Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Davlat Milliy universititeti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Amaliy psixologiya ” yo’nalishi 1-kurs A patok Sirtqi ta’lim talabasi Mirpo’latova Dilnozaning tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Iroda,ichki irodaviy boshqaruv va irodaviy xususiyatlarni o’rganish metodlari
Reja:
1. Irodaviy xarakatlar va irodaviy jarayonlar tavsifi.
2. Irodaning asosiy xususiyatlari.
3. Xulk-atvorni irodaviy boshkaruv.
4. SHaxs irodasining shakllanishi. Iroda mexanizmlari.
5. Irodaviyi xususiyatlarni urganishga Yunaltirilgan metodlar (Ivannikov V.A.).
6. Irodaviy xarakatlarning tuzilishi.
7. Iroda psixologik boshqaruvning aloxida turkumi sifatida.
Kishining o`z oldiga qo`yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to`siqlarni harakat yordamida engish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayonni so`zning asl (tor) ma`nosida iroda deb atash qabul qilingan. Ichki to`siqlar - yalqovlik, charchovni, bajarilishi kerak bo`lgan vazifaga aloqasi bo`lmagan boshqa biror narsa bilan shug`ullanish istagini engishga majbur qilish qiyin bo`lgan vaqtning belgilangan narsani bajarishga xalaqit beradigan sub`ektiv, shaxsiy mayllardir, zararli odatlar, mayllar, istaklar. Kishi irodaviy zo`r berish tufayli ularni engadi. Tashqi to`siqlar ishning o`ziga xos bo`lgan ob`ektiv qiyinchiliklar, uning murakkabligi har xil xalaqit berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko`rsatishi, ishning og`ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Lekin iroda termini bilan shaxsning qiyinchiliklarni engib, astoydil va aniq maqsadni ko`zlab harakat qilish qobiliyatini ham ataydilar. "Zo`r iroda, bu biron narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas, balki shu bilan birga, zarur bo`lib qolganda o`zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir". I r o d a - bu shunchaki, istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to`xtatish, ham istak, ham ayni vaqtda undan voz kechishdir. Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash to`xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi va ularda o`zini nomoyon qiladi. Filosofiya va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, dastlabki faollikka bo`ysungan bo`ladi. Amerika psixologi U.Jeyms harakatda hech narsaga bog`liq bo`lmagan irodaviy hukmga etakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o`z-o`ziga "Fiat!" (lotincha "Ha bo`la qolgin!" degan ma`noga ega bo`lgan so`zni bildiradi) deydi va go`yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oshiriladi. Odamlar o`zlarining qilgan ishlari uchun mas`uliyatni kimga Yuklashga moyil bo`lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o`z faoliyati natijalari uchun ma`suliyatni tashqi kuchlarga va sharoitlarga qayd qilib quyish yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g`ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologiyada adabiyotlarda "nazorat lokusi" degan termin qo`llaniladi, lotinchada "locus"- urnashgan joy va frantsuzcha "contlore"- tekshirish deyiladi). O`z xulq-atvori va o`z ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalardan) deb bilishga moyil bo`ladigan odamlar. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to`g`risida gapiriladi. Bu toifaga mansub o`quvchilar olingan qoniqarsiz bahonalarini istagan vaj-bahona bilan tushuntirishadi ("Topshiriq doskada noto`g`ri yozilgan ekan", "Uyimizga mehmon kelib, dars qilishimga xalaqit berishdi", "Bu qoidani biz o`tganimiz yo`q" va hokozo.) Tadqiqotlar nazoratning eksternal lokallikka moyilligi mas`uliyatsizlik, o`z imkoniyatlariga ishonmaslik, xavfsirash, o`z niyatlarini ro`yobga chiqarishni yana va yana kechiktirishga intilish kabi shaxsiy fazilatlar bilan bog`liq ekanligini ko`rsatdi. Agar individ, odatda, o`z qilmishlari uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olsa va uning sabablarini o`z qobiliyati, xarakteri va shu kabilarda deb bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvi (joylashuvi) ustuni deb hisoblash uchun asos bor. Irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda mehnatning ahamiyati katta. Kishining qaror topgan qarashlari, dunyoqarashi, irodaviy xulq -atvorning muhim sababidir. Irodaviy jarayonlar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy - kishi hech ikkilanmasdan ko`zlagan maqsad sari boradi, u nimaga va qanday yo`l bilan erishajagini aniq biladi. Murakkab - maqsadni tanlashga ikkilanish, harakatni tanlashga qiynalish. Bunday hollarda irodaviy harakat murakkab xarakterga ega bo`ladi va ikki bosqichga ajratiladi: 1)tayyorgarlik; 2)bajarilish; 1- Niyatni, maqsadni, anglashni ba`zan motivlar kurashi bilan qarorga kelishini, ish olib boriladigan metodlarni tanlashni o`z ichiga oladi. Masalan, oliy o`quv Yurtiga kirish bosqichlari. 2- Qarorning bajarilishi. Kishi faoliyati davomida o`zini xarakterlab beradigan irodaviy sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarim sharlar po`stlog`idagi qo`zg`alish jarayonlarining ustunlik qilishi bilan bog`langan bo`ladi, boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda, ularni to`xtatib qolishda, yo`q qilishda nomoyon bo`ladi. Aktivlik bilan bog`liq bo`lgan sifatlarga : qat`iylik, dadillik, sabr-matonat (o`jarlik emas), mustaqillik (negativizm emas. Negativizmda qanday qilib bo`lsa ham tashqaridan bo`ladigan ta`sirga qarshilik ko`rsatishga intilish xususiyati xosdir). Irodali kishi ta`sirga beriluvchan bo`lmaydi. Mustaqillik-o`z hatti harakatlarini jamoaning fikri va irodasiga buysundirmaslik kerak degan ma`noni bildirmaydi. Biroq "podaga o`xshab harakat qilish tuyg`usi" degan tuyg`uga ham berilmaslik kerak. Ko`pgina yomon odatlar (ichkilikbozlik, chekish va hokozolar) irodasi zaif kishilarga aynan mustaqil bo`lmagan, ta`sirga beriluvchan va taqlid qilishga moyil bo`lgan kishilarga yopishib oladi. Harakatlarni mustaqil bajarish o`z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam beradi, bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir. Nomaqbul psixik jarayonlar va harakatlarning tormozlanishi bilan bog`liq bo`lgan iroda sifatlariga: chidam(o`zini tuta bilish), bardoshlik, sabr-tokat, intizomlik va uYushqoqlik, batartiblik, aniqlik, puxtalik kiradi. Irodasi sustlikning nomoyon bo`lish doirasi xuddi kuchli irodaning xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi psixika normasi chegarasidan tashqarida bo`ladi. Masalan, abuliya va apraksiya shunga kiradi. YAlqovlik - kishining qiyinchiliklarini engishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy sustlikning eng tipik ko`rinishidir. Shunisi diqqatga loyiqki, boshqa barcha hollarda qandaydir kamchiliklarnitan olishga unchalik moyil bo`lmasalar ham, bu deffektni juda oson tan oladilar. YAlqovlik - kishi ojizligi va sustligining, uning hayotga layoqatsizligining umumiy ishga befarqligining dalilidir. YAlqov kishi odatda nazoratning tashqi tomonlariga e`tibor bermaydi va shu sababli beparvodir. YAlqovlik- kishining qiyofasidir, shuning uchun ham uni butun choralar bilan yo`qotish zarur. YAlqovlik, shuningdek, ojizlikning boshqa ko`rinishlarining - qo`rqoqlik, jur`atsizlik, o`zini tuta bilmaslik va boshqalar shaxsning rivojlanishidagi jiddiy kamchiliklardir, ularni bartaraf etish jiddiy tarbiyaviy ishni va avvalo o`z-o`zini tarbiyalashni tashkil etishni talab qiladi. Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta`minlaydi, kishi shaxsini eng yaxshi tomondan ko`rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ruyxati juda katta: qahramonlik, sabotlilik, qat`iylik, mustaqillik, o`zini tuta bilish va ko`pgina boshqalar. Xususan qat`iylik - irodaning individual fazilati bo`lib, mustaqil ravishda mas`uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so`zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog`liqdir. Irodaviy fazilatni baholash atiga birgina "kuchli-kuchsiz" o`lchovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar hal qiluvchi bo`lmasa ham, muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko`rinishlar xarakteristikasi, ularning ma`naviy bahosi irodaviy akt amalga oshirilishining asosiga qo`yilgan motivlarning sosial ahamiyatiga bog`liqdir. Irodaning asosiy xususiyatlari. Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo’lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo’lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo’lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o’qishni davom ettira beradi. Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to’la-to’kis determinizmga, ya'ni sababiy bog’lanish qonuniga bo’ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo’lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob'ektiv jihatdan bog’langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog’liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to’la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko’p jihatdan o’zini ma'lum sharoitda anglaydi, o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashi mumkin. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o’ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xattiharakatlarni irodaviy harakat deb bo’lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo’lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so’ng hosil bo’lishi mumkin bo’lgan qoniqishga butun e'tiborini qaratishdan iboratdir. Ko’p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g’alaba qozonish emas, balki o’z-o’zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo’zg’aluvchan, sust kishilarga xos bo’lib, o’zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to’g’ri keladi. Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o’zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Xulq-atvorni irodaviy boshqaruv. Kutilgan maqsadga yetishda katta qiyinchiliklar va yengib bo’lmaydigan to’siqlar bo’lsa, kishi shu maqsadga yetishi uchun zarur yo’l, vosita va usullarni o’zgartirib, yangi usullarni qidirib topishi mumkin. Katta to’sqinliklarni bartaraf qilib, uzoq qunt qilib, maqsadga yetishda ko’rinadigan bunday iroda kuchi sabotmatonat deb ataladi. Shunday iroda sifatiga ega bo’lgan kishi esa sabot-matonatli, kuchli irodali, qat'iy xarakterli kishi deb ataladi. Har qanday faoliyatning, jumladan o’qib, o’rganishning muvaffaqiyati sabot-matonatga bog’liq. Bilimli bo’lmoq uchun sabot-matonat kerak. Har bir sohada-texnika, san'at, muzika, sport va shu kabi sohalarda bilim va malaka ortirmoq uchun sabot-matonat kerak. Sabot-matonat xarakterning eng qimmatli xislatidir. Bu xislat kishining maqsadga yetish yo’lida qanday qiyinchilik va to’sqinliklar bo’lishidan qat'iy nazar shu maqsadga erishishida o’z ifodasini topadi. Xarakter xislati bo’lgan sabot-matonat ba'zi kishilar faoliyatining hamma sohalarida namoyon bo’ladi boshqa kishilarda esa bu xislat ularning manfaatlari bilan bog’langan, va ayrim faoliyat sohalarida ko’rinadi. Sabot-matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamisha oxiriga yetkaza biladilar. Ular o’zlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham talabchan bo’ladilar. Sabot-matonatli kishilar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ruhini tushirmaydi, balki aksincha, maqsadga erishish uchun ishga yanada qat'iyroq kirishadi, shu maqsadga erishishning yangi yo’l va vositalarini izlab topadi. Sabot-matonatli kishilar o’ziga va boshqa kishilarga nisbatan talabchanligi bilan ajralib turadilar. Ular belgilangan yo’ldan Yurishlariga to’sqinlik qila 265 oladigan hamma narsaga qarshi tura oladigan, bu to’sqinliklarni yenga oladigan matonatli kishilardir. Sabot-matonat irodaning chidam va toqat degan sifati bilan ham chambarchas bog’liq. Maqsadga yetishda bartaraf qilinadigan to’sqinlik va qiyinchiliklar kishidan kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko’pincha jismoniy va ruhiy azob beradi ham. Kishining o’z faoliyatida ba'zan sovuq va issiqdan, yomg’ir va qordan, qattiq toliqish, och qolishdan, hamma turli kasalliklardan azob chekadigan kishi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga sodiq bo’lib shu maqsadga yetishga intilaversa, bunday intilishlarda ko’rinadigan iroda chidam va toqat deb ataladi. Odamning organizmidagi yemirilish jarayonlarini yengishda ifodalanadigan ajoyib iroda o’zini tuta bilish va matonatda ko’rinadi. SHaxs irodasining shakllanishi. Iroda mexanizmlari. Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, kishi shaxsini eng yaxshi tomondan ko`rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ruyxati juda katta: qahramonlik, sabotlilik, qat’iylik, mustaqillik, o`zini tuta bilish va ko`pgina boshqalar. Xususan qat’iylik - irodaning individual fazilati bo`lib, mustaqil ravishda mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so`zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog’liqdir. Irodaviy fazilatni baholash atiga birgina "kuchli-kuchsiz" o`lchovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar hal qiluvchi bo`lmasa ham, muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko`rinishlar xarakteristikasi, ularning ma’naviy bahosi irodaviy akt amalga oshirilishining asosiga qo`yilgan motivlarning sotsial ahamiyatiga bog’liqdir. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o`z ichiga oladi. 1.Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo`lmagan qiyinchilikni, vaqt o`tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda chiniqtiradi. Har bir qarshilikni "buysundirilmagan qal’a" sifatida baholash lozim va uni, bu "qal’ani olish" uchun barcha imkoniyatni ishga solish kerak. 2. Qiyinchiliklarni va to`siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo`lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik Yuqori bo`lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Muhimi, kishi kundalik ishlari orasida uzoq kelajakni hech qachon unutmasligi, faoliyatning so`nggi maqsadlarini hech vaqt esdan chiqarmasligi kerak. 3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi, qabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda bajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo`yadi. Ammo qaror qabul qilayotib, uning ham maqsadga muvofiqligini, ham bajarilishini hisob-kitobga olishimiz kerak . 4. Agar kishi uzoqqa mo`ljallangan maqsadni oldiga qo`ygan takdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko`rishi, yaqin kelajakka mo`ljallangan istiqbolni ko`ra olishi juda muhimdir. Pirovardida pirovard maqsadga erishish uchun sharoitlar yaratiladi. Sport bilan muntazam ravishda shug’ullanish kishi irodasini chiniktirishning muhim sharoitlaridan biridir. Irodani tarbiyalash to`g’risida gapirilarkan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi faqat u yoki irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan narsaning real bajarilishi sharti sifatidagi tegishli ko`nikmalarning borligiga, qo`yilgan maqsadlarga erishilishiga bog’liq ekanligini unutmaslik kerak. Foydali ko`nikmalarning va birinchi navbatda mehnat ko`nikmalarini shakllantirish qo`yilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishishning muhim shartlaridan biri sifatida nomoyon bo`ladi. Pirovardida, shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilatlarning rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayonida, u bilan birgalikda ishlashi davomida Yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida, jamoadan tashqarida kishining irodasi normal rivojlana olmaydi. Har bir talabada irodani rivojlantirish va uni mustaqil ravishda tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Irodani ongli ravishda tarbiyalash jarayoni qanchalik tez boshlansa, shunchalik ko`p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Irodaviy xarakatlarning tuzilishi. Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki etarli darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo‘zg‘olish ma’nosini anglatadi) xususiyatiga ega bo‘lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma’lum ob’ektga qaratish Yuzasidan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda Yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma’nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlarda keng ko‘lamda bayon qilingan. Boshqa kategoriyada taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi». SHaxsning irodaviy faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan anglangan maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning majmuasidan iborat emas. Zo‘r berishni taqozo etmaydigan ish harakati (masalan, shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o‘rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o‘zi uchun kamroq qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo‘ysundiradi. Ustivor (etakchi) motivlar qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni muayyan yo‘nalishga safarbar qilib, umumiy maqsadga xizmat qildiradi. SHaxs faolligining har xil ko‘rishlari mavjud bo‘lib, ular funksional tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining alohida o‘ziga xos shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o‘z xatti-harakatlarini (xulq-atvorini) o‘zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi mujassam bo‘lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat mohiyati shunda ko‘zga tashlanadiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zining xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, hatto zarurat tug‘ilsa, u holda ularni tamoman yo‘qotadi ham. Iroda paydo bo‘lishining bosh omili-inson tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarni tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ishharakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng qo‘lamda anglanilgan va ruhiy jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo‘yicha irodaviy zo‘r berishni talab qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi vaziyatni baholash, kelgusida amalga oshirishga mo‘ljallangan harakatlar uchun vositalar va operatsiyalar tanlash, maqsad ko‘zlash va unga erishishning usullarini saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo‘lib hisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional tomoni deb baholanadi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, ba’zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda irodaviy faoliyat insonning butun hayot yo‘lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy-psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma’naviy-axloqiy qadriyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan uyg‘unlashadi. SHuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish jarayonida shaxs ongli harakat qiluvchi sub’ekt tariqasida ham ularning kashfiyotchisi, ham bir davrning o‘zida ijrochisi (bajaruvchi) bo‘lib ishtirok etadi. Mazkur holatda shaxs o‘zida to‘kis mujassamlangan qarashlari tizimiga (dinamik stereotipiga), iymon-e’tiqodga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, hayotiy munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma’naviyatiga asoslangan holda ongli yo‘l tutadi. SHaxsning umr (hayot) yo‘lida qadriy xususiyat kasb etuvchi javobgarlik hissi irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy-psixologik shartlangan fazilatlar (qarash, e’tiqod, qadriyat, ma’naviyat va hokazolar) sog‘lom fikr, ustuvor (Yuksak tuyg‘u) hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlanadi hamda baholash, qarorga kelish, tanlash, ijro etish (bajarish) jarayonlariga ta’sir qilib, umumiy hamkorlik tizimida o‘z izini qoldiradi. Javobgarlik hissi shaxs ma’naviyati, ruhiyati, qadriyati namoyon bo‘lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko‘taruvchisi funksiyasini bajaradi. Irodaviy akt (irodaviy harakat)da uni motivlashtirishning barcha uchto tomoni faollik manbai, uning yo'nalganligi va o'z-o'zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir. Irodaviy aktning bo'g'inlari. Irodaviy harakatlar sababli har doim ozmiko'pmi darajada anglanilgan xarakterda bo'ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda intilish va istakni ham farq qilsa bo'ladi. Intilish ham differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat motivi. Istak faoliyatinning motivi sifatida extiyojning yetarli darajada tushunib yetilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda faqat extiyoj ob'yekti emas, balki uni qondirishning mumkin bo'lgan yo'llari ham tushunib yetiladi. Faoliyatning butun sabablari kishining yashash sharoitlarini aks ettirish va uning extiyojlarini fahmlash natijasi hisoblanadi. Ana shu sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq, boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida turli extiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati bilan motivlar kurashi paydo bo'ladi, bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama va motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. Paydo bo'lgan qarorni muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi. Irodaviyxattiharakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina Yuksak g'oyaviy motivlarga qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. "Maslowning ehtiyojlar ierarxiyasi": Shunchaki psixologiya. Qabul qilingan sanasi: 2019 yil 17-yanvar kuni Symply Psychology: simplypsychology.com.
2. "Inson ehtiyojlarining 6 turi" quyidagicha: Cosmons. Qabul qilingan sanasi: 2019 yil 17-yanvar, Cosmons: cosmons.com.
3. Vikipediyada: "Maslowning ehtiyojlar ierarxiyasi". 2019 yil 17-yanvar kuni Vikipediyadan olindi: en.wikipedia.org.
4. "Murrayning psixogen ehtiyojlar nazariyasi": VeryWell Mind. Qabul qilingan kun: 2019 yil 17-yanvar, VeryWell Mind: verywellmind.com.
5. Vikipediyada "Murrayning ehtiyojlar tizimi". 2019 yil 17-yanvar kuni Vikipediyadan olindi: en.wikipedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |