Hozirgi davrda inson omili komil inson ta’limotining bosh maqsadiga apylangani uchun uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, gender farqlari, iste’dod alomatlari odamda qancha erta ro’yobga chiqarilsa, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni shakllantirish shunchalik tezlashadi. Psixolog E.G’ozievning kontseptsiyasiga binoan, inson kamoloti quyidagi bosqichlarni bosib o’tishi joiz: “Murtaklik – odam – inson – shaxs – sub’ekt – komil inson”3. Olimning ta’kidlashicha, murtaklik – bu embrional davr, odam (falsafiy individ), inson (qatorga qo’shilish davri), shaxs (jismoniy, ijtimoiy, ma’naviy mezon bo’yicha), sub’ekt (shaxsiy g’oya, maqsadga intilish, uzluksiz motivlar kurashi xususiyat darajasida ekanligi), komil inson (jismoniy, axloqiy, aqliy yuksak ko’rsatkichlari; o’ta onglilik, antitsipatsiya, refleksiya; “Men” bilan “Biz”ning o’rin almashishi qat’iyligi va boshqalar) o’ziga xoslikka ega bo’lgan betakror, alloma, daho zot ifodasidir. Bizningcha, inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, u kamolotni shunchalik ertaroq egallaydi, natijada taraqqiyotni jadallashtirishga o’zining munosib hissasini qo’shadi. SHuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, komillik shaxs qurshab turgan voqelikni adekvat aks ettirish imkoniyatida, faol, mustaqil faoliyatida, psixika shakllari takomillashib borishida, individuallikni namoyon etish orqali, rivojlanishdan ilgarilab ketish natijasida asta-sekin shakllana boradi. Ko’p funktsiyali ijtimoiy turmushda faoliyat, muomala, xulq-atvor maqsadga muvofiq takomillashishida irodaviy sifatlar, xatti-harakatlar, irodaviy zo’r berish hal qiluvchi psixologik ahamiyat kasb etadi. - Hozirgi davrda inson omili komil inson ta’limotining bosh maqsadiga apylangani uchun uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, gender farqlari, iste’dod alomatlari odamda qancha erta ro’yobga chiqarilsa, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni shakllantirish shunchalik tezlashadi. Psixolog E.G’ozievning kontseptsiyasiga binoan, inson kamoloti quyidagi bosqichlarni bosib o’tishi joiz: “Murtaklik – odam – inson – shaxs – sub’ekt – komil inson”3. Olimning ta’kidlashicha, murtaklik – bu embrional davr, odam (falsafiy individ), inson (qatorga qo’shilish davri), shaxs (jismoniy, ijtimoiy, ma’naviy mezon bo’yicha), sub’ekt (shaxsiy g’oya, maqsadga intilish, uzluksiz motivlar kurashi xususiyat darajasida ekanligi), komil inson (jismoniy, axloqiy, aqliy yuksak ko’rsatkichlari; o’ta onglilik, antitsipatsiya, refleksiya; “Men” bilan “Biz”ning o’rin almashishi qat’iyligi va boshqalar) o’ziga xoslikka ega bo’lgan betakror, alloma, daho zot ifodasidir. Bizningcha, inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, u kamolotni shunchalik ertaroq egallaydi, natijada taraqqiyotni jadallashtirishga o’zining munosib hissasini qo’shadi. SHuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, komillik shaxs qurshab turgan voqelikni adekvat aks ettirish imkoniyatida, faol, mustaqil faoliyatida, psixika shakllari takomillashib borishida, individuallikni namoyon etish orqali, rivojlanishdan ilgarilab ketish natijasida asta-sekin shakllana boradi. Ko’p funktsiyali ijtimoiy turmushda faoliyat, muomala, xulq-atvor maqsadga muvofiq takomillashishida irodaviy sifatlar, xatti-harakatlar, irodaviy zo’r berish hal qiluvchi psixologik ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |