Mavzu: ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuv


Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi



Download 49,32 Kb.
bet6/11
Sana22.07.2022
Hajmi49,32 Kb.
#835257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI VA ULARNING TURKUMLANISHIGA TURLICHA YONDASHUV

Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ishchilarini yetishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi. Yangidan yaratilgan sof mahsulotning tarkibini quyidagi 4-chizmada aniqroq tasvirlash mumkin.
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m, massasini m, zaruriy mahsulotni v bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi ko‘rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, qo‘shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida har doim ziddiyat va aloqadorlik bo‘ladi. Ularning har ikkalasida ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo‘lida foydalaniladi.
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi deb atashadi. Masalan, ishlab chiqarish omillari – yer (E), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab chiqarishda qo‘llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funksiyasi dan iborat bo‘ladi.
Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning, ya’ni sarflarning har birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko‘rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko‘paytirish mo‘ljallangan mahsulot hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko‘paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda o‘lchaydilar: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot.

Download 49,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish