Kurs ishi
Mavzu: Isbot qilish asoslari
Kurs ish
Mavzu:Isbot qilish asoslari
Z.N.Aliqulov 31b
2022-yil Nukus
MUNDAREJA
1.Kirish..............................................3
Birinchi bólim
Isbot qilish asoslari haqida tasnif........................................8
1* Isbotlash predmeti........................................................................13
2* Isbotlashdan ozod qilish asoslari................................................................17
Ikkinchi bólim
Sudga oid dalillar..........................................................19
1*Dalillarni aloqadorligi va Isbotlash vositalariga yól qóyilishi.............................23
2*Taraflar órtasida Isbotlash burchini taqsimlash..................................................26
Uchinchi bólim.
Dalillarning tasnifi.....................................29
1*Dalillarni ta'minlash.............................................32
2*Sud topshiriqlari...........................................................34
Xulosa...............................................................35
Foydalanilgan adabiyotlar........................................36.
Kirish
Fuqarolik sud ishlarini yuritishning muhim tarkibiy qismi qonuniy,
asosli va adolatli hal qiluv qarori qabul qilish maqsadida ko‘rilayotgan
ishdagi holatlar va faktlarning haqqoniyligini isbotlash masalalari hisoblanadi. Ma’lumki, sudda dalillardan faktik holatlarni belgilash maqsadida foydalaniladi. Sud bironbir fuqarolik ishini undagi mavjud holatlarni aniqlamasdan turib hal etishi mumkin emas.
Yuridik adabiyotlarda ham qat’iy protsessual shaklda amalga
oshiriladigan faoliyat bo‘lmish odil sudlovning zaruriy sharti sud hal qiluv
qarorining sud majlisida isbotlash vositalari orqali aniqlangan holatlargagina asoslanishida ekanligi ta’kidlanadi.297
Fuqarolik protsessida isbotlash va dalillar masalasining dolzarbligini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 2007 yil 2 oktyabrda “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinganligida ham ko‘rish mumkin. Mazkur Plenum qarorida fuqarolarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishga qaratilgan murojaatlari keskin oshib borayotgan bir paytda nizolarni bevosita dalillarga
tayangan holda hal etish muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlanadi.298 Ma’lumki, dalil voqelikning haqiqiy (faktik) holatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sud ishning holatini aniqlamay turib, biron bir fuqarolik ishni mazmunan hal qila olmaydi. Sud fuqarolar va tashkilotning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlarini himoya qilish kabi asosiy vazifasini to‘liq amalga oshirishi uchun, avvalo, da’vogar talab qilayotgan da’vosida haqiqatan ham uning huquqi mavjudligini; uning aynan nimadaifodalanishini; ma’lum bir majburiyat javobgarga tegishliligi to‘g‘risidagi huquq mavjud ekanligini belgilashi, ya’ni nizolashuvchining huquqiy munosabatlarini aniqlashi kerak. Biroq huquq va majburiyat o‘zo‘zidan vujudga kelmaydi. Ularning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi qonunda ma’lum yuridik faktlarning mavjudligi bilan bog‘lanadi. Shu
sababli, nizoli huquqiy munosabatlarni aniqlash uchun haqiqatda qanday
yuridik faktlar sodir bo‘lganligini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
Odil sudlov – ma’lum protsessual tartib(shakl)da amalga oshiriladigan
faoliyat va uning asosiy talablaridan biri bu sud o‘z qarorlarini sud
muhokamasida isbotlangan dalillar, ya’ni protsess davomida isbotlangan
hamda sud dalillari yordamida sud muhokamasida belgilangan faktlar
bilan asoslashi lozim. Fuqarolik protsessual qonun sudda yo‘l qo‘yiladigan
dalillar ro‘yxatinigina emas, balki ulardan foydalanishning protsessual
tartibini ham belgilaydi. Kodeksda isbotlashning har bir turi uchun bir
qator qoidalar berilgan bo‘lib, ushbu qoidalar dalillarni tekshirish va ularni
olish tartibini nazarda tutadi. Masalan, ish yuzasidan guvoh bo‘la olishi
mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati, ekspertizani tayinlash tartibi, sudga olib
kelish mumkin bo‘lmagan ashyoviy dalillarni ko‘rib chiqish shular
jumlasidandir.
Fuqarolik protsessida ham ish uchun muhim bo‘lgan dalillarni
aniqlash borasidagi faoliyat sud orqali amalga oshiriladi va u “dalillarni
isbotlash”, deb nomlanadi. O‘z navbatida, sud tomonidan aniqlanishi
lozim bo‘lgan holatlar isbotlash predmeti deb atalsa, ish uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni isbotlash amalga oshiriladigan vositalar sudga oid dalillar deyiladi.
Yuridik adabiyotlarda fuqarolik protsessida isbotlash tushunchasi
bo‘yicha ikki xil nuqtai nazar ilgari surib kelinadi. Sh.Sh.Shoraxmetov va
A.A.Vlasovning fikricha, isbotlash deb, fuqarolik protsessi subyektlari
bo‘lgan taraflar, sud, prokuror va boshqa shaxslarning fuqarolik ishini hal
qilish uchun zarur bo‘lgan faktlarning mavjud bo‘lish-bo‘lmasligini aniqlashga qaratilgan faoliyatlariga aytiladi.299 I.V. Reshetnikova va Z.N.Esanovalarning fikricha, fuqarolik protsessual huquq nazariyasida isbotlash tushunchasi negizida sud va boshqa subyektlarning faoliyati yotadi. Bu faoliyat o‘zida isbotlash predmetini aniqlash, ishga tegishli dalillarni to‘plash, sud jarayonida dalillarni o‘rganish va baholash kabi harakatlarni ifodalaydi.
Isbot qilish asoslari haqida tasnif
Isbot qilish asoslari haqida mamlakatimizning boshqa huquqshunos olimlari tomonidan ham bir necha fikrlar bildirilgan.301 Lekin boshqa bir guruh olimlarning fikricha, suddagi isbotlashning subyekti sifatida sud e’tirof etilmaydi. Xususan, A.F.Kleynmanning fikricha, fuqarolik protsessida isbotlash faqat taraflarning protsessual faoliyati hisoblanib, ushbu faoliyat o‘zida dalillarni taqdim etish, qarama-qarshi tomoning dalillarini rad etish, iltimosnomalar taqdim etish, dalilarni tekshirishda ishtirok etish kabilarda namoyon bo‘ladi. K.S.Yudelson esa sudga doir isbotlashni protsess ishtirokchilarining qonun hujjatlarini nazarda tutilgan vositalar yordamida taraflar o‘rtasidagi nizoli masalani hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning mavjud yoki mavjud emasligiga qaratilgan faoliyati, deb ta’rif beradi. A.K.Sergunning fikricha, isbotlash – bu sudga oid dalillar yordamida ish holatlarini aniqlash bo‘yicha faoliyat hisoblanib, ish bo‘yicha dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi, sud ushbu dalillarni to‘playdi, ularning iltimosnomasiga ko‘ra ish bo‘yicha guvohlarni protsessga jalb etadi, yozma yoki ashyoviy dalilarni talab qilib oladi. Sud taraflarga qo‘shimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi, agar qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirsa, ularning iltimosnomasiga ko‘ra dalillar to‘plashda ularga yordam ko‘rsatishi mumkin.Darhaqiqat, tortishuvchilik prinsipiga muvofiq, sud taraflarga ish bo‘yicha dalillar to‘plashga ko‘maklashadi, agar qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirsa, sud ularning iltimosnomasiga ko‘ra dalillar to‘plashda ularga yordam ko‘rsatadi. Isbotlash sudga oid dalillar yordamida ish holatlarini aniqlash bo‘yicha faoliyat hisoblanib, taraflarning va manfaatdor shaxslarning ishga doir dalillarni to‘plash, sudga taqdim etish, uni tekshirish va baholash jarayonlarida ishtirok etishi kabi protsessual harakatlari natijasida yuzaga keladi.Suddagi isbotlashning subyektlari sifatida faqat taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar e’tirof etiladi.
1.Isbotlash predmeti
Sudga oid dalillar va umuman, isbotlashning barcha jarayonlari ish yuzasidan moddiy-huquqiy va protsessual huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Shu ma’noda isbotlash predmeti fuqarolik ishini ko‘rish va mazmunan hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik faktlar hisoblanadi. Sh.Sh.Shoraxmetov o‘z darsligida isbotlash predmetiga birmuncha keng ta’rif bergan. Unga ko‘ra, isbotlash predmeti deb, muayyan huquqni vujudga keltiradigan yoki o‘zgartiradigan yoxud bekor qiladigan yoinki huquqning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladigan faktlarga aytiladi. Fuqarolik protsessi taraflarning tortishuvi asosida qurilganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, har bir taraf o‘zining talab va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi (FPKning 72-moddasi birinchi qismi). Sudga murojaat qilgan da’vogar o‘z talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan Ayrim olimlar otalikni da’vo tartibida belgilash haqidagi ishlarda isbotlash predmeti sifatida bolaning onasi bilan javobgarning birga yashaganligi va umumiy ro‘zg‘or yuritganligi yoki ularning bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud moddiy jihatdan ta’minlab turganliklarini aniq tasdiqlovchi dalillarni nazarda tutadilar.Mehnat nizolari bo‘yicha isbotlash predmetini nimalar tashkil etishi yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha 38 nafar sudyalar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar olib borilganda ularning aksariyati isbotlash predmeti sifatida quyidagilarni ko‘rsatganlar:
- da’vogarning ruhiy azoblanishi;
- tibbiy ma’lumotnoma;
- ish beruvchi yoki xodimning g‘ayriqonuniy harakat yoki harakatsizligi isbotlanganligi;
- ish beruvchining g‘ayriqonuniy harakati tufayli qabul qilingan buyruq va hujjatlar;
-sudtibbiy ekspertiza xulosasi;
- nogironlik varaqasi;
- guvoh ko‘rsatmalari;
- turli yozishmalar;
- kasallik tarixidan ko‘chirma va h.k.311
Isbotlash predmetiga, birinchi navbatda, da’voning asosiga qo‘yilgan faktlar, ya’ni da’vogar o‘zining talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar mansub bo‘ladi. Isbotlash predmetiga, shuningdek javobgar tomonidan da’voga qarshi bildirilgan e’tirozlarni asoslaydigan faktlar ham kiradi. Agarda protsessga mustaqil da’vo bilan murojaat qiluvchi uchinchi shaxs kirishadigan bo‘lsa yoki javobgar da’vogarga qarshi da’vo taqdim qiladigan bo‘lsa, u holda isbotlash predmeti bunday da’volarning asosiga qo‘yilgan faktlar hisoblanadi. Ayrim hollarda taraflar o‘z talab va e’rozlariga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlarda hatolikka ham yo‘l qo‘yishi mumkin. Masalan, taraflar ish uchun yuridik ahamiyatga ega bo‘lmagan dalillarni taqdim etish holatlari uchraydi. Ayrim hollarda taraflar, aksincha, huquqiy oqibat yuzaga keltiradigan hamma dalillarni ham sudga taqdim etavermaydilar. Shuning uchun ham isbotlash predmetiga kiradigan faktik holatlar doirasini oxir oqibat sud belgilaydi. Shuning uchun sud faqat ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarnigina ko‘rishga qabul qiladi, raislik qiluvchi sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari to‘liq, har taraflama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy ta’sirini ta’minlaydi, ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi (FPKning 73-moddasi, 211-moddasi ikkinchi qismi). O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007 yil 2 oktyabrdagi “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida ham tushuntirishlar berilgan. Unga ko‘ra, ayrim faktlar isbotlash predmetiga kirmaydi va isbotlashga muhtoj emas, chunonchi, sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar, sudning qonuniy kuchga kirgan fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv qarori va jinoyat ishi bo‘yicha sudning hukmi bo‘yicha aniqlangan faktlar shular jumlasidandir. Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan dalillarni qabul qilishga, shuningdek kelib chiqqan nizo bo‘yicha isbotlash vositalari bo‘la olmaydigan ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.Har bir konkret ish bo‘yicha isbotlash predmetini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar aniqlanmas ekan, bu ish yuzasidan asoslantirilmagan hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib keladi.
2.Isbotlardan ozod qilish asoslari.
Isbotlashdan ozod qilinadigan holatlar fuqarolik protsessual huquqida ikkita asosga: hammaga ma’lum deb topilgan holatlarga va preyuditsial (avvaldan aniqlangan faktlar, lotincha «praejudicium» dastlabki hal qiluv qarori) asoslarga bo‘linadi. FPKning 75-moddasiga ko‘ra, sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas. Darhaqiqat, hammaga ma’lum bo‘lgan, shu jumladan sudyalarga ham ma’lum bo‘lgan shunday faktlar borki, ularning bo‘lgan bo‘lmaganligini isbotlash mutlaqo talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 4-bandida shunday tushuntirish beriladi: hammaga ma’lum bo‘lgan fakt deganda, taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va sudyalarning o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni tushunish lozim. Bunday fakt hammaga ma’lum bo‘lganligi sababli, uni isbotlash shart emas, biroq taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni tegishli faktlarni isbotlashdan ozod etish uchun, sud uni hammaga ma’lum holat deb e’tirof etishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, faktning hammaga ma’lumligi to‘g‘risida asoslangan xulosa har qanday sud instansiyasi tashabbusiga ko‘ra sud jarayonining har qanday bosqichida yoki o‘z talab va e’tirozlarini isbotlash maqsadida ushbu faktga murojaat qilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, hammaga ma’lum faktlar isbotlashga muxtoj emasligi
bois, faktlarni hammaga ma’lum faktlar deb topish to‘g‘risidagi vakolat sudlarga taqdim etilgan. Ta’kidlash kerakki, ma’lumotlarning tarqalganlik ko‘lamiga ko‘ra hammaga ma’lumlik darajasi turlicha bo‘ladi, ya’ni:
- mamlakat hududidan tashqariga chiqishi, ya’ni dunyo bo‘yicha ma’lum faktlar. Dunyo bo‘yicha ma’lum bo‘lgan faktlarga misol qilib Chernobil AESda yuz bergan avariya va uning sodir bo‘lgan kunini (1986 yil 26 aprel) keltirish mumkin va h.k.;
- mamlakat hududida ma’lum faktlar;
- mahalliy tusga ega bo‘lib, ish ko‘rilayotgan muayyan bir viloyat yoki tuman hududida ma’lum faktlar.
Tarqatilganlik darajasiga ko‘ra, hammaga ma’lum faktlar isbotlashga muhtoj emas, biroq tarqatilganlik darajasi bilan quyidagi huquqiy oqibatlar bog‘liq: mamlakat doirasida hammaga ma’lum bo‘lgan faktni sud qat’iy tartibda o‘zining qarori bilan hal qilishi mumkin. Agar fakt, masalan, bitta tuman doirasida ma’lum bo‘lsa, bu fakt dalillar bilan tasdiqlanmaydi va shu sababli sud o‘z qarorida bu holat shu joyda yashovchi hamma aholiga
ma’lum bo‘lishi va shu tufayli bu holatning da’vogar yoki javobgar tomonidan dalillar bilan isbotlanishi zarur bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Isbotlashdan ozod qilishning ikkinchi asosi faktning preyuditsialligi (muqaddam hal etilganligi) hisoblanib, unga ko‘ra, bir fuqarolik ishibo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan aniqlangan faktlar, aynan shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishi ko‘rilishida qayta isbotlanmaydi.
FPKning 75-moddasiga muvofiq, jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilgan yoki etilmaganligi masalalari yuzasidangina majburiydir. Sud jinoyat ishidan kelib chiquvchi da’voni ko‘rishda javobgarning aybdorligi masalasini muhokama qilishga haqli emas, balki faqat fuqaroviy nizoni hal qilishi mumkin. Sudning xulosasida hukmning mavjudligidan tashqari, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki fuqarolik ishini ko‘rish jarayonida sud tomonidan to‘plangan dalillar ko‘rsatilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 4-bandida ko‘rsatilishicha, ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori hamda jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi va sud ajrimida qayd etilgan holatlar shu bilan bog‘liq fuqarolik ishi ko‘rib chiqilishida qayta isbotlashni talab qilmaydi.
FPKning 75-moddasi ikkinchi qismida ishlarni ko‘rib chiqayotganda iqtisodiy va ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar isbotlanishiga muhtoj emas va iqtisodiy yoki ma’muriy sud tomonidan hal etilgan ishda ishtirok yetgan shaxslar tomonidan nizolashilishi mumkin emas.
FPKning 264-moddasi ikkinchi qismida belgilanishicha, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok yetgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga o‘sha asoslar bo‘yicha yangidan o‘sha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas.
Preyuditsial faktlar bilan amaliyotda ko‘proq regress da’volarni ko‘rib chiqishda to‘qnash kelinadi. Masalan, mulkni insofsiz yoki insofli egallovchidan olib berilishi to‘g‘risida da’vo (vindikatsion da’vo) qo‘zg‘atilganida, sud nizoni hal qila turib, ashyoning muqaddam da’vogartomonidan o‘g‘irlatilganligini aniqlasa, keyinchalik ashyoni sotib oluvchining sotuvchiga nisbatan regress (qaytarma) da’vo qilinishida mazkur fakt isbotlanishi talab qilinmaydi, chunki bunday fakt muqaddam birinchi ishning ko‘rilishida isbotlangan hisoblanadi. Shunday qilib, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning hukm va qarorlari bilan belgilangan faktlar preyuditsial ahamiyatga ega hisoblanadi. Prokurortergov va ma’muriy organlarning qarorlari isbotlashdan ozod qilish asosi bo‘lib xizmat qilmaydi.
Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida ba’zan nizosiz va yuridik farazli (preziumptsiya) faktlar ham isbotlashdan ozod qiladigan asoslar hisoblanadi. Isbotlashdan ozod qiladigan asoslarning ushbu turi huquq fanida belgilangan yuridik faraz deb ataladi. Yuridik (huquqiy) faraz deganda, huquq normasi bilan belgilangan, muayyan huquqiy oqibatlar tug‘diradigan va taraflardan birini faraz qilingan faktik isbotlashdan ozod qiladigan asos tushuniladi. Prezumpsiya ishda ishtirok etuvchi taraflardan birini ishga oid ma’lum bir faktlarni isbotlashdan ozod qiladi. Masalan, Fuqarolik kodeksining 260-moddasiga ko‘ra, qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi. Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga yetkazilgan
zararni isbotlash majburiyatidan ozod bo‘ladi. Faraz qilinadigan faktlarni isbotlashdan taraflardan biri-ning ozod etilishi tufayli sud faoliyati birmuncha ixchamlashtiriladi va shu bilan huquqiy faraz fuqaro va tashilotlarning huquqlarini himoya qilishni osonlashtiradi. Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga yetkazilgan zararni isbotlash majburiyatidan ozod bo‘ladi.
Faraz qilinadigan faktlarni isbotlashdan taraflardan biri-ning ozod etilishi tufayli sud faoliyati birmuncha ixchamlashtiriladi va shu bilan
huquqiy faraz fuqaro va tashilotlarning huquqlarini himoya qilishni
osonlashtiradi.
Ikkinchi bólim
Sudga oid dalillar
Sud faoliyatida ish bo‘yicha haqiqiy holatlarning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmasligi isbotlanadi. Sudga oid dalillar faktik ma’lumotlar hisoblanib, sudning haqiqiy bilimga asoslangan faktlari asosida shakllanadi.
Bu ma’lumotlar quyidagi yo‘llar bilan, ya’ni:
- taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari;
- guvohlarning ko‘rsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalinish orqali olinadi (FPKning 71-moddasi birinchi qismi).
Anonim xatlarda va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, FPKning 71-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan dalillarning ro‘yxati tugal hisoblanadi. Sudga oid dalillar borasida ham adabiyotlarda turli fikr-mulohazalar ilgari surib kelinadi.
M.K.Treushnikovning fikricha, sudga oid dalillar ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning mavjud ekanligini bevosita yoki bilvosita tasdiqlaydigan, qonunda nazarda tutilgan protsessual shaklda namoyon bo‘lgan, qonun hujjatlaridbelgilangan protsessual tartibga qat’iy amal qilingan holda olingan va tekshirilgan faktik holatlardir.
Ayrim mualliflar, jumladan S.V.Kuro‘lev sudga oid dalillarni qonunda ko‘rsatilgan usullar va manbalardan olingan va obyektiv haqiqatni o‘rnatishga yordam beruvchi faktdir deb yozadi. M.X.Xuto‘zning fikricha, faktlar haqidagi ma’lumotlar isbotlash usullaridan alohida dalil bo‘lishi mumkin emas. Chunki agar qonunchilik dalillarni fakt sifatida nazarda tutganida, qonunga dalillarning daxldorligi to‘g‘risidagi normani kiritish mumkin bo‘lmas edi.
FPKning 73-moddasida berilgan qoidaga ko‘ra, sud faqat ish uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillarnigina ko‘rish uchun qabul qiladi. Sh.Sh.Shoraxmetov fuqarolik protsessida dalillarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadi:
birinchidan, dalillar avvalo faktik ma’lumotlar, ya’ni ishni hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni o‘z mazmunida aks ettiruvchi ma’lumotlar bo‘lishi bilan xarakterlanadi;
ikkinchidan, dalillar taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarni hamda ishga doir boshqa holatlarning mavjud bo‘lish bo‘lmasligini belgilaydigan faktik ma’lumotlar bo‘ladi;
uchinchidan, dalillar protsessual qonun bilan belgilangan tartibga rioya qilinib, sud tomonidan olingan fakti ma’lumotlar bo‘ladi;
to‘rtinchidan, dalillar sud tomonidan nazarda tutilgan isbotlash vositalaridan olingan ma’lumotlar bo‘lib ko‘riladi. Qonunda nazarda tutilmagan manbalardan olingan faktik ma’lumotlar, chunonchi: anonim xatlar, mishmish gaplar va shu kabilar dalil bo‘lib hisoblanmaydi.Sudga oid dalillar, birinchidan, faktik ma’lumotlar hisoblanib, o‘z mazmuniga, ikkinchidan, protsessual shaklga, uchinchidan, isbotlash vositalarini olish va tekshirishning ma’lum protsessual tartibiga ega bo‘ladi. Mazkur belgilar sudga oid dalillarning haqiqiy tabiatini ochibberadi.Dalilning yuqoridagi belgilaridan birortasining mavjud bo‘lmasligi dalilning bir butunligini istisno qiladi Protsessual shaklga ega bo‘lmagan dalil esa dalil bo‘la olmaydi.
1.Dalillarning aloqadorligi va isbotlash vositalariga yo‘l qo‘yilishi Fuqarolik protsessual qonun normalari bilan belgilangan isbotlash qoidalariga muvofiq, sud muayyan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar aloqadorligi va yo‘l qo‘yilgan isbotlash vositalaridan kelib chiqishi lozim bo‘ladi. Sud faqat ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarnigina ko‘rishga qabul qiladi (FPKning 73-moddasi). Dalillarning daxldorlik qoidasi sudga ishga daxldor bo‘lgan barcha faktlar va holatlarni aniqlash va tekshirish majburiyatini yuklaydi. Dalillar daxldorligi sud tomonidan ko‘rilayotgan ishdagi mavjud materiallarni tahlil qilish asosida sudyaning ishonchiga ko‘ra aniqlanadi. Dalillarning daxldorligi haqidagi masalani hal qilish jarayonida quyidagilar muhim hisoblanadi:
1) taqdim etilgan dalillar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni isbotlashga qaratilganligini;
2) taqdim etilgan dalillar ishga daxldor bo‘lgan holatlarni tasdiqlashi yoki rad etishini aniqlash kerak. Shu o‘rinda quyidagi misolni keltiramiz. S. sudga da’vo bilan murojaat, qilib, K., D. va M.lar notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga asosan o‘ziga tegishli bo‘lgan uyni bo‘shatmayotganliklarini ko‘rsatib, ularni oila a’zolari bilan uydan ko‘chirishni so‘ragan. Sud S. ning da’vo talabini qanoatlantirib, K., L. va M.larni oila a’zolari bilan nizoli uydan boshqa turar joy bermasdan ko‘chirish haqida hal qiluv qarori chiqargan. K., L., M.larning nizoli uyning oldi-sotdi shartomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi qarshi da’vo talablarini rad qilgan. Aniqlanishicha, sud ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi
masalasini hal qilmagan, qarshi da’vo arizasi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlagan notarius A. ni javobgar sifatida ishga jalb qilmagan, unga FPKning 44-moddasida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarini tushuntirmagan, da’vo arizalari bilan tanishtirmagan. Shuningdek, sud taraflarning huquqiy munosabatlarini yetarli darajada aniqlamagan, oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi qarshi da’vo bo‘yicha mulkdor bo‘lmagan M. ni da’vogar sifatida ishtiroki, Fuqarolik kodeksining 140-moddasi tartibida ishonchnoma bilan K. nomidan harakat qilgan G.ning javobgar sifatida ishda ishtiroki qonun normalariga qay darajada mosligini muhokama qilmagan, FPKning 46-moddasi tartibida ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish masalasini hal qilmagan. Sud K. ning qarshi da’vosining asosini aniqlashtirmagan, chunonchi oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha pul summasini olish shartlari buzilganligi haqidagi da’vo talabi S. ga qaratilganmi yoki o‘zining vakili G.ga nisbatan qo‘yilganlik holatini tekshirmagan. Agar bu da’vo talabi G.ga nisbatan bo‘lsa, bu alohida da’vo tartibida ko‘rilishini e’tiborga olmagan.
Dalillarning aloqadorligi nuqtai nazaridan, fotosuratlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talab va e’tirozlarini asoslovchi holatlarni tasvirlagandagina dalil bo‘lishi mumkin. Guvohlarning ko‘rsatuvlari, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim qilinayotgan yozma va ashyoviy dalillar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishini nazarda tutib, sud barcha holatlarda ularga ushbu dalillar va guvohlar ko‘rsatmasi aynan qaysi holatlarni tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatishni taklif qilishi lozim. Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan dalillarni qabul qilishga, shuningdek kelib chiqqan nizo bo‘yicha isbotlash vositalari bo‘la olmaydigan ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir dalilning ishga tegishliligi sud tomonidan belgilanadi. Sud o‘zi ish holati to‘g‘risidagi ma’lumotni qaysi dalil isbotlash vositasi hisoblanishi, qaysi dalil isbotlash vositasi hisoblanmasligini hal qiladi. Isbotlash vositalariga yo‘l qo‘yilishi qoidasi ishga tegishli bo‘lmagan materialni protsessdan chetlatishga imkon beradi. Yo‘l qo‘yish qoidasi protsessni dalilning kerakli turlari bilan ta’minlashga imkon beradi.
2.Taraflar o‘rtasida isbotlash burchini taqsimlash
Isbotlash majburiyatining taqsimlanishi to‘g‘risidagi FPKning 72-moddasiga binoan, har bir taraf o‘zining talab va e’tirozlarini asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Ta’kidlash kerakki, qonun normasida belgilangan umumiy qoida, ya’ni har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shartligi faqat fuqarolik protsessidagina mavjud bo‘lmay, balki protsessual huquqning boshqa sohalariga ham taalluqlbo‘ladi.
Ma’lumki, isbotlash majburiyatining taqsimlanishiga doir umumiy qoidalar protsessual qonunlarda, maxsus qoidalar esa moddiy huquq normalari asosida belgilanadi. Taraflarning huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan moddiy huquq normalari umumiy qoidadan farqli ravishda o‘z talab va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlash majburiyatini uning mavjudligini ta’kidlayotgan shaxsga emas, balki qarama-qarshi tomon zimmasiga yuklaydi. Ta’kidlash joizki, maxsus normalar umumiy normalarga qaraganda ustuvorlik kasb etadi. Shunday ekan, protsessual qonunda belgilangan umumiy qoida, agar isbotlash majburiyatining yuklatilishiga doir moddiy huquq normasida maxsus qoida belgilanmagan bo‘lsagina, amal qilishi yuzasidan yuridik adabiyotlarda bildirilgan fikrmulohazalarga qo‘shilish mumkin. Shunday qilib, isbotlash jarayonida sudlar birmuncha murakkab masalani, ya’ni isbotlash majburiyati qaysi tarafning zimmasiga yuklatilishini to‘g‘ri hal qilishlari talab etiladi.Uzoq vaqt mobaynida protsessual huquq nazariyasida “isbotlash majburiyati” emas, balki “isbotlash yuki” tushunchasining qo‘llanishi to‘g‘ri bo‘lishi ta’kidlab kelingan. Mazkur nuqtai nazarni ilgari surgan olimlarning fikricha, qonunchilikda isbotlash majburiyatini bajarmaslik uchun hech qanday sanktsiya nazarda tutilmaydi. Zero, yuridik majburiyatning muhim belgilaridan biri sanktsiya (chora)ning belgilanishi hisoblanib, ushbu holatda taraflarni o‘zlari manfaatdor bo‘lgan ish yuzasidan isbotlashga majbur qilishni sanktsiya (chora) deb e’tirof etib bo‘lmaydi. Bu o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan hal qiluv qarori chiqarilishiga erishish manfaati hisoblanadi. Shu órinda isbotlash majburiyati tushunchasi va uning qo‘llanishi borasida yuridik adabiyotlarda turli nuqtai nazarlar ilgari suriladi. Xususan, Sh.Sh.Shoraxmetovning fikricha, isbotlash majburiyati deganda, ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berish tushunilib, ushbu majburiyat ishda ishtirok etuvchi taraflar zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, ko‘plab olimlar fuqarolik protsessida isbotlash yuridik majburiyat ekanligini ta’kidlab kelganlar.Lekin so‘ngi vaqtlarda olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarida isbotlash majburiyati maxsus protsessual sanktsiyalar orqali, xususan manfaatdor shaxsga maqbul bo‘lmaydigan hal qiluv qarori chiqarilishi, asossiz sud hal qiluv qarorining bekor qilinishi va taraflar uchun naf keltirmaydigan boshqa protsessual oqibatlarning yuzaga kelishi orqali ta’minlanishi ta’kidlanadi. Z.N.Esanova ham o‘z asarlarida isbotlash majburiyati tushunchasi o‘rniga “isbotlash burchi” tushunchasini qo‘llab, isbotlash burchi taraflar o‘rtasida teng taqsimlanishini, har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashini ta’kidlaydi.
Uchinchi bólim
1.Dalillarning tasnifi
Dalillar haqida chuqur bilimga ega bo‘lish maqsadida ulartasniflanadi(klassifikatsiyalanadi).
Dalillar turli belgilariga qarab tasniflanadi, shuning uchun protsessual huquq nazariyasida dalillar tasnifining bir nechta turlari mavjud. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, dalillar tasnifi faqat nazariy emas, balki muhim amaliy ahamiyatga ham ega hisoblanadi. Aynan dalillarni tasniflash ayrim dalillar guruhlarining xususiyatlarini aniqlashga va ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda amaliyotda foydalanishning eng yaxshi usullarini belgilashga zamin yaratadi. Sh.Sh.Shoraxmetov o‘z darsligida sudga oid dalillar tasnifi (klassifikatsiya) qilinishi yuzasidan vujudga kelish manbalariga, shakliga, tuzilishi (paydo bo‘lishi) dalil bilan aniqlanishi lozim bo‘lgan faktning uzviy bog‘lanishiga qarab turkumlarga bo‘linishini ta’kidlaydi.Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida dalillarning ikkita umum e’tirof etilgan tasnifi mavjud:
birinchidan, dastlabki va hosila; ikkinchidan, to‘g‘ri va egri Dalilni dastlabki va hosila turlariga bo‘lish shu va boshqa dalillarning shakllanish jarayoniga asoslangan. Dastlabki dalil bevosita birinchi
manbadan olingan dalil bo‘ladi. Dastlabki dalil o‘z ko‘zi bilan ko‘rganguvohning ko‘rsatmasi bo‘ladi, boshqa shaxsdan faktlar to‘g‘risida bilib olgan guvohning ko‘rsatmasi hosila dalil bo‘ladi.Hujjatning asl nusxasi
(masalan, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma) – dastlabki dalil;. undan olingan nusxa – hosila.Hodisa joyida qolgan izlar yoki qandaydir predmetda qolgan izlar dastlabki dalil; izlardan olingan nusxa, qayta ishlangan barmoq izlari plenkalari – hosila dalil hisoblanadi.Hosila dalillar dastlabki dalilning mazmunini aks ettiradi, ular ko‘pincha, dastlabki dalilga ko‘ra chalkashroq, yanglishroq bo‘ladi. Shuning uchun sud bevositalik prinsipiga muvofiq, dastlabki manba bo‘yicha ish holatini tekshirishi kerak, hosila dalillarni esa dastlabki manbani topish uchun qo‘llash kerak. Sh.Sh.Shoraxmetov ham hosila dalillarni tekshirish va baholash ko‘proq diqqat va ehtiyotkorlik ko‘rsatilishi, xususan dastlabki dalilning qanchalik to‘g‘ri aks ettirilishini aniqlash lozim bo‘lishi haqida ta’kidlagan.
Dalilning to‘g‘ri va egriga bo‘linishi dalilning noma’lum fakt to‘g‘risida bitta ma’lum xulosani berish imkoniyatiga – uning borligi yoki yo‘qligi yoki tasodifiy xulosaning bir nechtaligiga asoslangan. Hattoki alohida olingan, to‘g‘ri dalil deb, noma’lum fakt bo‘yicha bitta ma’lum xulosani olishga imkon beradigan faktga aytiladi.
Alohida olingan egri dalil noma’lum faktga nisbatan bir nechta fikrlar,taxmin qilingan xulosalarga asos bo‘ladi. Shuning uchun bitta egri dalil noma’lum fakt bo‘yicha xulosa chiqarish uchun yetarli emas. Agar egri dalil alohida emas, boshqa ish bo‘yicha boshqa dalillar bilan olinsa, unda ularni taqqoslab turib, asoslanmagan fikrlarni chiqarib yuborish kerak va bitta xulosaga kelish kerak. Masalan, javobgar da’vogardan qarzga pul so‘rayotgan xatning sudga taqdim etilishi, taraflar o‘rtasidagi qarz shartnomasining kelishuvi egri hisoblanadi. U albatta, javobgar so‘ragan pulni da’vogar bergan taxminni beradi, biroq boshqa taxmin ham bundan mustasno emas – ya’ni, ushbu xatga rad javobi berish. Agar javobgar olgan pulni belgilangan muddatichida topshira olmasligini va da’vogarni kelib turishini so‘rasa, endi bu egri hisoblanmaydi, balki qarz shartnomasi bo‘yicha to‘g‘ri dalil bo‘ladi, chunki boshqa hech qanday fikrlar (taxminlar) uchun asos qolmaydi.
1.Dalillarni ta’minlash
Sud amaliyotida manfaatdor shaxslarning huquq va erkinlik-larini himoya qilish muhim ahamiyatga egadir. Dalillarni ta’minlash bilan ish ko‘rish tezlashadi, shu boradagi ayrim to‘siqlar bartaraf etiladi. FPKning 76-moddasida ko‘rsatilganidek, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki kiyinlashadi, deyishga asos bo‘lgan shaxslar ariza berishdan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni ta’minlashni iltimos qilishlari mumkin. Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur bo‘lgan dalillarni ta’minlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi
Qonunga muvofiq taraflar, chunonchi, biron-bir guvohning boshqa joyga
ketib qolishini nazarda tutib, undan so‘roq olib qolinishini, biron-bir hujjatning yo‘qotilishi to‘g‘risida xavotirlanish bo‘lganida, uning asli yoki tasdiqlangan ko‘chirmasi olinishini va shu kabi boshqa dalillarning sud majlisiga qadar saqlanishini ta’minlash to‘g‘risida iltimos qilishlari mumkin.
Dalillarni ta’minlash deganda, ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qolishi yoki qiyinlashishining oldini olish maqsadida dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladigan taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitish, guvohlarni so‘roq qilish, ekspertiza tayinlash, yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib olish yoki ko‘zdan kechirish, joyga borib ko‘zdan kechirishga qaratilgan protsessual harakatlarga aytiladi. Ayrim MDH tarkibiga kiruvchi davlatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasi GPKga ko‘ra, dalillarning ta’minlanishi notarial idoralar, qonun yo‘l qo‘ygan ma’muriy hududlardagi mahalliy ma’muriyatlar, shuningdek xorijdagi fuqarolarga nisbatan esa Rossiya Federatsiyasi konsullik muassasalari vakolatli bo‘ladi.
Ba’zi bir huquqshunos olimlarning fikricha, dalillarni ta’minlash bu bevosita o‘zlari uchun zarur, ish bo‘yicha ahamiyatli bo‘lgan ayrim dalillarni keyinchalik sud majlisi boshlangungacha taqdim etish imkoniyatidan mahrum bo‘lib qolish xavfi ostida qolgan taraflar sudga ariza bilan murojaat qilib, bu dalillarni ta’minlashni iltimos qilishlari mumkin bo‘lgan zaruratdir. Dalillarni ta’minlash ham qonunda belgilangan dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalariga asosan sud tomonidan amalga oshiriladi. Manfaatdor taraflar sudyaga qaysi bir dalillarni mustahkamlash lozimligi, ular tasdiqlanishi uchun kerak bo‘lgan holatlarni ta’minlash to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qilish, shuningdek ishning zarur bo‘lgan holatlarini ta’minlash to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladilar. FPKning 79-moddasiga ko‘ra, dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza dalillarni ta’minlash uchun protsessual harakatlar qilinishi lozim bo‘lgan joydagi sudga topshiriladi. Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza dalillarni ta’minlash bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi (FPKning 77-moddasi). Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rilishi mumkin.
Dalillarni ta’minlash tartibi FPKning 78-moddasida belgilangan. Dalillarni ta’minlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga dalillarni ta’minlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni ta’minlash haqidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek arizachi bilan kimning o‘rtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda, dalillarni ta’minlash faqat arizachining o‘zini xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dalillarni ta’minlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar so‘roq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, yozma va ashyoviy dalillar talab qilib olinadi yoki ko‘zdan kechiriladi, joyga borib ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Dalillarni ta’minlash tartibida to‘plangan barcha materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi. FPKning 77-moddasida dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaning sudya tomonidan ko‘rilishi va to‘plangan materiallarning ishni ko‘radigan sudga yuborilishi muddati ko‘rsatilmagan. Bunday hollarda sudning protsessual harakatlari mazmuni va natijalari jihatidan sud topshiriqlarini bajarish harakatlariga o‘xshash bo‘lganligi tufayli analogiya bo‘yicha FPKning 103-moddasida ko‘rsatilgan o‘n besh kunlik muddatda bajarilishi kerak. Bu to‘g‘rida tuzilgan bayonotlar esa – tuzilgan zamon darhol yuborilishi lozim. Dalillarni ta’minlash to‘g‘risida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berish mumkin emas. Dalillarni ta’minlashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin (FPKning 79-moddasi).
2.Sud topshiriqlari
Sud topshiriqlariga yuridik ensiklopediyalarda quyidagicha tushuntirishlar beriladi: Sud topshirig‘i: 1) ishni ko‘rib chiqayotgan sudning boshqa sudga (shu bilan birga, chet el sudiga ham) o‘z hududida muayyan protsessual harakatlarni olib borish haqida (hujjatlarni topshirish, guvohni so‘roq qilish, jinoyat joyini ko‘zdan kechirish) topshiriq berish; 2) fuqarolik protsessida dalillarni yig‘ish faoliyatida sudning hamkorlik qilish usuli. Ishni ko‘rayotgan sud boshqa shahar yoki mintaqada dalillar yig‘ish
ehtiyoji tug‘ilganda tegishli sudlarga ma’lum protsessual faoliyatni amalga oshirishni topshiradi. Sud topshiriqlariga aniqlik kiritish maqsadida ko‘rilayotgan ishning mohiyati qisqacha bayon etiladi, aniqlanishi lozim bo‘lgan dalillar ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu faoliyatni topshiriqni bajaruvchi sud amalga oshiradi. Bu ko‘rsatmalar nomiga yo‘llangan sudlar tomonidan o‘n kungacha muddat davomida ijro etilishi lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida to‘plangan barcha materiallar ishni muhokama qilayotgan sudga zudlik bilan yuborilishi zarur. Ishda qatnashuvchilar yoki topshiriqni bajarayotgan, sudga tushuntirish yoki ko‘rsatuv bergan guvohlar ishni ko‘rayotgan sud huzuriga keladilar va umumiy tartibda ko‘rsatuv
beradilar. Sud topshiriqlari Sud topshiriqlariga yuridik ensiklopediyalarda quyidagicha tushuntirishlar beriladi: Sud topshirig‘i: 1) ishni ko‘rib chiqayotgan sudning boshqa sudga (shu bilan birga, chet el sudiga ham) o‘z hududida muayyan protsessual harakatlarni olib borish haqida (hujjatlarni topshirish, guvohni so‘roq qilish, jinoyat joyini ko‘zdan kechirish) topshiriq berish; 2) fuqarolik protsessida dalillarni yig‘ish faoliyatida sudning hamkorlik qilish usuli. Ishni ko‘rayotgan sud boshqa shahar yoki mintaqada dalillar yig‘ish ehtiyoji tug‘ilganda tegishli sudlarga ma’lum protsessual faoliyatni amalga oshirishni topshiradi. Sud topshiriqlariga aniqlik kiritish maqsadida ko‘rilayotgan ishning mohiyati qisqacha bayon etiladi, aniqlanishi lozim bo‘lgan dalillar ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu faoliyatni topshiriqni bajaruvchi sud amalga oshiradi. Bu ko‘rsatmalar nomiga yo‘llangan sudlar tomonidan o‘n kungacha muddat davomida ijro etilishi lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida to‘plangan barcha materiallar ishni muhokama qilayotgan sudga zudlik bilan yuborilishi zarur. Ishda qatnashuvchilar yoki topshiriqni bajarayotgan, sudga tushuntirish yoki ko‘rsatuv bergan guvohlar ishni ko‘rayotgan sud huzuriga keladilar va umumiy tartibda ko‘rsatuvberadilar.
Darhaqiqat, fuqarolik protsessual qonunchilikda ishni ko‘rayotgan sudning dalillar to‘plash maqsadlarida boshqa sudlarga ayrim topshiriqlar berishi mumkinligi ham nazarda tutilgan FPKning 103-moddasiga ko‘ra, ishni ko‘rayotgan sud dalillarni boshqa tumanda yoki shaharda to‘plash zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi. Sud topshirig‘i ajrim bilan rasmiylashtiriladi va unda ko‘rilayotgan ishning mazmuni, aniqlanishi zarur bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaruvchi sud to‘plashi lozim bo‘lgan dalillar ko‘rsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yozilgan bo‘lsa, shu sud uchun majburiydir va o‘n besh kunlik muddat ichida bajarilishi kerak. Sud topshirig‘i axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi FPKning 104-moddasida belgilangan. Sud topshirig‘ini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga ko‘ra sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni bajarishga to‘sqinlik qilmaydi. Topshiriqni bajarish vaqtida tuzilgan bayonnomalar va to‘plangan materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga darhol yuboriladAgar sud topshirig‘ini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud ko‘rsatuvlar beradi.
Xulosa:
Isbotlash sudga oid dalillar yordamida ish holatlarini aniqlash bo‘yicha faoliyat hisoblanib, taraflarning va manfaatdor shaxslarning ishga doir dalillarni to‘plash, sudga taqdim etish, uni tekshirish va baholash jarayonlarida ishtirok etishi kabi protsessual harakatlari natijasida yuzaga keladi.Suddagi isbotlashning subyektlari Isbotlash sudga oid dalillar yordamida ish holatlarini aniqlash bo‘yicha faoliyat hisoblanib, taraflarning va manfaatdor shaxslarning ishga doir dalillarni to‘plash, sudga taqdim etish, uni tekshirish va baholash jarayonlarida ishtirok etishi kabi protsessual harakatlari natijasida yuzaga keladi.Sudga oid dalillar, birinchidan, faktik ma’lumotlar hisoblanib, o‘z mazmuniga, ikkinchidan, protsessual shaklga, uchinchidan, isbotlash vositalarini olish va tekshirishning ma’lum protsessual tartibiga ega bo‘ladi. Mazkur belgilar sudga oid dalillarning haqiqiy tabiatini ochib berishga yordam beradi.Isbotlashga oid dalillar va sudga oid dalillar isbot qilish asoslarini muhim xususiyati hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.MUZAFFARJON MAMASIDDIQOV,
XOLMO‘MIN YODGOROV,O‘TKIRBEK DAVLETOVning FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI kitobi
2.Треушников М.К. Судебные доказательства. -М.: Городец, 1997. -40 с.
3.Гражданский процесс. Коллектив авторов. Учебник. -М., 1998. -208 с. 336 Ўзбекистон Республикасининг Жиноят процессуал кодекси. –Тошкент, Ўзбекистон
Республикасининг Адлия вазирлиги,"Adolat"2016
Do'stlaringiz bilan baham: |