2.2.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish.
Bu yerda: En-b - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi;t - mablag’larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo’lgan vaqt. Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o’zini qoplash muddati, xavf
darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o’zigarishi kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo’yish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko’rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda olishning turli yo`llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Demak, bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuritishning turli mulkchilik shakllariga o’tishni talab etadi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo`shma korxonalar hisoblanadi. Qo`shma korxonalar tashkil etish korxona va tashkilotlarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida xorijlik tadbirkorliklarga keng sharoitlar yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy investitsiyalarini jalb etadi. Buning uchun mamlakatimizda kerakli va zarur
bo’lgan ishlar olib borilmoqda va sharoitlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda xorijlik ishbilarmonlar O`zbekistonni o`zlari uchun qulay va ishonchli sherik deb hisoblaydilar, chunki respublikamizda xorijiy investorlar uchun qulay investitsion va soliq muhiti yaratilgan. Natijada ularda o`z sarmoyalarini respublikamizda joylashtirish va biz bilan hamkorlik qilish istagi ortib boryapti. Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning asosiy omillari - respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom-ashyo resurslarining mavjudligi, soliq solishni soddalashtirilganligi, qo`shma tadbirkorlikning
huquqiy asosi yaratilganligidir. Investitsiya faoliyati har qanday tizimda ham mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanayotganlik darajasini ifoda etadi. Iqtisodiyotni investitsiyalashga jalb etilayotgan mablag’lar, xususan, chet el investitsiyalarining salmog’iga qarab ham mamlakatning iqtisodiy qudratiga baho berish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo’lmish sanoat tarmog’ni barqaror rivojlanishini ta’minlash, ulardagi iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan bog’liq muammolarni kompleks hal etish, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish va yanada yuksaltirish maqsadida hukumatimiz tomonidan keng ko’lamli choratadbirlar amalga oshirilmoqda yo'nalishlari Mamlakat sanoat korxonalaridagi mavjud ahvolni tubdan o’zgartirish, mulk va xo’jalik yuritish shakllarining teng huquqli sharoitida faoliyat yuritishni
ta’minlash orqali tarmoqda islohotlarni jadallashtirishni talab etadi. Bu esa sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish orqali moliyaviy barqarorlikka erishish zarurligini keltirib chiqaradi. Shu sababdan sanoat korxonalarini istiqbolli taraqqiyotini ta’minlash va ularni investitsiya faoliyatini
moliyalashtirishni rivojlantirishning o’ziga xos ahamiyatidan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirish orqali sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish mumkin: sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining rivojlanishini ta`minlashda soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini oshirish zarur; ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalar va kreditlarning sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishda to’g’ridan-to’g’ri ishtirokini ta`minlash lozim;
sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishini ta`minlash maqsadida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ularni faoliyatini samarali olib borish kerak; sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish uchun sanoati yuksak taraqqiy etgan davlatlar amaliyotini o’rganish va ulardagi ilg’or tajribalarni respublika iqtisodiyotida qo’llash zarur; mamlakatimiz sanoat korxonalariga ichki va tashki investitsiyalarni jalb etishda mazkur tarmoqning iqtisodiy ahvoli va imkoniyatlari, shuningdek, tarmoqning investitsion jozibadorligi to’g’risida aniq axborot va ma`lumotlar olish imkoniyatini yaratish lozim. Mahalliy xom-ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, to’qimachilik sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomobil sanoati, neft-gaz tarmog’i, ko’mir sanoati, qurilish materiallari sanoati, paxta tozalash sanoati, kimyo va yog’-moy sanoati, farmatsevtika sohasi hamda boshqa shu kabi soha va tarmoqlardagi korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihozlash jarayonlari kompleks, har tomonlama va izchil tarzda amalga oshirish zarur. Bunda sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish orqali mamlakatimizdagi xom-ashyo va resurslarga boy manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan istiqbolli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek: “O’zo’zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ko’zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so’z yuritish mumkin emas. Bu vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xom-ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo’yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan xam bog’liq, albatta. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin” Rasmiy statistik ma`lumotlarga ko’ra, 2012-yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur`ati 8,2 foizni tashkil etdi, 2000- 2012-yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,2 barobar oshdi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi. 2012-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga barqaror yuqori sur`atlar bilan o’sdi Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina misolda, ya`ni 2000-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yog’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganida ham yaqqol ko’rish mumkin. Sanoat mahsuloti umumiy o’sishining qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohalar tashkil etdi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), kimyo va neft -kimyo sanoati (9,4 foiz), oziq-ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (11,9 foiz), farmatsevtika va mebelsozlik (18 foiz) 2012- yilda jadal sur`atlar bilan rivojlandi Sanoat mahsulotlarining o'sish sur'ati (% hisobida) Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va
boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda.
Xalqaro valyuta jamg’armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida, jumladan, bunday deyiladi: “O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish sur`atlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir. Qator yillar davomida kuzatilgan budjet profitsiti, rasmiy zahiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga extiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita
oqibatlaridan himoya qildi” korxonalarining ishlab chiqarishi past darajada. Shuni ta’kidlash zarurki, to’qimachilik sanoati korxonalari ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun barcha xom-ashyo mavjud. Qishloq joylarda to’qimachilik korxonalarini barpo etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki to’qimachilik uchun kerakli bo’lgan xom-ashyolarni asosiy qismi qishloq joylarda yetishtiriladi.
Bugungi kunda sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirish hamda mamlakatimizdagi xom-ashyo va resurslarga boy mavjud manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlaridan biri bo’lgan to’qimachilik sanoatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, yengil sanoat tarmog’ini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, jahon bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun tarmoqqa investitsiyalar kiritishni kengaytirish va ularni samarali boshqarish hozirgi kunning dolzarb masaladir. Bu borada o’zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni alohida ta`kidlab o’tadilar: “Biz qudratli to’qimachilik va yengil sanoatni tashkil etib, paxta bilan emas, balki barcha rivojlangan mamlakatlar kabi
XULOSA
Sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish masalalariga doir amalga oshirilgan izlanishlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1.Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini tehnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi. 2. O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bank-kredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llabquvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda. 3. Turli iqtisodchi – olimlarning investitsiyalar va investitsiya faoliyati atamlariga bergan ta’riflari hamda qarashlari tahlil qilindi. 4. Sanoat – bu keng miqyosdagi xalq iste’mol mollari ishlab chiqariladigan, katta miqdordagi ishchilar faoliyat yuritadigan hamda keng ko’lamdagi qo’shimcha ish joylarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan, eksport salohiyatining ko’tarilishi mamlakat iqtisodiy salohiyatining o’sishi va pirovard natijada, respublikada aholi farovonligining o’sishi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tarmoqdir.
5.Sanoat tarmog’i mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida juda muhum rol o’ynaydi. Chunki sanoat tarmog’i korxonalari mahsulotlari mamlakat YaIMning 24 %ini tashkil qiladi va sanoat mahsulotlari xalq iste’mol mollari tarkibida katta ulushga ega. Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois,sanoat tarmog’iga investitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirishstrategik ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi.
6. Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |