inkirozi kechayotgan bir paytda juda katta natijadir. Bunday ishlar albatta korxonalar barqarorligini yanada oshiradi. Chunki ishlab chiqarish tannarxi pasaytirilsa, mahsulot Sotish bahosi xam nisbatan pasaytirilishi mumkin, bu esa bunday sharoitda mamlakatimizdagi iste’molchilari uchun ayni muddao bo’ladi.

Olmaliq kon - metallurgiya kombinati , “O’zmetakom” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmalari, «O’zeltexsanoat» uyushmasi, “O’zkurilishmateriallari” kompaniyasi singari va Boshqa korxona va tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 20-25 foizga kamaydi.

Bu korxonalar ishlab chikaradigan tayyor mahsulotlari Boshqa ishlab chiqarish korxonalari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Masalan Olmlik kon- metalurgiya kombinati ishlab chikarayotgan mis katodi va Boshqa mahsulotlari O’zkabel korxonasida turli elektr o’zatuvchi simlar ishlab chiqarishda xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Demak yukorida bir korxonaning mahsulot ishlab chiqarish tannarxining pasayishi, ikkinchi korxonaning xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi.

Inkirozga karshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yo’nalishlardan biri - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni xar tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, eksport saloxiyatini mustaxkamlash buldi. Bu esa bunday korxonalar yanada barqaror ishlashida muxim ahamiyat kasb etdi.

Buning uchun korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish uchun ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida kat’iy choralar kurildi. Energiya manbalari va kommunal xizmatlar narxlarining asossiz oshishiga yul kuymaslik, Sanoat korxonalarda texnologik jarayonlarni optimallashtirish xisobidan mahsulot tannarxini pasaytirish, eksport narxlarini shakllantirishga doir yangi mexanizmlarni joriy etish, bank kafolatlari muddatlarini o’zaytirish, qo’shimcha . qiymat soligini kaytarish muddatini qisqartirish va Boshqa rag’batlantirish choralari shular jumlasidandir.

Demak mamlakatimizda inkirozga karshi choralar dasturidan kelib chikib, Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi urganilib, mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlarni asossiz oshirilishiga yul kuyilmagan. Bu esa korxonalarning moliyaviy holati yanada yaxshilanishiga turtki bo’lgan.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida korxonalarni qo’llab quvvatlash maqsadida, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda imtiyozli kreditlar berilishi xam muxim ahamiyatga egadir. Inkirozga karshi dasturdagi amalga oshiririladigan yo’nalishlardan biri xam shundan iborat buldi.

Ya’ni mahsulot eksport qiladigan korxonalarga mamlakatimiz banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berildi. Bu esa ularning yanada barqaror ishlab chiqarishga yordam berdi. Birgina utgan yilning o’zida bu korxonalarga aylanma mablag’larini kupaytirish uchun umumiy mikdori 233 milliard so’mdan iborat imtiyozli kreditlar berildi. Ma’lumki eksport kiluvchi korxonalar mahsulot eksport kilganda, xar doim xam ishlab chiqarish bir xil boravermaydi. Chunki bunday sharoitda sotilgan mahsulot puli o’z vaktida kelib tushmasligi yoki ishlab chikarilgan mahsulotga talab oshishi yoki bulmasa ko’prok mahsulot ishlab chiqarish uchun texnika- texnologiyalarning yetishmasligi natijasida korxonlarda vaktinchalik mahsulot ishlab chiqarish tuxtab kolishi yoki belgilangan mikdorni ishlab chiqarishga ulgurmasligi mumkin. Bunda banklarning imtiyozli kredilar berilishi korxonalar uchun juda katta yordam bo’ladi. Bunda birinchidan ishlab chiqarish tezlashadi, bu degani birinchidan Mehnat unumdorligi oshadi, ikkinchidan asosiy vositalar rentabelligi oshadi. Bu ikkita ko’rsatkichlar xam bevosita korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi o’zgarmas xarajatlarga bog’liqdir. Buning natijasida esa korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada pasayadi.

Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning barqaror ishlashini ta’minlashga, 2011 yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010 yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga oshirishga erishdik. Bu esa mamlakatimizda korxonalar iktisodiy tarakkiyotiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chikarilayotgan mahsulotlarni jaxon bozoriga tanitadi. Bu esa o’z-o’zidan keyinchalik xorijiy davlatlarning mamalakatimiz bilan turli yo’nalishlarda o’zaro manfaatli ishlar kilishiga zamin yaratadi.



Xulosa Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya kilish, texnik yangilash va diversifikasiya kilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o’sishiga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan olib borilgan ishlar, inkirozga karshi choralar dasturining ishlab chikilishi bunday salbiy natijalarning o’z vaktida oldini olishga erishildi. Xozirgi kunda butun jaxon iktisodchi olimlari, yetakchi mutaxasislar tomonidan mamlakatimizda inkirozga karshi olib borilayotgan ishlarga ijobiy baholar berilib, O’zbek modeli qanchalik to’g’ri ekanligini tan olmokdalar, xamda mamlakatimiz tajribasini o’rganish muxim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamokdalar. Mamlakatimiz jaxonda moliyaviy-iktisodiy inkirozdan talofatsiz chikkan sanokli davlatlardan biri bulishga erishdi.

Sanoat korxonalarda xar doim xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillash uni pasaytirishga karatilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlardja balki tashqi bozorlarda, o’z raqobatbardoshligini oshirishga xarakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati jaxon moliyaviy- iktisodiy inkirozi sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniksa xorijga mahsulot eksport kiluvchi korxonalarni xar tomonlama kullab quvvatlash maqsadida imtiyozlar, rag’batlantirishlar berildi. Inkirozga uchrab bankrot bo’lgan korxonalarni kayta ishga tushirishga davlat tomonidan turli choralar kurildi.

Mamlakatimizda inkirozga karshi choralar dasturida eng ahamiyatli ishlardan biri, mamlakatimiz banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, davlatimiz tomonidan ularning ustavini keskin oshirildi. Bu esa banklarning korxonalar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning banklardagi pul mablag’larining tez va o’z vatida aylinishi ta’minladi. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o’z vaktida bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda kup korxonalar, ayniksa xorijga mahsulot eksport kiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffak buldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi xamda sifati oshirildi. Eksportyor sanoat korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag’lari o’z vatida kelib tushmasligi natijasida vaktinchalik ishlab chiqarishning o’zilishi oldi olindi. Buning natijasida esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi.

Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya’ni o’zgarmas xarajatlar xajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi.

Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holati ning yukoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini xamda xajmini oshirib, juda kup ijobiy natijalarni keltirib chikaradi. Bulardan eng asosiysi Mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri Mehnatga xak to’lash xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chikaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga xak to’lash xarajatlari xisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini kupaytirish xamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi.

Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amartizasiya xisoblash uchuli xam ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir sharoitida amartizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o’ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amartizasiya usulini kullash, bir tomondan vaktinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin amartizasiya xisobi natijasida korxonaga kup pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa yukorida aytib utganimizdek kup ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa

boshlang’ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko’p mikdordan amartizasiya xisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amartizasiya xisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi.

Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma xam korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo’lib, Mehnatga xak to’lash xarajatlariga to’g’ri proporsional xisoblanadi. Agarda korxona Mehnatga xak to’lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida mazkur xarajatning xam samaradorligiga erishgan bo’ladi.

Demak korxonalar xar qanday vaziyatda, jumladan iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot sifati xamda xajmini oshirishi, turli davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan okilona foydalanishi, ishchi va xodimlaridan yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini yanada oshiradi.

Yukoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi takliflarini keltirdik:

1.Sanoat korxonalarda xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish, ya’ni ulardan ortikcha isrofgarchilikka yul kuyilmasligi lozim. Aks xolatda korxonaning xom ashyo va materiallarga bo’lgan xarajatlarini oshirib mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshiradi. Agarda ulardan okilona foydalanishni yo’lga kuyilsa mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga erishgan bo’ladi.

2.Korxona ishchi xodimlaridan samarali foydalanishni yo’lga kuyish orqali Mehnat unumdorligini oshirish lozim. Ulardan mahsulot ishlab chiqarishda sifat va mikdorining yaxshilashi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Mehnat unumdorligi qancha oshsa mahsulot tannarxi xam shuncha kamayadi.

3.Asosiy vositalardan samarali foydalanishni yo’lga kuyish lozim. Ishlab chiqarishda kam samara berayotgan asosiy vositalarni Sotishi yoki Boshqa Xo’jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berish lozim. Natijada amartizasiya kamxisoblanib, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yanada kamaytiradi.

4.Uzluksiz ravishda korxonada barcha xisob kitoblarni olib borish xamda tahlil kilish lozim. Amartizasiya xisoblash usulining eng maqbulinitanlash kerak. Eng maqbul deganda shu korxonaning shu davrdagi sharoitidan kelib chikadi.

Tezlashtirilgan amartizasi usulini tanlashi natijasida korxonaga ko’prok pul mablag’lari keladi. Buning natijasida korxona turli operasiyalarini moliyalash imkoniga ega bo’ladi yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnikani tezrok olishga imkoni bo’ladi. Bu esa keyinchalik ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga imkon yaratadi.

5.Banklar tomonidan takdim etilayotgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish lozim. Bunda korxona ishlab chiqarishdja turli o’zilishlarni oldini olib o’z vaktida ishlab chiqarishni amalga oshirib, realizasiya kilishi mumkin bo’ladi. imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish natijasida Mehnat unumdorligi xam oshadi. Bu esa mahsulot tannarxining pasayishiga zamin yaratadi.

6Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot realizasiya kilishda, eng maqbul to’lov usuli oldindan to’lashni ta’minlash lozim. Bu esa korxonada debitorlik karzlarini oshib ketish oldini oladi va ishlab chiqarish bir maromda borishini ta’minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - Toshkent: O’zbekiston, nashriyoti 2015 I.Ahmedov

2. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’ri sida”gi qonun

3. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’ri sida”gi qonun

4. www.finance.uz



5. www.menegment.uz

6. Soliq to’g’risidagi qonun
Download 86,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish